18 –Amali ish : Qobiq dasturlar va arxivatorlar Ishning maqsadi: arxivlash bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy tushunchalar, arxivlash dasturlari bilan ishlash.
Vazifasi: Talabalarda fayllarni arxivlash, arxiv haqidagi tushunshalarini shakllantirish.
Ish haqida nazariy ma’lumot. provodnik. Provodnik fayllar ustida quyidagicha amalar bajaradi:
F ayllardan nusxa olish.
Provodnik quyidagicha ishga tushiriladi:
Kursor pusk tugmasi ustiga keltiriladi va sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi:
Provodnik ustiga kursor keltiriladi. Kompyuterda ishni tugatish Pusk tugmasi ustiga kursor keltiriladi:
“viklyuchenie” tugmasi tanlanib “ok” bosiladi va kompyuter o‘chiriladi.Fayllarni arxivlash – fayllarni ma’lum bir qoida asosida siqilgan, ixchamlangan holda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki faylning tasodifan o‘chirilishi sodir bo‘lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo‘llaniladi. Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba’zi hollarda arxivlash natijasida boshlang‘ich fayl 10-20 barobar siqilishi ham mumkin. Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayl borligini bildiruvchi sarlavxaga ega. Arxiv sarlavxasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi ma’lumotlar saqlanadi:
- fayl nomi
- faylda saqlanuvchi katalog haqida ma’lumot
- faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti
- faylning diskdagi va arxivdagi o‘lchami.
Arxivning to‘liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning siklik tekshirish kodi.
Faylni arxivlash buyrug‘ining umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
PKZIP holat arxiv_nomi [fayllar nomlari]
ARJ buyruq holat arxiv_nomi [katalog]
[fayllar nomlari]
Misollar:
Faraz qilaylik, kurs1 faylni PKZIP va ARJ arxivatorlari yordamida arxivlamoqchimiz, buni quyidagicha amalga oshiramiz.
PKZIP – kurslar kursi 1
ARJ A Kurslar Kurs 1
Bu yerda kurslar hosil qilinuvchi arxiv nomi.
Arxivni ochish uchun
PKUNZIP – kurslar
ARJ E Kurslar buyrug‘idan foydalaniladi.
Windows Commander dasturining umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
Windows Commander dasturi yordamida quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
fayl yoki katalog yaratish, qayta nomlash, ko‘chirish va o‘chirish;
diskdagi katalog mundarijassini yaqqol ko‘rish;
diskdagi katalog daraxtini ko‘rish, kerakli kataloglarga o‘tish;
fayllarni arxivlash va arxivdan chiqarish;
matnli yoki arxivlangan fayllarni ko‘rish;
tugmachalar majmuasi yordamida bir qator ishlarni bajarish.
Windows Commander dasturi menyulari quyidagilardan iborat: «Файл», «Выделение», «Команды», «Выд», «Конфигурация», «Запуск».
Windows Commander dasturining funksional tugmachalari vazifalari quyidagilardan iborat: [F3] Просмотр – fayl mazmunini ko‘rish;
[F4] Правка – fayl mazmunini tahrir qilish;
[F5] Копия – fayldan nusha olish;
[F6] Перемещение – faylni qayta nomlash;
[F7] Создать – yangi katalog yaratish;
[F8] Удалить – fayl yoki katalogni o‘chirish;
[Alt]+[F4] Выход –Windows Commander dasturi ishini yakunlash;
Topshiriqlar «C» diskdagi txt kengaytmali fayllarni ajrating.
1 – oynada kataloglar daraxtini hosil qiling.
«explorer.exe» faylini qidiring.
1 – oynada fayllar va kataloglar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish holatini o‘rnating.
2 – oynada dasturlar o‘zini ko‘rsatish holatini o‘rnating.
1 – oynadagi fayllar va kataloglarni ismi bo‘yicha saralang.
2 – oynadagi fayllar va kataloglarni turi bo‘yicha saralang.
2 – oynadagi fayllar va kataloglarni yaratilgan vaqti bo‘yicha saralang.
1 – oynadagi fayllar va kataloglarni hajmi bo‘yicha saralang.
2 – oynadagi «C» diskni «D» disk bilan almashtiring.
Bu papka ichida fayl hosil qiling va Windows Commander menyularini yozing.
Hosil qilgan faylingizdan «Мой документы» ichiga nusxa oling.
15. Yaratgan faylingizni nomini o‘zgartiring.
Nazorat uchun savollar 1.Fayllarni arxivlash deganda nimani tushunasiz?
2.Arxiv sarlavhasida qanday ma’lumotlar saqlanadi?
3.Qanday arxivlovchi va arxivlarni ochuvchi dasturlar mavjud?
4.Arxivlash MS DOS, NC va Windows sistemalarida qanday amalga oshiriladi?