18-Mavzu: Operatsion kuchaytirgichlar



Yüklə 279,34 Kb.
səhifə1/4
tarix09.05.2023
ölçüsü279,34 Kb.
#110219
  1   2   3   4
18-Mavzu

18-Mavzu: Operatsion kuchaytirgichlar

Reja:

1. Operatsion kuchaytirgichlarning asosiy tushunchalari

2. Matematik amallarni bajaruvchi operatsion kuchaytirgichlar

3. (differensiator, integrator va logorifmlovchi sxemalar)

Operatsion kuchaytirgichlarning asosiy tushunchalari

  • Operasiyey kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan, differensial kuchaytirish prinsipiga asoslangan, kuchlanish bo‘yicha katta kuchaytirish koeffisiyentiga ega bo‘lgan (K^=104+106) integral o‘zgarmas tok kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday amallarga qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, integrallash, differensiallash, masshtablash kabi matematik amallar kiradi. Hozirgi kunda OKlar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish, cheklash, ko‘paytirish, chastotani filtrlash, generasiyalash, signallarni barqarorlashda qo‘llanilib kelmoqda. Buning uchun OKlarga musbat va manfiy teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA zanjirlari yordamida OKlar yuqorida qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar. Qurilmalarning nomi ham shundan kelib chiqadi.
  • OKning elektr sxemalarda keltiriladigan shartli belgisi 18.1, a - rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, uning tarkibidagi ulanish elektrodlari, umumiy shina va tashqi tahrirlovchi elementlar ko‘rsatilmaydi. OKlarning standart grafik belgilanishi 18.1, b - rasmda ko‘rsatilgan. Sxemada kuchlanish manbaiga ulanish elektrodlaridan tashqari, kuchaytirgichning talab etilgan logarifmik ACHX ko‘rinishini shakllantiruvchi chastotani korreksiyalovchi elektrodlar ham ko‘rsatilgan.

18.1 - rasm. OKning shartli (a) va standart grafik (b) belgilanishi.


FC - OK ni ACHX sini krrektlash uchun zanjirga ulash chiqiqlari;
NC – doimiy tok bo’yicha elementlarni ulash, xamda metal korpusga umumiy minusni ulash.
2 - Inverslaydigan kirish;
1- Inverslamaydigan kirish.
OK ikkita kirishga ega: inverslaydigan (aylana yoki "-" ishora bilan belgilangan) va inverslamaydigan. Agar signal OKning inverslaydigan kirishiga berilsa, u holda chiqishdagi signal 1800 ga siljigan, ya’ni inverslangan bo‘ladi.
Agar signal OKning inverslamaydigan kirishiga signal berilsa, u holda chiqishdagi signal kirish signali bilan bir xil fazada bo‘ladi.

Yüklə 279,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin