Pedagogik nazokatning uzluksizligini ta’minlovchi omillar: pedagogik nazokat o‘qituvchining butun pedagogik faoliyatida sayqallanib takomillashib boruvchi jarayon
pedagogik nazokat odatda tugallangan shaklga ega bo‘lmay, insoniy fazilatlar evaziga uzluksiz boyib boradi
o‘qituvchi pedagogik nazokatning tarkibiy qismlarini ijtimoiy muhitga va odamlarning yashash tarziga, urf-odatiga qarab o‘zgartirishi mumkin;
o‘qituvchi pedagogik nazokatning nozik qirralarini chuqur egallashga doimo intilishi talab etiladi
pedagogik nazokatni o‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatda o‘zi uchun eng qulay shaklga keltirib, ma’lum bir muvozanatda saqlaydi
o‘z kasbini sidqidildan sevishi, halolligi, rostgo‘yligi, axloqiy pokligi, odamiyligi, kamtarligi, samimiy muomalasi pedagogik nazokatning zarur talablaridir
pedagogik nazokat asosida o‘qituvchining mehribonligida tarbiyada talabchanlik va qattiqqo‘llik hislatlari mujassamlashgan bo‘ladi
pedagogik nazokat asosida oqituvchi pedagogik odob va axloq normalarini ozining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitib boradi.
Oqituvchi pedagogik nazokatga talim va tarbiya jarayonidagi har bir vaziyatga adolatli baho berishi, oquvchilarning xatti-harakatini tog-ri idrok etishi, sabot va matonat, ozini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni ozida mujassamlashtirishi bilan erisha-di. Pedagogik faoliyatda oz kasbini sevgan oqituvchigina butun kuch gayratini, qalb nuri va dil haroratini shu ishga bagishlaydi va oz fao-liyatida yaxshi natijalarga erishadi. Bolalarni sevish, ularga mehr-muhab-batli bolish oqituvchi axloqiy qiyofasini namoyon etuvchi muhim fazi-latlardir.
Oqituvchi deyarli har kuni oquvchilar bilan uchrashadi, savol-ja-vob qiladi, ularning yaxshi xulq va ezgu ishlarini maqullaydi, bilimlarini baholaydi, nojoya xatti-harakatlari uchun tanbeh berib, lozim bolganda tarbiyaviy metodlarni qollaydi.
Pedagogik nazokat doimiy izlanishni, ijodkorlikni talab qiladi. Doi-miy ijodiy izlanishda bolgan oqituvchi tadqiqotchilik konikma va malakalariga ega boladi, ilm-fan muammolari, tarbiya etikasi va psixo-logiyasi yuzasidan erkin fikr yurita oladi.
Oqituvchi oquvchilarning kattalar bilan muloqotga kirishish tizimi-ga malum darajada kirib borib, ularning ichki qoidalarini organishga harakat qilishi kerak. Bu narsa oquvchilar bilan suhbatlashish orqali, fel-atvorini organish, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini kuzatish, oquvchilar hayotidagi turli voqealar va muammolarni birgalikda tahlil qilish, ular muhitida roy berayotgan hodisalarga nisbatan fikr-mulo-hazalarini bilish asosida amalga oshiriladi. Bunda u oquvchilar jamoasida roy berib turadigan, tashqi tomondan kuzatganda aslo bilib bolmaydigan yashirin hodisalar va voqealarni organish imkoniyatiga ega boladi. Natijada oqituvchi talim-tarbiyaviy jarayonda oz oldida turgan vazi-falarni hal etishda oquvchilarning ozlarini ham jalb qila oladi.
Ijobiy natijalarga erishish uchun, oqituvchi oquvchilarning ishonchini qozona olishi shart. Yosh oquvchi dostlar ishonchini qozonish yoki ishonchiga kirishi uchun oqituvchi pedagogik nazokat imkoni-yatlarini oz ornida qollay olishi lozim. Ozaro ishonch munosabatlari ornatilgach, oquvchilar ogir damlarda oqituvchidan yordam sorab murojaat qiladilar, oz mulohazalarini u bilan baham koradilar. Ozaro ishonch norasmiy munosabatlarda ham oqituvchiga oquvchilarning ba-zan anglab bolmaydigan ichki dunyosini korish imkoniyatini beradi. Oquvchilar bilan munosabatlarda pedagogik nazokatni qo‘llash nati-jasida:
o‘qituvchi o‘quvchilarning xarakterini, ichki dunyosini yaxshi bi-lib oladi, o‘quvchilar bilan munosabatda do‘stona muloqot qilish imko-niyatlari paydo bo‘ladi;
o‘qituvchi o‘quvchilar bilan chin ko‘ngildan bir-biriga yaqin bo‘-ladi, ba’zan eshitmasligi kerak bo‘lgan o‘quvchilarning o‘zaro sirli gap-larini eshitmasdan o‘tib ketishi mumkin, negaki o‘zgalar gapini tinglash odobsizlikdir;
o‘qituvchi ba’zan o‘quvchilar jamoasining kundalik ishlariga ara-lashmasligi, jamoada roy beradigan bazi kongilsiz hodisalarni ijobiy hal etishni jamoa faollari zimmasiga havola etishi mumkin.
Bularning hammasi oqituvchining oquvchilar bilan boladigan ixti-loflariga, kelishmovchilik va ziddiyatlariga barham beradi.
Mamlakatimizda har qanday kasb egasi avvalo odob va axloq namu-nalariga ega bolishi tabiiy, lekin pedagogik nazokat va odoblilik mut-laqo ozgacha harakatni va muomalani talab qiladigan oqituvchilar uchun chinakam mahoratdir. Chunki bu hislatlar faqatgina pedagogik qobiliyat va istedodga ega bolgan oqituvchida yillar davomida shakllanadi.
Otkazilgan oz-ozini kuzatish asosida, ozingiz uchun dilkashlik xususiyatlarini kasbiy fazilat sifatida ahamiyatini aniqlang, shunda siz oquvchilar bilan muloqot jarayonida pedagogik faoliyatingizdagi asosiy kamchiliklardan kelib chiqqan holda ozingiz uchun Kommunikativ jihatdan oz-ozini tarbiyalashning individual-tipologik dasturini tuzishingiz mumkin. Ushbu dastur kasbiy fazilat sifatida oqituvchida dilkashlik va xushmuomalalikni rivojlantirish dasturi (oquvchilar bilan muloqotga kirishish darajasi past bolganida) bola oladi hamda oquvchilar bilan muloqotda salbiy korinishlarni bartaraf etish (siqiqlik, tortinchoqlik, keskinlik va hokazo), kasbiy-kommunikativ konikma va malakalarni qisqa muddatda shakllantirishga zamin yaratadi. Kommunikativ jihatdan oz-ozini tarbiyalash tizimi individual, berilgan tavsiyalar inobatga olingan holda ishlab chiqilgan bolishi kerak. Tabiiyki, muloqotga oid kop narsalarni har qanday oqituvchi ozining shunchaki soglom tafakkuri va tajribasi bilan ishlab chiqishi mumkin. Masalan, boshqalar bilan muloqotda tabiiy noqulaylikni his qiladigan odamlar, bunday muloqotdan keyin oz tajribasini ongli ravishda ort-tirishi, psixologik tosiqlarni malum bir maqsadni kozlab bartaraf etishi lozim. Buning uchun yosh oqituvchi turli seminarlarda, yigilishlarda, oqituvchilar davrasida koproq chiqish qilishga intilishi, hamkasblari va kishilar bilan muloqot qilishning har bir imkoniyatidan foydalanishi kerak. Masalan, birorta muammo haqida bir nechta hamkasblaringiz bilan gaplashish vazifasini qoying. Yoshi ulug, tajribali oqituvchilarga ozingizni qiziqtirgan muammoli savollar bilan murojaat qiling, dokon sotuvchisining xaridorlar bilan muomalasidagi hatti - harakatini sharhlab bering va hokazo. Kochada yolovchining savoliga javob berganingizda, u bundan qoniqish hosil qilganini tushunishga harakat qiling. Har safar darsga tayyorgarlik korib, yangi materialni tushutirishda nafaqat pedagogik vositalar va metodlarni qanday qollashni, balki sinf jamoasi bilan qanday muloqotga kirishish haqidagi fikr xayolingizni band qilsin. Oquvchilar bilan maktabdan tashqari talim va tarbiya jarayonida muloqot qilish haqida oylang. Sizga ajoyib taassurot qoldirgan, yaxshi kayfiyat bagishlagan muloqotdagi vaziyatlarni aslo unutmang. Oquv-chilar bilan muloqotdagi bazi muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilishga urining. Xatolaringizni tan oling va kora biling, sizga qoniqish bagish-lashi uchun navbatdagi muloqotlarni qanday tashkil qilishni oylang.
Sizga muloqotda noloyiq inson ekanligingizni aytishsa, aslo ruhiy tushkunlikka tushmang. Xulqingiz, xatti-harakatlaringiz, hayot va ish tajribangiz bilan shaxsiy xususiyatlaringiz buning aksi ekanligiga, muloqotda dilkashlik va xushmuomalalilik fazilatlari sizda mavjudligiga ozingizni ishontirishga harakat qiling. Tajribalar asosida oz kasbiy holatingiz ustida tinimsiz ishlash, muloqotda dilkashlikni kasbiy jihatdan ahamiyatli xususiyatlarini rivojlantirish, kommunikativ qobiliyatlarni takomillashtirish, pedagogik kasbiy konikma va malakalarni shakllan-tirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda talim va tarbiyadan koz-langan maqsad shaxsning shaxsga ijobiy tasiri ekan, demak, aynan oquvchilar bilan ozaro hamkorlik sharoitida oqituvchi ularning manaviy dunyosiga kirib borishi kerak.