18-mavzu. Startaplarni moliyalashtirish Reja


Kraudfanding qanday ishlaydi?



Yüklə 50,19 Kb.
səhifə2/4
tarix25.12.2023
ölçüsü50,19 Kb.
#196374
1   2   3   4
Kraudfanding qanday ishlaydi?
Siz biror qiziq yoki muhim loyihani amalga oshirmoqchisiz, lekin bunga mablag‘ingiz yetarli emas. G‘oyangizni kraudfanding platformasida bayon etasiz va moddiy yordam so‘raysiz. Ushbu loyihaga qiziqqan va uni qo‘llab-quvvatlagan foydalanuvchilar sizga mablag‘ o‘tkazishadi. Yetarli mablag‘ to‘planganidan so‘ng loyihangizni amalga oshirishga kirishishingiz mumkin.
Kraudfandingning afzalliklari
Vositachilarning bo‘lmasligi – bankdan katta foiz evaziga kredit olishga ehtiyoj qolmaydi. Investor o‘z shartlarini qo‘ymaydi.
Barcha uchun teng shartlar — foydalanuvchilar loyihaga o‘z ixtiyorlari bilan pul beradilar, hech kim buning uchun imtiyozga ega bo‘lmaydi.
Yig‘imlarning shaffofligi — mablag‘ to‘plashni istovchilar loyiha uchun qancha mablag‘ zarurligini ma’lum qilishadi. Loyiha uchun qancha pul yig‘ilganligini hamma ko‘rib turadi.
Kraudfanding loyihalari turlari
Loyihalar quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin: xayriya yordami ko‘rsatish, siyosatchilar, sportchi va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy loyihalar.
Kraudfanding loyihalarini moliyalashtirish usullari quyidagilardan iborat:
Hammasi yoki hech narsa”. Agarda belgilangan muddat ichida yetarlicha miqdordagi mablag‘ yig‘ilmasa, pullar egalariga qaytariladi, loyiha tashabbuskoriga hech qanday mablag‘ berilmaydi.
Barchasi”. Belgilangan muddat ichida qancha pul yig‘ilsa, o‘sha mablag‘ning barchasi loyihaga o‘tkaziladi. 
Doimiy moliyalash”. Mablag‘ yig‘ish muddati belgilanmaydi, kerakli miqdordagi pul yig‘ilmaguncha loyiha ochiq turadi.
To‘xtash nuqtasi”. Mablag‘ “to‘xtash nuqtasi”ga yetib kelganidan so‘ng (masalan so‘ralgan mablag‘ning yarmi yig‘ilganidan so‘ng) loyiha muallifiga beriladi.
Nomoliyaviy bonus”. Loyihaga pul o‘tkazgan shaxs biror moddiy buyumga ega bo‘ladi. Masalan, kitob chop etilishi uchun mablag‘ o‘tkazgan shaxsga o‘sha kitob bepul taqdim etilishi mumkin.
Mablag‘ yig‘ish qanday amalga oshiriladi?
Har bir kraudfanding maydonchasi loyiha, uning muuallifi va homiylarga nisbatan o‘z talablariga ega bo‘ladi. Lekin umuman olganda bu talablar bir-biridan unchalik farq qilmaydi. 
Platformalarning talabiga ko‘ra, uning ishtirokchilari voyaga yetgan, o‘z loyihasini taqdim etishi, loyiha qonunchilikka zid bo‘lmasligi hamda yig‘ilgan pul o‘sha loyihani amalga oshirishga sarflanishi lozim.
Muallif loyihani, uning o‘ziga xos xususiyatlari va qanday naf keltirishini bayon etadi. Asosiysi, pul qanday maqsadda yig‘ilayotganligi aniq ko‘rsatilishi kerak. Muallif shuningdek, maqsadga erishish uchun qancha mablag‘ kerakligini ham ko‘rsatadi.

Yüklə 50,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin