18-mavzu. Startaplarni moliyalashtirish Reja



Yüklə 50,19 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü50,19 Kb.
#196374
  1   2   3   4

18-mavzu. Startaplarni moliyalashtirish
Reja:

  1. Startap to‘g‘risida umumiy tushuncha va startaplarni moliyalashtirish usullari.

  2. Startaplarni moliyalashtirish uchun onlayn-kraudfanding platformalar.



1-savol bayoni. “Startap” termini inglizcha start-up so‘zidan olingan bo‘lib, uning “jarayonni boshlash”, “ishga tushirish” kabi ma’nolari mavjud. Dastavval “startap” atamasi 1939 yil AQShda yuqori texnologiyalari sohasidagi ishlanmalarga ixtisoslashgan Santa-Klara vodiysi (Kaliforniya)da paydo bo‘lgan. O‘sha vaqtda Stenford universiteti talabalari Devid Pakkard va Uilyam Xyulettlar o‘zlarining kichik loyihasini yaratadi va u ishni startap deb ataydi. Keyinchalik esa mazkur startap asta-sekinlik bilan katta va mashhur Xyulett-Pakkard (HP) korxonasiga aylandi.
Mijozlar istiqboli (customer development) metodi asoschilaridan amerikalik tadbirkor S.Blank o‘zining “Startap egalari uchun qo‘llanma” (“Steve Blank and Bob Dorf. The Startup Ownerʼs Manual”) kitobida startapni biznes-modelini kengaytirishni ko‘zlagan vaqtinchalik tuzilma, deb hisoblaydi. Bir guruh olimlari startaplarni kichik tadbirkorlik sub’ekti va faqat yuqori tavakkalchilik sifatida qabul qilsa, boshqa guruh olimlari esa startaplar o‘zining biznes modelini kengaytirish maqsadida investitsiya jalb qilishni maqsad qilgan yuridik shaxslar deb bilishadi. Demak, startap bu faoliyati yuqori tavakkalchilikka asoslangan va biznes modelini kengaytirish uchun investitsiyalarni jalb qilish maqsadini ko‘zlaydigan vaqtinchalik bo‘lgan tuzilmalar.
Bugungi kunga kelib startaplar axborot texnologiyalari (IT), tadbirkorlik mahsulotlari va xizmatlari (Business Products & Services), sun’iy intellekt (AI), internet dasturlar va xizmatlar (Internet Software & Services), mobil dasturlar va xizmatlar (Mobile Software & Services), internet ashyolari (IoT), elektron tijorat (e-commerce), moliya texnologiya (Fintech), biotexnologiyalar (Biotech), reklama texnologiya (Adtech), 3 hajmli chop etish (3D Printing), logistik tashishilar (Supply chain & Logistics) kabi sohalarda dinamik tarzda o‘sishga erishmoqda. Ta’kidlash lozimki, hozirgi paytga kelib eng mashhur internet startaplar sifatida Facebook, videoroliklar bazasi – YouTube, fotosuratlarni saqlash xizmati – Flickr, xabarlar almashinuvi platformasi – Twitter kabilar tan olinadi.
Innmind.com internet saytining ma’lumotiga ko‘ra dunyo bo‘yicha har yili 100 mln startaplar o‘z faoliyatini boshlaydi. Shu raqamlarning ichida 1.35 mln startaplar aynan texnologik sohaga ixtisoslashgan startaplar hissasiga to‘g‘ri keladi. Har yildagi startap kompaniyalardan 5.7 mln startaplar muvaffaqiyatli tarzda akselerator dasturlariga saralab olinadi, ammo shulardan 824 startaplar global bozorga o‘zining tovar, ish va xizmatlarni taklif etish orqali chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tgan boshqa startaplar esa odatda to‘g‘ri biznes-model tanlanmaganligi, samarali startap loyihasining shakllanmaganligi, investitsiyalash manbasiga ega bo‘lmaganligi kabi qator sabablar tufayli o‘z faoliyatini tugatishiga majbur bo‘ladi.
Startaplar bo‘yicha eng yuqori taraqqiyotga erishgan davlat AQSH sanaladi. Faoliyatini aynan startap sifatida boshlagan AQShning Facebook, Youtube, Google, Apple kompaniyalari bugunga kelib katta gigant korporatsiyaga aylanishga ulgurishdi. Mamlakatda sohani tartibga soluvchi Bey-Doul qonuni, Stivenson-Uaydler qonuni va “Bizning biznes startaplar to‘g‘risida”gi (JOBS act) qonunlar orqali startaplarning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay mexanizmlar o‘rnatilgan. 
Qolaversa, AQSH Kichik biznes administratsiyasi (US Small Business Administration) tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlash yo‘lida Kichik biznes innovatsion tadqiqot (Small Business Innovation Research (SBIR)), Kichik biznes texnologiya transferi (Small Business Technology Transfer (STTR)) dasturlari orqali startaplarga 150 ming AQSH dollaridan 1 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan summada moliyaviy ko‘mak hamda malakali ekspertlar tomonidan konsalting xizmatlari ko‘rsatib boriladi.
Janubiy Koreyada esa 2017 yili Kichik, o‘rta biznes va startaplar vazirligi (Minister of SMEs and Startups) tashkil etildi. Uning asosiy funksiyasi kichik, o‘rta biznes va startaplarni tashkil etish va rivojlantirish uchun qulay tizim ishlab chiqish hamda yirik kompaniyalar bilan kichik, o‘rta biznes va startaplar o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.
Startaplar dinamik suratda rivojlangan davlatlardan yana biri Isroil sanaladi. Mamlakatda Samsung, Yahoo, Microsoft kabi yirik kompaniyalarning ilmiy tadqiqot markazlari startaplarga akseleratorlik xizmatlarini ko‘rsatadi va istiqbolli startaplarni saralab olishadi.
Umuman olganda ilgari surilgan g‘oya doimo ham amalga oshmasligi, g‘oyaligicha qolib ketishi ehtimoli doimo mavjud. Investor topilmasa u o‘z-o‘zidan chetga suriladi. Lekin g‘oya amalga oshadigan bo‘lsa, u yuqori daromad olib keladi. U shu sohadagi yagona kichik korxona bo‘lib, monopol mavqeiga ega bo‘ladi. Bular albatta uning rivojlanishi va kelgusida hatto yirik gigantlarga aylanishi mumkinligini hayot, tajriba ko‘rsatib turibdi. Masalan, Googl, Hewlett-Packard, Intel, Apple, Facebook va boshqalar.
Startaplar nihoyatda xilma-xil va turli sohalarga yo‘naltirilgan. Ularni o‘rganish, tahlil qilish uchun turli jihatdan yondashish mumkin.
1. Yangi mahsulot, xizmat ko‘rsatishni amalga oshirishga qaratilgan, g‘oyani tatbiq etish muvaffaqiyatga olib kelish ehtimoli yuqori startaplar. Bularga ko‘proq iste’mol tovarlari, texnologiyalar yaratishga qaratilgan startaplar.
2. Mahsulot va uni sotish bozorlari xususiyatiga ko‘ra “muvaffaqiyatli nusxa yaratganlar”, bularga ko‘proq ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha yaratilgan startaplar kiradi.
3. Bozorning ma’lum bir segmentida avval band bo‘lganlarning o‘rnini o‘z mahsulotini tannarxini keskin ravishda pasaytirish evaziga egallashga, o‘rin bosuvchi tovarlar ishlab chiqarishga qaratilgan startaplar.
4. Kelajagi noaniq tavakkalchilikka asoslangan startaplar. Ularda yangi g‘oyani amalga oshrishda risk katta. Bir tomondan, sarflangan mablag‘lar qaytmasligi yoki muvaffaqiyatli bo‘lsa, katta foyda olib kelishi mumkin.
Fan sig‘imi nuqtai nazaridan startaplarga yondashadigan bo‘lsak, ularni fan sig‘imi yuqori texnologiyalarga asoslangan yoki an’anaviy startaplar guruhiga bo‘lishimiz mumkin:
Fan sig‘imi yuqori startaplar tabiiy yaratadigan mahsuloti harajatlarida fanning ulushi yuqori. Shuning uchun eng so‘nggi ixtirolarga, fan-texnika yangiliklariga asoslangan startaplar juda katta foyda keltirishi ehtimoli yuqori, lekin buning uchun katta mablag‘ talab etiladi.
An’anaviy startaplar alohida yangi g‘oyani talab qilmaydi. Biznesni boshlash uchun oddiy, osonlikcha amalga oshiriladigan g‘oyalar asosida yaratilgan va katta muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalar talaygina. Lekin ilmiy maqolalarda faqat innovatsiyaga asoslangan startaplarnigina startap deyish to‘g‘ri degan fikrlar ham mavjud.
Ilmiy adabiyotlarda startaplarni kichik bir kompaniyadan yirik kompaniyaga aylanish tezligi jihatidan startup unicorn va sekin-asta rivojlanuvchi guruhlarga bo‘lish mavjud. Bunday guruhlashga Eylina Li asos solgan bo‘lib, u o‘zining maqolalaridan birida 5 yil davomida kapitalizatsiya darajasi 1 mlrd. dollardan ortgan kompaniyalarni afsonaviy mavjudot -“unicorn”lar deb atagan [13]. Agar 2013 yili ular 39 bo‘lsa hozirda 310 dan ortiq. Undan tashqari muvaffaqiyatga erishib, 1 mlrd dollar kapitalizatsiya darajasiga yetish muddati ham qisqarib borayapti. Masalan, “Whats App” uchun 2 yil, “Uber”ga 2,5 yil, “Tesla”ga 4 yildan sal ko‘proq vaqt zarur bo‘ldi.
Hozirda startap yaratuvchilarning ham, investorlar, biznesmenlarning ham startapga nisbatan qiziqishlari ortib borayapti. Vaholanki, real hayotda 10% atrofida startaplar rivojlanib, qo‘ygan maqsadlariga erishadilar. Shu bilan birga jahon tajribasi kichik korxonalar katta korxonalarga qaraganda 4 barobar ko‘p innovatsiya, g‘oyalar yaratishi yoki ilmiy tadqiqotga sarflangan har bir dollarga kichik innovatsion korxonalar katta korxonalarga qaraganda 2,5 barobar ko‘p mahsulot yaratishini ko‘rsatmoqda.
Jahon tajribasi startaplar mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotida naqadar katta rol o‘ynashini AQSH, Yevropa, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning qator kompaniyalari misolida ko‘rish mumkin.
Ma’lumki, Amerikalik olim Raymond Vernon tomonidan mahsulotning hayotiy sikli modeli ishlab chiqilgan. Startap tadqiqotchilari ham uni mahsulotning hayotiy sikliga o‘xshash vujudga kelib rivojlanish jarayonini 5 bosqichga bo‘lishadi.
1. Startapning vujudga kelish Pre-Seed stage – bosqichi.
Bu bosqichda qidirib topilgan g‘oya, aniq maqsad va vazifaga aylantiriladi. Bozorni o‘rganish, yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qilish, g‘oyani amalga oshirishning texnik usullarini ishlab chiqish, biznes-reja tuzish kabilar amalga oshiriladi. Mahsulotning namunaviy nusxasi yaratiladi va sinovdan o‘tkaziladi. Unga talab o‘rganiladi va moliyalatirish manbai qidiriladi. Investor topilmasa u loyihaligicha qoladi. Afsus aksari startaplarda ana shu hodisa yuz beradi.
2. Startapni ishga tushirish Startup Stage – bosqichi. Investor topilgach, mahsulotni bozor uchun chiqarishni boshlash mumkin. Bunda eng muhimi – analog mahsulotlar orasida u boshqalardan ustunligini namoyish etishi kerak. Raqobatchilarni yengish oson emas. Aynan mana shu bosqichda komanda – startap ishtirokchilari qat’iyat, ijodkorlik, ishbilarmonliklarini namoyish etishlari kerak. Chunki, aynan mana shu bosqichda risk eng yuqori bo‘lib, uning natijasiga ko‘ra startap ish faoliyatini davom ettirishi yoki aksincha, to‘xtatishi mumkin.
3. O‘sish Growth Stage – bosqichi. Ikkinchi bosqichni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan startaplar uchinchi bosqichga o‘tadi. Mahsulotga talab bor. Loyiha ishtirokchilari bozorning boshqalar egallamagan qismini egallashdi. Mahsulotni ishlab chiqarish miqdori ortib, harajatlarni qoplash nuqtasini bosib o‘tiladi va u ma’lum darajada foyda keltirishni boshlaydi.
4. Kengayish Expansion Stage – bosqichi. Nihoyat biznes-rejadagi maqsadlarga erishildi. Uning egallagan pozitsiyalariga hech nima tahdid qilmaydi. U taniqli, uning mahsulotiga barqaror talab bor. Daromadi o‘sib bormoqda. Bu bilan loyihani yaratgan kompaniya o‘z ishini to‘xtatmaydi. U yangi bozorlarni zabt etish uchun o‘z harakatini davom ettiradi.
5. Chiqish Exit Stage – bosqichi.
Kompaniya rivojlanishining eng yuqori darajasiga yetganda loyihani moliyalashtirgan investorlar o‘z ulushlaridan voz kechib, uni yirik o‘yinchilarga sotadilar. Bu ularga yaxshigina daromad keltiradi. Aytish mumkinki, aynan ana shu maqsadga erishish uchun istiqbolli ishni boshlanishida pul tikishgan. Ammo ayrim investorlar o‘z ulushini saqlab qolib, undan doimiy daromad manbai sifatida foydalanadilar.
Bu jarayonni mana bu misolda ko‘rish mumkin. “Tetris” elektron o‘yinini Rossiya fanlar akademiyasi Hisoblash markazining dasturchisi Pajitnov yaratgan. Bu unga shaxsan 15 ming dollar olib kelgan. Hisoblash markazi o‘yinni tarqatish, foydalanish huquqini "Nimtanda"ga 4 mln. dollarga sotgan. Buni orqasidan firma 1 mlrd. dollardan ortiq pul ishlagan Shunday qilib, startap deganda, bizningcha, o‘zining innovatsion g‘oyasiga ega, uni amalga oshirish tufayli qo‘ygan maqsadiga erishishga umid qilib, bor imkoniyatini ishga solib, faoliyat yuritayotgan “mitti” yoki kichik kompaniya (jamoa (komanda) desa ham bo‘ladi) nazarda tutiladi.
Startaplarni moliyalashtirish manbalari turli-tuman bo‘lib, ularni uch guruhga bo‘lish mumkin:
1. Davlat tomonidan moliyalashtirish. Unga byudjet mablag‘lari, turli moliyaviy institutlar mablag‘lari kiradi.
2. Korporativ (institutsional) moliyalashtirish. Ularga venchur investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari, tijorat banklari va boshqa nobank kredit tashkilotlari kiradi.
3. Xususiy investorlar. Bunga biznes – “farishta”lar (Business angels), norasmiy investorlar, sohada professional bo‘lmagan investorlar va boshqalar.
Professional bo‘lmagan investorlar guruhini ikkiga bo‘lish mumkin:
1) xususiiy investorlar -3 F (Family, Friends, Fools – oila, do‘stlar, soddadillar (go‘llar), loyihani yaratishning boshlang‘ich bosqichida o‘z shaxsiy jamg‘armalari, mablag‘larini sarflaydiganlar.
2) kraudinvestorlar – xusuiy investorlar guruhi, jumladan noprofessional, maxsus internet platformalari orqali yangi loyihalarga pul tikishga tayyor erkin jismoniy shaxslar.
Hozirgi kunda moliyalashtirishning yangi manbasi-vositasi kraudfanding (crowd – olomon, omma, funding -moliyalashtirish) vujudga keldi. Ular odamlarni jamoaga birlashib ixtiyoriy ravishda o‘z pullari yoki boshqa resurslarini birlashtirib, odatda ko‘pincha Internet orqali boshqalarni harakatlari, faoliyatlarini qo‘llab quvvatlashi, hamkorlik qilishlarida namoyon bo‘ladi. Ular ayniqsa startapning birinchi bosqichida hamkorlik qilishlari bilan o‘zlarini to‘laqonli moliyaviy mexanizm ekanliklarini ko‘rsatishdi.

2-savol bayoni. Kraudfanding (ingl. crowdfunding) so‘zi “xalq tomonidan moliyalashtirish” ma’nosini bildiradi va bu so‘z 2006 yilda paydo bo‘lgan. “Wired” jurnali muharriri Jeff Xau maqolalaridan birida internet foydalanuvchilari orasidagi ko‘ngilli pul beruvchilarni nazarda tutib kraudfanding so‘zini qo‘llagandi.


Bu termin yaqinda paydo bo‘lganiga qaramasdan, aslida, bu usul qadimdan qo‘llanib kelinadi. Masalan, Moskvada Minin va Pojarskiy haykalini o‘rnatish g‘oyasini imperator Aleksandr I dastlab qo‘llab-quvvatlamagan. U bu ish uchun yetarlicha mablag‘ to‘planmaydi degan fikrda bo‘lgan. Ammo xalq tashabbusi bilan butun mamlakatda haykalni o‘rnatish uchun pul yig‘ish boshlangan va pul berganlarning ism-shariflari gazetalarda e’lon qilib borilgan. Shu tarzda yig‘ilgan pul evaziga tayyorlangan haykal 1818 yilda ochilgan
AQShga Fransiya tomonidan tuhfa etilgan va 1886 yilda ochilgan Ozodlik haykali ham ommaviy pul yig‘ish yo‘li bilan tayyorlangan. Fransiyada turli tadbir va lotereyalar o‘tkazilgan, Jozef Pulitser o‘zining World gazetasida xayriya qilish chaqirig‘i bilan chiqqan, AQShda teatr tomoshalari, auksionlar, badiiy ko‘rgazmalar tashkil qilingan.
O‘zbek xalqi ham kraudfanding so‘zi bilan tanishganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, xayr-ehson masalasida azal-azaldan hech bir xalqdan qolishmaydi. Respublika hududida hashar va xayriya yo‘li bilan ko‘plab bino, inshoot, yo‘l va kanallar, muhtojlar uchun uylar bunyod etilgan. Masjid va qabristonlarda o‘rnatilgan xayr-ehson qutilarini, bemorlarning davolanishi uchun turli saytlar va ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar tomonidan mablag‘ yig‘ilishini ham kraudfandingning milliy ko‘rinishi deb aytish mumkin.

Yüklə 50,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin