Notijorat tashkilotlar moliyasini tashkil etish asoslari



Yüklə 44,5 Kb.
səhifə1/3
tarix03.06.2023
ölçüsü44,5 Kb.
#124593
  1   2   3
Notijorat tashkilotlar moliyasini tashkil etish asoslari


Notijorat tashkilotlar moliyasini tashkil etish asoslari
Reja:



  1. Notijorat tashkilotlar haqida tushuncha

  2. Notijorat tashkilotlar moliyaviy resurslarini shakllantirish xususiyatlari


  1. Notijorat tashkilotlar haqida tushuncha



Notijorat tashkiloti tijorat tashkilotidan, avvalambor, faoliyatining maqsadi bo‘yicha farq qiladi. Tijorat tashkilotining asosiy maqsadi – foyda olish bo‘lsa, notijorat tashkiloti esa, quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:

  • ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida (matlubot kooperativlari);

  • ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun (jamoat birlashmalari);

  • xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlar (jamoat fondlari);

  • boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun (muassasalar.

Notijorat tashkilotiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Notijorat tashkiloti (NTT) – bu foyda olish maqsadida emas, balki ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish, ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlar, boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun tuzilgan yuridik shaxs. Shuni ta’kidlash joizki, fuqarolik qonunchilik NTTlarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beradi, agarda u notijorat tashkilotni tashkil etish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan va bu maqsadlarga mos kelsa. Notijorat tashkilotlarning huquqiy maqomi O‘zR Fuqarolik kodeksi normalari (1-qism, 4-bob, 3-§) bilan beligilanadi. Yuridik shaxs sifatida NTT to‘la huquqli huquq subyekti hisoblanadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, har qanday NTT uning faoliyati maqsadlariga mos keluvchi fuqarolik huquqlariga va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlarga ega.
Yuridik shaxs sifatida notijorat tashkilot quyidagi belgilarga ega bo‘lishi kerak:

  • o‘z mulkida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lishlik;

  • bu mulklar bilan o‘zining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lish (muassasalardan tashqari;

  • o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la olishlik va ularni amalga oshira olishlik, majburiyatlarni bajara olishlik, sudda da’vogar va javobgar bo‘la olishlik;

  • mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlik.

Tashkiliy-huquqiy shakllari bo‘yicha NTTlar matlubot kooperativlariga, jamoat birlashmalariga, jamoat fondlariga, muassasalarga bo‘linishi mumkin.
Matlubot kooperativi (MK)- ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a’zolikka asoslangan ixtiyoriy birlashmasi matlubot kooperativi hisoblanib, bu birlashuv uning a’zolari tomonidan o‘z mulkiy (pay) badallarini qo‘shish yo‘li bilan amalga oshiriladi. MK boshqa NTTlar bilan solishtirganda alohida maqomga ega. MK o‘zining faoliyatini ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) ehtiyojlarini qondirish maqsadida olib boradilar (misol uchun, uy-joy-qurilish kooperativlari, mulkdorlar kooperativlari (shirkatlari) va b.). boshqa NTTlar esa, boshqa ijtimoiy (nomoddiy) manfaatlarga ega bo‘lishlik uchun tuziladi.
Jamoat birlashmalari (JB) - ma’naviy yoki o‘zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun o‘z manfaatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalari.
Jamoat birlashmalari o‘z ustavlarida nazarda tutilgan ishlab chiqarish yoki o‘zga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar.
Jamoat fondlari - fuqarolar va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti.
Muassasalar - boshqaruv, ijtimoiy-madaniy vazifalarni yoki tijoratchilikdan iborat bo‘lmagan boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun mulkdor tomonidan tashkil etilgan va to‘la yoki qisman moliyaviy ta’minlab turiladigan tashkilot.
Yuridik shaxslar birlashmalari. Tijorat tashkilotlari o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va o‘zga birlashmalariga birlashishlari mumkin.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir.




  1. Yüklə 44,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin