A 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim



Yüklə 37,54 Kb.
tarix06.09.2023
ölçüsü37,54 Kb.
#141726
5 baha


a) 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning mohiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;

  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiyliq saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;

  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;

  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;

  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;

  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;

  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;

  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;

  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) 4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;

  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;

  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirasida bajarsa;

  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;

  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;

  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

v) 3 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan haqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;

  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;

  • bayon qilish ravon boʻlmasa;

  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;

  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 2 baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;

  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;

  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;

  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;

  • fanni bilmasa.

Yüklə 37,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin