Mavzu: Amaliy dasturlar va ularning imkoniyatlari. Kompyuter amaliy dasturiy ta’minotining vazifasi, tarkibi va strukturasi. Hujjatlar bilan ishlash dasturiy vositalari.
Amaliy dasturiy ta’minotlarga inson faoliyatining turli xil sohalariga mansub
bo’lgan dasturlar kiradi.
Amaliy dastur – bu istalgan aniq bir dastur bo’lib, u qandaydir muammoli
sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan mo’ljallangan bo’ladi.
Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri
amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir.
Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi ShKning muhandislik
mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat, ta’limning aniq vazifalarini
yechishda kengroq tadbiq etish uchun sharoitlar yaratadi.
Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida quriladi va
u keyin ham aniq yo’nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining
dasturli ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi, o’zining hujjatlariga ega va
operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi. Ko’pgina paketlar integrasiyaning
shaxsiy vositalariga ega.
Amaliy dasturlar paketi. Aniq sinfga oid masalalarni yechishga oid o’zaro
bog’langan dasturlar majmui.
1)Muammoli - yunaltirilgan.Boshqarish funksiyalarida, strukturalashgan
berilganlar va qayta ishlash algoritmlari kabi muammoli sohalarda qo’llaniladi.
2)Loyihalashni avtomatlashtirish. Chizma, sxema, diagrammalarni ishlab
chiquvchi konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida qo’llaniladi.
3)Umumyo’naltirilgan. Matn muharrirlari va jadval prosessorlari, grafik
muharrirlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari kabi kompyuter
texnologiyalarini qo’llab-quvvatlovchi tizimlar.
4) Ofisli. Ofisning tashkiliy faoliyatini boshqarishni ta’minlaydi. U o’zida
organayzerlar (yozuv va telefon kitoblari, kalendarlar, taqdimotlar)ni,
tarjimonlarni, matnni anglash kabi vositalarni mujassamlashtiradi.
5) Stol usti nashriyot tizimlari- funksional jihatidan birmuncha kuchli
bo’lgan matn prosessorlari.
6) Su’niy intellekt tizimlari. U o’zida tabiiy tilda muloqat qilishni qo’llab quvvatlovchilarni; turli xil vaziyatlarda foydalanuvchilarga tavsiyalar bera oladigan ekspert tizimlarini; dasturlashtirishsiz amaliy masalalarni yechuvchi intellektual amaliy dasturlar paketlarini qamrab oladi.