17-Mavzu: Yalpi ichki mahsulot statistikasi


Mazkur yilda ishlab chiqarilgan IMMei sotib olishga sarflar hajmi = Mazkur yilda ishlab chiqarilgan



Yüklə 180,81 Kb.
səhifə6/11
tarix07.01.2024
ölçüsü180,81 Kb.
#207412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
17 ЯИМ статистикаси

Mazkur yilda ishlab chiqarilgan IMMei sotib olishga sarflar hajmi = Mazkur yilda ishlab chiqarilgan IMMD» dan olingan pul daromadlari summasi.
Mahsulotni ishlab chiqarishga nima sarflangan bo'lsa, bu mazkur mahsulotni ishlab chiqarishga o'zining inson va materal resurslarini bozorda sotishga ko'yganlari uchun daromad xisoblanadi.

6-jadval
YAMM(IMM)ni hisoblashga sarflar

va daromadlar bo'yicha yondoshuv


Milliy mahsulot hajmini sarflar summasi bo'yicha hisoblash


Milliy mahsulot hajmini daromadlar summasi bo'yicha hisoblash




1.Uy xo'jaliklariniig istmolchilik sarflari


1. Daromad bilan bog'liq bo'lmagan sarf va to'lovlar a) amortizatsiya, b) egri soliqlar


Tadbirkorlarning investitsion sarflari


+

2. Ish haqi


+

3. Tovar va xizmatlarni davlat xarid qilish


3. Renta to'lovlari


+

4. Chet elliklar sarfi


+

4. Foiz
+


5. Notijorat muassasalari sarfi


+

5. Foyda
+


6.Moddiy aylanma vositalar zaxirasidagi o'zgarishlar





YAMM (YAIM)


YAMM (YAIM)


O'zbekistonda 1998 yil YAIM daromadlar bo'yicha 1358,8 mlrd. so'mlik tashkil qilgan. Shu jumladan:


Mehnat haqi (zaruriy mahsulot) 476,4 mlrd.so'm (35,0%)
Aralash daromadlar bilan birga yalpi foyda 671,6 mlrd.so'm (49,5%)
Soliqlar 210,8 mlrd.so'm (15,5%)
YAMM (YAIM)ni xisoblashda uning tarkibiga kirgan daromadlar va daromad bilan bog'liq bo'lmagan sarflar (amortizatsiya va egri soliqlar) ning aloxida turlarini to'laroq qarab chiqamiz.
Asosiy kapitalning ko'pchilik turlarining foydali xizmat muddati uzoq davrini tashkil qiladi. Investitsion tovarlar sotib olishga qililadigan sarflar va ularning unumli xil muddati amalda bir davrga to'g'ri kelmaydi. Shu sabab korxonalar investitsiyani tovarlarning foydali xizmat muddatini hisoblaydi va ularning umumiy qiymatini butun xizmat muddatiga teng taqsimlaydi. Asosiy kapitalning yil davo ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan va yaratilayotgan mahsulotga ko'chgan qiymati amortizatsiya ajratmasi deyiladi. Amortizatsiya ajratmasi asosiy kapital turlari bo'yicha har yili ajratib boriladi. Masalan, to'quv dastgohining qiymati 5 mln. so'm, xizmat muddati 10 yilga teng. Yillik amortizatsiya ajratmasi 0,5 mln.so'mni (5:10) tashkil qiladi.
Amortizatsiya ajratmasi shu yil ishlab chiqarilgan mahsulot (YAMM) qiymati tarkibiga ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kirib, mahsulot sotilishi natijasida pul shaklida qaytib keladi va amortizatsiya fondi hisobida to'planib boradi Bu fond mablag'laridan iste'mol qilingan asosiy kapital qayta tiklash, ya'ni yangi investitsion tovarlar sotib olish va amal qilib turganlariga kapital remont qilish va ta'mirlash uchun foydalaniladi. U ishlab chiqarishni kengaytirish va kredit resurslarining manbai ham hisoblanadi.
Daromad to'lash bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlarning boshqa turi egri soliqlar korxonalar uchun ishlab chiqarish xarajatlari sifatida chiqadi va shu sababli mahsulot narxiga qo'shiladi.
Bunday soliqlar o'z ichiga aksiz to'lovlari, sotishdan olinadigan soliqlar, mulk solig'i, litsenziya va bojxona to'lovlarini oladi.
Daromadlarning eng muxim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan ishchi kuchini taqdim qilganlarga to'lanadi.U ish haqiga ko'plab qo'shimchalar, ijtimoiy sug'urta to'lovlari va nafaqv ta'minotining har xil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa har xil mukofot va imtiyozlarlarni o'z ichiga oladi. Ish haqiga bu qo'shimchalar ish kuchini yollash bilan bog'liq bo'lgan xarajataning bir qismi sifatida chiqadi va shu sababli korxonaning ish haqi to'lashga umumiy sarflarning tarkibiy qismi sifatida qaraladi.

Yüklə 180,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin