DEVCO standartlashtirish sohasida rivojlanayotgan mamlakatlar takliflari
o’rganadi va ushbu sohada bu mamlakatlarga ko’maklashish bo’yicha tavsiyalarni
ishlab chiqadi.
COPOLCO iste’molchilar qiziqishlarini va standartlashtirish orqali
ko’maklashish imkoniyatlarni ta’minlash masalalarini o’rganadi hamda xalqaro
standartlar to’g’risidagi zaruriy ma’lumotlarni ularga etkazish bilan shug’ullanadi.
Bunda uni nashr etayotgan: “Iste’mol mahsulotlarini solishtirish sinovlari”,
“Iste’molchilar uchun mahsulotlar to’g’risida axborotlar”, “Iste’mol mahsulotlarini
ekspluatatsiya qilish tavsiflarini o’lchash usullari standartlarini ishlab chiqish” va
boshqa qo’llanmalarini eng katta o’rin tutadi.
REMCO standart namunalar (etalonlar)ga taalluqli masalalarbo’yicha
qo’llanmalarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari REMCO
halqaro metrologiya tashkilotlari, xususan, MOZM – xalqaro qonunlashtiruvchi
metrologiya tashkiloti bilan standart namunalar bo’yicha ISO ning faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi bo’lib hisoblanadi.
Xalqaro standartlarning loyihalarini texnikaviy qumitalar ishlab iqishadi.
Texnikaviy qumitalar (TQ) muayyan texnika sohasida ishlovchi umumtexnik va
qumitalarga bo’linadi. TQ doirasida qumita osti qumitalari (QQ) va ishchi ruhlar
(IG) ishlashadi.
ISO ning: xalqaro o’lchash birliklarini ishlab chiqishi; rezbalarning metrik
tizimini qabul qilishi; barcha turdagi transportlarda yuklani tashish uchun
konteynerlarning standart o’lchamlari va konstruktsiyasi tizimini qabul qilishi
muhim ahamiyatga ega bo’lgan yutuqlarga erishgan. Hozirgi paytda juda muhim
bo’lgan, ISO 9000 seriyali standartlarni ishlab chiqish TQ 176 “Sifatni ta’minlash
tizimlari” qumitasining ishi ekanligi bilan dolzarb hisoblanadi.
ISO xalqaro standartlari majburiy bo’lib hisoblanmaydi, biroq, har bir davlat
ularni to’liq qabul qilmasligi yoki umuman qabul qilmaslik huquqiga ega. Ammo,
o’zining mahsulotlarini xalqaro bozorda raqobatbardoshligini ta’minlash uchun bu
standartlarni qabul qilishga o’z-o’zidan majburdir. SHuning uchun bir qacha
davlatlar standartlashtirish ob’ektlariga o’zining milliy standartlarini yaratmasdan
mavjud bo’lgan mos standartlarni qo’llashga intilishadi.
Dostları ilə paylaş: