18 – mavzu: iso 9000 seriyasidagi xalqaro standartlar bo’yicha ishlarni tashkil etish. Reja: 1



Yüklə 292,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix09.02.2022
ölçüsü292,01 Kb.
#52329
  1   2   3   4
resources-49



18 – MAVZU: ISO 9000 SERIYASIDAGI XALQARO 

STANDARTLAR BO’YICHA ISHLARNI TASHKIL ETISH. 

Reja: 

1. 

Sifat tushunchasi va sifatni shakllantirish. 



2. 

ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar to’g’risida ma’lumotlar. 



3. 

ISO 9001 xalqaro standari talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini 

ishlab chiqish va joriy etish. 

 

Birinchi  standartlashtirish  milliy  tashkiloti  -  Britaniya  Assotsiatsiyasi 



/Britich Enginezing Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo’lib, biroz 

keyinroq,  birinchi  jahon  urushi  davrida  Daniya  byurosi,  Germaniya  qo’mitasi 

(1918 y.), Amerika qo’mitasi (1918 y.) va boshqalar tashkil topdi.  

Standartlashtirish  sohasidagi  ishlar  xalqaro  markaz  kerakligini  taqazo  qildi. 

SHu maqsadda 1926 yili standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlarning Xalqaro 

Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo’ldi. ISA ning tarkibiga 20 mamlakat vakillari kirdi.  

1938  yili  Berlin  shahrida standartlashtirish  bo’yicha  Xalqaro  s’ezd  ochildi. 

Uning tarkibi turli texnika sohalari bo’yicha 32 ta qo’mita va kichik qo’mitalardan 

tashkil  topdi.  1939  yili  boshlangan  ikkinchi  jahon  urushi  ISA  ning  faoliyatini 

to’xtatib qo’ydi.  

Hozirgi  Xalqaro  standartlashtirish  tashkiloti  (International  Standards 

Organization) 1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu 

nufuzli  tashkilot  Birlashgan  Millatlar  Bosh  Assambleyasi  tarkibida  faoliyat 

ko’rsatib, rivoj topmoqda.  

ISO  ning  tuzilishidan  ko’zda  tutilgan  asosiy  maqsad  -  xalqaro  miqyosdagi 

mol  almashinuvida  va  o’zaro  yordamni  engillashtirish  uchun  dunyo  ko’lamida 

standartlashtirishni  rivojlantirishga  ko’maklashish  hamda  aqliy,  ilmiy,  texnikaviy 

va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo’stlikni rivojlantirishdir.  

 Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun: 

 



dunyo  ko’lamida  standartlarni  va  ular  bilan  bog’liq  bo’lgan  sohalarda 

uyg’unlashtirishni engillashtirish uchun choralar ko’rish; 

  xalqaro  standartlarni  ishlab  chiqish  va  chop  etish  (agar  har  bir  standart 



uchun uning faol tashkiliy va kichik qo’mitalarining ikkidan uch qismi  ma’qullab 

ovoz  bersa  va  umumiy  ovoz  beruvchilarning  to’rtdan  uch  qismi  yoqlab  chiqsa, 

standart ma’qullanishi mumkin); 

 



o’z  qo’mita  a’zolarining  va  texnikaviy  qo’mitalarning  ishlari  haqida 

axborotlar almashinuvini tashkil qilish

 

sohaviy  masalalar  bo’yicha  manfaatdor  bo’lgan  boshqa  xalqaro 



tashkilotlar bilan hamkorlik qilish ko’zda tutiladi.  

ISO  rahbar  va  ishchi  qo’mita  idoralaridan  tashkil  topgan.  Rahbar  idoralari 

tarkibiga  Kengashning  yuqori  idorasi  -  Bosh  Assambleya,  Kengash,  ijroiya 

byurosi,  texnikaviy  byuro,  kengashning  texnikaviy  qo’mitalari  va  markaziy 

sekretariati kiradi.  



 ISO  da  prezident,  vitse-prezident,  g’azinachi  va  bosh  sekretar  lavozimlari 

mavjud. Bosh Assambleya - ISO ning Oliy Rahbari bo’lib, ISO ning yig’ilishi uch 

yilda bir marta bo’ladi. Uning sessiyasida prezident uch yil muddat bilan saylanadi.  

 Bosh  Assambleya  o’tkazish  vaqtida  sanoat  sohasida  etakchi  mutaxassislar 

ishtirokida  xalqaro  standartlashtirishning  muhim  muammolari  va  yo’nalishlari 

muhokama qilinadi.  

ISO  kengashi  yiliga  bir  marta  o’tkazilib,  unda  tashkilotning  faoliyati, 

xususan,  texnikaviy  idoralarning  tuzilishi  xalqaro  standartlarning  chop  etilishi, 

kengash  idoralarining  a’zolarini  hamda  texnikaviy  qo’mitalarning  raislarini 

tayinlaydi va boshqa masalalar ko’riladi.  

ISO  tarkibi  ikkita  tashkilot  tashkil  etadi,  ya’ni  ISA  va  1944  yilda  asos 

solingan,  BMT  qoshidagi  standartlarni  muvofiqlashtirish  qumitasi    –  UNSCC, 

uning  shtab-kvartirasi  Londonda  joylashgan.  ISO  ni  yaratishdan  maqsad  –  “... 

xalqaro miqyosda sanoat standartlarini unifikatsiyalashtirish va muvofiqlashtirishni 

engillashtirish...”.  Hozirgi  kunda  150  ta  mamlakat  ISO  tashkilotining  a’zosi 

hisoblanadi. 

ISO xalqaro nohukumat tashkilotidir. ISO rasmiy tili rus, ingliz va frantsuz 

tillari  deb  tan  olingan.  Tashkilotning  byudjeti  yillik  a’zolik  to’lovlaridan  va  ISO 

nashrlaridan olingan foydalardan tarkib topgan. 

ISO  ning  qonunchilik  idorasi  Bosh  assamleyasi  bo’lib,  har  uch  yilda  bir 

marotaba yig’iladi.  

Bosh  assambleyaning  sessiyalar  orasida  ISO  rahbariyati  prezident 

boshchiligida    Kengash  o’tkazadi.  ISO  Kengashini  ISO  ning  bosh  direktori 

boshchiligida Ijro qumitasi va Markaziy kotibiat orqali faoliyatni amalga oshiradi. 

ISO  ning  asosiy  qumitalari  bo’lib,  standartlashtirish  bo’yicha  ilmiy-texnik 

axborotlar  tamoyilini  o’rganish bo’yicha  doimiy  qumita  –  INFCO,  Mahsulotlarni 

attestatsiyalash  bo’yicha  qumita  –  SERTICO,  rivojlanayotgan  mamlakatlarga 

yordam ko’rsatish bo’yicha qumita – DEVCO hisoblanadi.  

ISO  ning  eng  muhim  idorasi  bo’lib  Standartlashtirish  tamoyillarini  ilmiy 

o’rganish  bo’yicha  doimiy  qumita  (The  Standing  Committee  for  Study  of 

Scientific  Principles  of  Standardization)  hisoblanadi.  Uni  qisqartigan  holda 

ISO/STAKO yoki oddiygina STAKO (STACO) deb nomlanadi. 

ISO ning asosiy vazifasi maxsus tashkil etilgan texnik qumitalar  (ISO/TK) 

va  qumita  osti  qumitalari  (ISO/TK/PK)  xalqaro  standartlarni  ishlab  chiqishni 

bajaradi.  

1994  yilga  kelib,  ISO  tarkibiga  100  ta  milliy  tashkilotlar,  jumladan,  ular 

qatoriga MDH  mamlakatlari ham a’zo bo’ldi. 

ISO  ning  eng  muhim  yo’nalishlari  bo’lib  sifat,  axborot  texnologiyalari, 

xalqaro  standartlar  bilan  ishlovchi  boshqa  kooperatsiyalar,  atrof-muhit,  ta’lim 

yo’nalishlari hisoblanadi. 

ISO quyidagi hujjatlarni nashr etadi: 

-  harfli  indeksi  va  sonli  raqami  mavjud  bo’lgan  xalqaro  standartlarini 

(masalan, ISO 1000); 

-  guruhli  mavzulari  va  qo’llanish  sohasi  bo’yicha  joylashtirilgan  xalqaro 

standartlarning yillik katologini (ISO Catalogue); 



-  ISO  tuzilmasi  va  uning  har  bir  texnikaviy  qumitasining  faoliyat  sohasi 

haqidagi  axborotlardan  tarib  topgan  yillik  ma’lumot  (spravochnik)  larni  (ISO 

Memento).  

ISO  a’zolari  yoki  muxbir-a’zolari  mamlakatda  standartlashtrishning 

rivojlantirish  darajasiga  aloqadorligidan  kelib  chiqib,  standartlashtirish  bo’yicha 

milliy  standartlashtirish  tashkiloti  bo’lishi  mumkin.  ISO  tarkibiga  kirish 

to’g’risidagi  takliflar  ISO  markaziy  kotibiatiga  jo’natiladi  (SHveytsariya,  Jeneva 

shahri). 

1972  yilgacha  standartlashtirish  bo’yicha  ISO  hujjatlariga  tavsiya  sifatida 

qaralgan.  Hozirgi  vaqtda  bunday  hujjatlar  ISOga  a’zo-mamlakatlarning  barchasi 

uchun xalqaro standartlar mavqiega ega. 

Hozirgi  paytda  ISO  turistik,  mehmonxona,  moliyaviy,  sug’urtalash 

xizmatlarni,  xo’jalik  texnikalarini  ta’mirlash  bo’yicha  xizmatlar  va  kadrlarni 

tayyorlash  va  ta’lim  bo’yicha  xizmatrlarni  standartlashtirish  bo’yicha  keng 

miqyosdagi ishlarni rivojlantirmoqda. 

ISO  1995  yilda  Internetda  o’zining  Welcome  to  ISO  Online 

http://www.iso.ch

. nomli sahifasini ochdi. 

ISO  tashkilotining  tashkiliy  tuzilmasi  2.1-rasmda  keltirilgan.  Bosh 

boshыaruv  organi  General  assambleya  bo’lib  hisoblanadi.  General  assambleya 

sessilari  o’rtasidagi  vaqtda  tashkiliy  ishlarni  standartlashtirish  bo’yicha  milliy 

tashkilotlari vakillari kiruvchi ISO Kengashi boshqaradi.   

ISO Kengashiga ettita STACO, PLACO, CASCO, DEVCO, COPOLCO va 

REMCO qumitalari bo’y so’nadi. 

 STACO  ISO  Kengashiga  xalqaro  standartlarni  ishlab  chiqish  usuli  va 

printsiplari bo’yicha uslubiy va axborot yordam ko’rsatadi. 

 



 

U asos soluvchi standartlashtirish printsiplarini o’rganish va ushbu sohadagi 

optimal  natijalarga  erishish  bo’yicha  tavsiyalarni  tayyorlaydi.  STACO  savdoni 

rivojlantirish  uchun  xalqaro  standartlarni  qo’llash  bo’yicha  terminologik  va 

seminarlarni  tashkillashtirish  bilan  ham  shug’ullanadi.  PLACO  tomonlarning 

ishlarini  tashkillashtirish  va  texnikaviy  muvofiqlashtirish,  ISOning  ishlarini 

rejalashtirish bo’yicha tavsiyalarni tayyorlaydi. 

CASCO  mahsulotlar,  xizmatlar,  jarayonlar  va  sifat  tizimi  standartlari 

talablariga  muvofiqlikni  tasdiqlash,  sinov  laboratoriyalarini  layoqatliligi  va 

sertifikatlashtirish  idorlariga  tegishli  masallar  bilan  shug’ullanadi.  CASCOning 

eng  muhim  ishi  –  milliy  va  hududiy  sertifiatlashtirishlarni  qabul  qilish  va  o’zaro 

tan  olish,  hamda  muvofiqlikni  tasdiqlash  va  sinash  sohalarida  xalqaro 

standartlardan foydalanishga ko’makashadi.  


Yüklə 292,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin