16.2.-rasm. Radioaktiv izotoplar yordamida haydash quduqlarini tadqiq qilish natijalari. Qatlamlar: 1 – ishlayotgan, 2 - ishlamayotgan
Qatlamlarning o’tkazuvchanligi turlicha bo’lganligi sababli kollektorlik xususiyatlari yaxshi bo’lgan qatlamlardan neftni suv tez siqib chiqaradi, kollektorlik xususiyatlari yomon bo’lgan qatlamlardan esa neftni suv deyarli siqib chiqarmaydi. Buning natijasida qatlamlardan neftni chiqarib olishning jadalligi turlicha bo’ladix). Bunday sharoitda ayrim qatlamlarning ishlatilganlik darajasi to’g’risida fikr yuritish uchun haydash quduqlarining teshilgan intervallarini suv qabul qila olishlik xususiyatlariga asoslanish ma’qul. Buning uchun qatlamga haydalayotgan suvga radioaktiv izotoplar qo’shiladi, bularning bir qismi quduq tubi atrofida, suvni qabul qilib oluvchi qatlamlar qarshisidagi jinslarga shimilib ketadi. Izotoplar haydalguncha va haydalgandan keyin bajarilgan gamma karotajlarni solishtirish orqali quduqqa haydalayotgan suvning harakatlanadigan yo’llarini kuzatish va suv shimilayotgan qatlamlarni aniqlash mumkin bo’ladi (16.2-rasm).
16.2-rasmdan ma’lum bo’lishicha, kollektorlik xususiyatlari bir xil bo’lgan to’rtta qatlam quduqda teshilgan. Shu bilan birga, diagrammadan ma’lum bo’lishicha, haydalgan suvni faqat ikki qatlam pastki va yuqoridagisi qabul qilgan. Bir vaqtning o’zida quduqni sementlash ishlarining sifati past bo’lganligi sababli shu quduqda ikki teshilmagan pastki qatlamlar ham suvni shimgan. Suyuqlikni shimuvchi qatlamlarni aniqlashda qo’llaniladigan radioaktiv izotoplar metodini kamchiligi ham mavjud. Mazkur metod faqat qatlamni sifat tavsifini ifodalaydi, lekin u qatlamlarni qanday miqdorda suv qabul qilaolishini bilishga imkon bermaydi. Qatlamlarning suvni qabul qilaolishligini miqdoriy baholash uchun chuqurlik debito’lchagichi va sarfo’lchagichi ishlatiladi. Chuqurlik debit o’lchagichi va