Dasturlash tillari va ularning imkoniyatlari



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/4
tarix04.12.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#72233
  1   2   3   4
DASTURLASH TILLARI

Dasturlash tillari va ularning imkoniyatlari

Reja:

1. Dasturlash tillari tarixi

2. Dasturlash tillari haqida malumaot

3. Dasturlash tili turlari

4. Dasturlash tillarining imkoniyatlari

Dasturlash tillari tarixi

dastlabki kompyuterlarni hujjatlashtirishdan tortib, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish uchun zamonaviy vositalarni oʻz ichiga oladi. Ilk dasturlash tillari juda oʻta tor doirada qoʻllanilishga moʻljallangan boʻlib, ular matematik belgilarga va shunga oʻxshash tushunarsiz sintaksisga tayangan[1].

Kompyuter texnikasining rivojlanishi dasturlash tillarida algoritmlarni yozib olish uchun turli xil yangi belgilar tizimlarining paydo boʻlish jarayonini belgilab berdi. Bunday tilning paydo boʻlishining maʼnosi dastur kodini soddalashtirishdan iborat edi.

Dasturlash tillarini besh avlodga boʻlish qabul qilingan. Birinchi avlodga oʻtgan asrning 50-yillari boshlarida, birinchi kompyuterlar endigina paydo boʻlgan paytda tuzilgan tillar kiradi. Bu "bir satrda bir buyruq" prinsipi asosida qurilgan birinchi assembler tili edi.

XX asr davomida kompilyatorlar nazariyasi boʻyicha olib borilgan izlanishlar yuqori darajadagi dasturlash tillarini yaratishga olib keldi, ular koʻrsatmalarni uzatish uchun qulayroq sintaksisdan foydalanadilar.

FORTRAN

Tijoriy maqsad uchun ishlab chiqilgan birinchi til FORTRAN (FORmula TRANslation) boʻlib, 1956-yilda (birinchi yoʻriqnomasi 1956-yilda paydo boʻlgan, lekin birinchi boʻlib 1954-yilda ishlab chiqarila boshlangan) IBMda Jon Bekus boshchiligidagi guruh tomonidan ishlab chiqilgan. U ilmiy-texnik hisob-kitoblar uchun moʻljallangan edi. 1953-yil oxirida Jon Bekus IBM 704 kompyuterini dasturlash uchun assemblerdan samaraliroq boʻlgan muqobil dasturlash tilini ishlab chiqishni taklif qildi. 1954-yil oʻrtalarida Fortran tilining spetsifikatsiyasi loyihasi tugallandi. Biroq ushbu dasturlash tili avval boshida foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olinmadi, chunki Fortran assemblerga qaraganda past unumdorlikka ega kod yaratadigan yuqori darajadagi dasturlash tili deya qarala boshladi. Shu tufayli uni optimallashtirish zarurati vujudga keldi.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin