18-вариант топширик Саволларга жавоб беринг


Pedagogik nazokat juda murakkab sifat bo’lib, quyidagi komponentlari G’ tarkibiy kismlari mavjud



Yüklə 63,01 Kb.
səhifə2/9
tarix16.11.2022
ölçüsü63,01 Kb.
#69368
1   2   3   4   5   6   7   8   9
401AbdupattoxovaSh pedagogikmahorat

Pedagogik nazokat juda murakkab sifat bo’lib, quyidagi komponentlari G’ tarkibiy kismlari mavjud :
O’quvchini xurmat qilish va unga nisbatan talabchanlik ;
Faoliyatning hamma turlarida o’quvchilarning mustakilligini rivojlantirish va ularning ishiga kat‘iy pedagogik raxbarlik qilish;
O’qituvchining o’quvchi psixik holatiga nisbatan dikkat bilan qarashi va o’quv mashgulotlarini bajarayotganida unga nisbatan talablarning izchilligi.
O’quvchilarning tafakko’r holida iroda aktivligini rivojlantirish, o’quv ishida ularga har tomonlama yordam berish, ularga nisbatan mehribon va gamxur bo’lish ;
O’qituvchining o’quvchilar bilan ishlashidagi sabotliligi hamda tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatishning xilma – xil usullarini ularning pedagogik samaradorligini xisobga olgan holda kullashi ;
O’quvchilarga ishonish va ularning o’quv ishlarini muntazam ravishda tekshirib turish ;
O’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatidagi amaliy va emotsional aloka boglashning pedagogik jixatdan asoslangan holda birga kushib olib borilishi ;
O’quvchilar bilan munosabatda osoyishta kat‘iylik, muvozanatlilik va nutkning ifodaliligi.
Pedagogik nazokatning yukorida ko’rsatib utilgan hamma tomonlari chuqur ichki boglanishga egadir. O’qituvchining o’quvchilarga munosabatida bu xususiyatlarning har biri uning kundalik ishlarida, xatti – harakatlarida, nutkida, ba‘zan esa sharoitlarga qarab o’quvchiga ta‘sir ko’rsatishning ayrim choralarini kullashdan o’zini tutib qolishda ham anik ifodalanadi.
O’qituvchi bashqa ixtisosdagi kishilarga karaganda, ma‘naviy boy, mustaxkam e‘tikodli, shuningdek yuksak darajadagi umumiy madaniyatga ega, o’z ixtisosi doirasidan tashkari ham ko’p narsalarni bilishi kerak.
Pedagogik nazokat ayrim tashki belgilarga ( ko’z ifodasi, tovush oxangidagi, mimika va xokazolar ) o’quvchilar uning tushuntirishlarini tushunayotgani yoki tushunmayotganligini, shuningdek o’quvchilar xulqidagi ijobiy va salbiy xususiyatlar haqida fikr yuritishdan iborat.
O’qituvchining mustakil va ijodiy fikr yuritish uslubi uning amaliy faoliyatida o’quv materialini ajoyib kilib, kungildagidek bayon kila bilishida namoyon bo’ladi. Ijodiy fikr yuritish qobiliyatiga ega bo’lgan o’qituvchi darslari hamisha jonli, qiziqarli utadi va samarali bo’ladi, chunki u o’quvchilarning tafakko’r faoliyatini doimo aktivlashtirib boradi. Pedagogik jarayondagi nazokat doimo ta‘limiy – tarbiyaviy maksadlarga erishishga karatilgan bo’ladi. Shuning uchun biror maksadga intiluvchanlik va o’z mexnat samaralarini oldindan ko’ra bilish, o’quvchilarni yomon xatti – harakatlardan ogoxlantirib qo’yish, ta‘lim va tarbiyadagi o’zini oklamagan usullarni o’z vaqtida o’zgartirish o’qituvchining obrusini oshiradi.
Pedagoglik faoliyati o’qituvchidan yuksak darajada rivojlangan irodaviy sifatlarni – o’quvchilarga nisbatan talab qo’yishda kat‘iylik va izchillik, o’zini tuta bilish, sabotlilik, chidamlilikni talab kiladi. Irodasi bush o’qituvchining o’quvchilar oldida obrusi bulmaydi. Uning darslarida intizom yomon bo’ladi. Darsdan tashkari ishlarni tashkil kila olmaydi. O’qituvchini o’quvchilar bilan munosabatida o’zini tuta bilishi, achchigi chikkanligini, xursandchiligini va bashqa xis – tuygularini o’quvchilarga sezdirmasligi zarur. O’qituvchi kerak bo’lgan holda bolalar bilan kulishmogi, ammo o’quvchi yomon harakat qilgan takdirda esa o’zining unga nisbatan bo’lgan nafratini ham yo’z mimikalari va pantomimikalar orkali ruyobga chikarmogi darkor.
Xulosa kilib aytganda, o’qituvchida eng yaxshi xususiyatlarning rivojlanishini ta‘minlaydigan asosiy shartlardan biri uning o’z ustida ishlashi, tinmay malakasini oshirib borishidir. Pedagogika, pedagogik mahorat, psihologiya, etika o’qituvchi odobi kabi fanlarni chuqur o’rganish o’qituvchiga o’z yutuk va kamchiliklarini anglab yetishda katta yordam beradi.
Pedagog o’quvchilar oldida nihoyatda odobli xatti-harakatlarni qilishi, noto’g’ri harakatlardan saqlanishi lozim, aks holda o’qituvchi hurmati keta boshlaydi.
Pedagogik nazokat me’yor tuyg’usi o’z o’quvchilari bilan to’g’ri munosabatda amal qilishdir.
Pedagogik nazokatning asoslari deb, bir qolipdagi fikrlar (barqaror tasavvurlar) ijtimoiy yo’l-yo’riqlar va shaxsiy hislatlar jamini aytish mumkin, ular o’qituvchining o’quvchilar bilan muomalasi sohasidagi xulq-atvorini belgilab beradi. O’qituvchining pedagogik nazokatini mazmuni va uni namoyon bo’lishi shakllarini belgilab beradigan ayrim ijtimoiy yo’l-yo’riqlarini ko’rib chiqamiz.
O’qituvchini o’z o’quvchilari bilan munosabatlarini (dialog) muloqot tarzida bo’lishini tushunishi lozim, ya’ni muhimdir.
Agarda o’qituvchilar o’quvchilar bilan munosabatlari ishonch asosida qurilgan bo’lsa, bunday muloqot ijobiy ro’y beradi.
Pedagogik nazokatni vazifasi agar bolalar bilan o’qituvchi o’rtasida ishonch munosabatlari o’rnatilgan bo’lsa, ular hayotni og’ir damlarida uning huzuriga yordam so’rab keladilar, o’z quvonchlari bilan baham ko’radilar. Pedagogik nazokat me’yorda bo’lgani yaxshi, chunki har bir ishni o’z me’yori bor, ana shu me’yor bo’lganda u ish nazokatli namoyon bo’ladi. Agarda haddan tashqari chegaradan chiqib ketsa, zerikishlar paydo bo’ladi, ishonchsizlik yuzaga kela boshlaydi.
Pedagogda adolat bo’lishi, bolani o’qituvchiga bo’lgan ishonch-muhabbatiga olib keladi. Albatta, pedagogda vijdon bo’lishi kerak. Pedagog hech qachon o’z fikrini o’quvchilarga majburan o’rgatishiga va majburan javob olishga harakat qilmasligi kerak, aks holda o’quvchi o’qituvchi o’rtasidagi munosabatlar keskinlasha boshlaydi, adolat buzila boshlaydi. Izzat-nafsni boy bermaslik kerak. Pedagog oraliq bo’lishi eng muhimdir. Pedagog o’quvchilar bilan bo’ladigan barcha munosabatlar adolatli vijdonan hal qilinishi lozim, tushunmovchiliklar sodir etilgan paytda ularni ijobiy hal etishga harakat qilmog’i zarurdir.
Bir qolipdagi fikrlar umuman pedagogik faoliyatda va xususan o’quvchilar bilan munosabatlar sohasida ijobiy rol o’ynashi mumkin. Ular pedagogning g’ayratini tejaydi, ancha tez pedagogik ta’sir etishga yordamlashadi.
O’qituvchida pedagogik nufuz bo’lishi o’quvchilarni estetik didini o’stirishga sayqal beradi. O’qituvchida nazokat bo’lishi, o’quvchilarni bir-biriga sadoqatga odobli bo’lishga, shirinsuhanlikka boshlaydi. Mutafakkirlarni aytishicha, pedagog bolalar va ayniqsa katta yoshdagi o’smirlar o’rtasidagi ziddiyatlarga juda ehtiyotkorlik bilan aralashish lozim. SHuningdek ziddiyatlarni shunday sohasi borki, unda pedagoglarning aralashuvi nihoyatda cheklangan bo’lishi lozim.
Ba’zi bir ziddiyatlar ham butun bir jamoada muhokama qilish o’z natijasinibermasligi mumkin, bunday vaziyatlarda yirik pedagoglar fikri va mulohalari bilan maslahatlashgan holatda amalga oshirilma foydadan holi bo’lmaydi. O’qituvchilarning muhim ijobiy yo’l-yo’riqlaridan biri dilkashlikdir. An’anaviy dilkashlik yoki odamlarga aralashmaslik shaxsining o’ziga hos xususiyatlari deb qaraladi, bu butunlay qonuniy holdir. Lekin bunday yondashuv bir tomonlamadir. U dilkashlik odamlarga aralashmaslik shaxsni o’ziga hos xususiyatlari bo’libgina qolmay shu bilan birga odamni u yoki vaziyatdagi muayyan xulq-atvori hamdir. Shaxsning xususiyati bo’lgan dilkashlikni atrofdagilar bilan barqaror, kuchli rivojlangan, aloqalarga intilish sifatida ta’riflash mumkin, bu intilish odamlar bilan tez aloqa o’rnatishni birga qo’shib olib boradi.
Dilkashlik va odamga aralashmaslik shaxsni xususiyatlari sifatida qarab chiqish ekstra va intraversiya tushunchalari bilan bog’liq ravishda samarali bo’ladi.
Ekstrovert – shaxslarga umumiy faollik, osoyishtalik, ta’sirlarga moyillik hosdir.
Introvert – ichki olamga berilgan odamlar aralashmaydigan, o’z-o’zini nazorat qilishga, refleksga ichki havotirlikka moyil bo’ladi.
Dilkashlik – ko’proq ekstravert tiplariga oiddir.
Introvert tiplariga odamlarga aralashmaydiganlar kiradi.



Yüklə 63,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin