18-ma’ruza. Mavzu: Konning ishlatish jarayonida bajariladigan geologik nazorat. Rejа


) uyumlarning geologik-fizik xususiyatlari  chiqarib olinadigan neft zaxirasidan bir yilda olinadigan neft 6-12% ortiq bo’lmasligi kerak; 2)



Yüklə 485,58 Kb.
səhifə3/9
tarix18.05.2023
ölçüsü485,58 Kb.
#116220
1   2   3   4   5   6   7   8   9
18-ma\'ruza

1) uyumlarning geologik-fizik xususiyatlari  chiqarib olinadigan neft zaxirasidan bir yilda olinadigan neft 6-12% ortiq bo’lmasligi kerak;
2) uyumlarning geologik-fizik xususiyatlari noqulay bo’lganda  chiqarib olinadigan neft zaxirasidan bir yilda olinadigan neft 4% atrofida bo’lishi kerak.
Uyumni ishlatishning ikkinchi bosqichining so’nggida (neftni chiqarib olish darajasi kamayishining boshlanishida) olinadigan neft zaxirasining 40-70%, uyumdan foydalanishning asosiy davrida esa 70-90% chiqarib olinishi kerak.

18.5. Neft zaxiralarini to’liq chiqarib olishni tahlil qilish


Uyumning ishlatish sistemasining samadorligini baholashda neft zaxiralarini to’liq chiqarib olinishi muhim masala hisoblanadi. Shu boisdan uyumning ishlatishni tahlil qilish vaqtida uyumning ayrim qismlari, mahsuldor qatlamlar va qatchalar qanday darajada (ko’lamda) ishlatilayotganligiga birinchi navbatda e’tibor berish kerak. Bu masalaning muvaffaqiyatli hal etilishi uyumning ishlatish jarayonini yetarlicha samarali nazorat qilish imkonini beradi. Bu masala uyumning zaxiralarini chiqarib olish holatini sifat va miqdoriy jihatdan baholash uchun ma’lumotlar to’plash va uyumdan foydalanish jarayonini samarali nazorat qilish orqali hal etilishi mumkin.


Qamrab olish koeffitsientiningx) qiymati qatlamdan neftni siqib chiqarilganlik darajasini va amaldagi suv bostirish sistemasining samaradorligini tavsiflaydi.
Bir qatlamli uyumlardagi zaxiralarni chiqarib olishni nazorat qilish va qatlamlarni suv bostirish bilan qamrab olinganligini tahlil qilish birmuncha muvaffaqiyatli bajariladi. Bunday vaqtda qatlamning qalinligi bo’yicha suv bostirish bilan qay darajada qamrab olinganligini inobatga olmasa ham bo’ladi. Chunki bunday holda qatlam bosimi qatlamning qalinligi bo’yicha qariyb bir xil qiymatga ega bo’ladi. Shuning uchun ham maydoniy suv bostirish bilan qatlamning qamrab olinganlik darajasini tadqiq qilish yetarli bo’ladi.
Uyumning ayrim uchastkalaridagi zaxiralarni olish jadalligi va neftni joriy chiqarib olishni o’zaro taqqoslash orqali qaysi uchastka yetarlicha ishlatilmayotganligi va bu ishni kuchaytirish uchun qanday choralar ko’rish zarurligi to’g’risida fikr yuritish mumkin.
Haydaladigan suvning qatlamga ta’sirini aniqlash uchun I.P. Cholovskiy va M.M. Ivanovalar ta’sir etish xaritasini tuzishni taklif qildilar. Rossiyadagi Romashkin konining markaziy maydonlari uchun shunday xaritalar tuzilgan.
Qatlamlarning suv haydalayotgan qismining xaritasi quyidagicha tuziladi. Qatlamda joylashgan kollektorlarning xususiyatlarini ifodalovchi xaritaga qazilgan haydash quduqlarining hammasi tushirilib, haydalayotgan suvning hajmi xaritada


Yüklə 485,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin