Qo‘zg‘aluvchan tip – muloqotda passiv, verbal va noverbal reaksiyalari sust, qaysar, ba’zan urushqoq, ko‘pincha turli mojarolarning tashabbuskori.
Kuchaytiruvchi tip – kamgap, aql o‘rgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga erishishni hohlaydi, tez xafa bo‘ladi, shubhalanuvchan, qasoskor. Kichik-kichik muammolarni kattalashtirishga, bo‘rtirishga moyil.
Pedant tip – ziddiyatlarga kam qo‘shiladi, ko‘pincha passiv holatda bo‘ladi, atrofdagilarga ko‘plab rasmiy talablar qo‘yadi, tartibli, jiddiy ishonchli xodim.
Xavotirli tip – kamgap, odamovi, o‘ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o‘zini olib qochadi, tinchliksevar, o‘z-o‘zini tanqid qiladi. Topshiriqlarni vaqtida bajaradi.
Emotiv tip – tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradilar, xafa bo‘lsa tashqaridan sezdirmasliqqa harakat qiladi, mehribon, g‘amxo‘r, ma’suliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuqlaridan quvonadi.