2-Ma’ruza
Mavzu: Amaliy dasturiy ta’minot.
Reja:
1. Amaliy dasturiy ta’minot haqida tushuncha.
2. Amaliy dasturiy ta’minot tasnifi.
Amaliy dasturiy ta’minotlarga inson faoliyatining turli xil sohalariga
mansub bo‘lgan dasturlar kiradi.
Amaliy dastur – bu istalgan aniq bir dastur bo‘lib, u qandaydir muammoli
sohasi doirasiga oid masalalarni yechishgan mo‘ljallangan bo‘ladi.
Hisoblash texnikasini amaliyotda samarali tadbiq etishning shartlaridan biri
amaliy dasturlarning ixtisoslashtirilgan paketlarini yaratishdir.
Ularga kirishning osonligi va foydalanishning soddaligi ShKning
muhandislik mehnatiga, ilmiy soha, iqtisodiyot, madaniyat, ta’limning aniq
vazifalarini yechishda kengroq tadbiq etish uchun sharoitlar yaratadi.
Amaliy dasturlar paket (ADP) lari odatda maxsus tizimlar asosida quriladi
va u keyin ham aniq yo‘nalishlarda rivojlanadi. Ular hisoblash vositalarining
asturli ta’minlanishida alohida yetkazib beriladi, o‘zining hujjatlariga ega va
operatsion tizimlarning tarkibiga kirmaydi. Ko‘pgina paketlar integrasiyaning
shaxsiy vositalariga ega.
Amaliy dasturlar paketi. Aniq sinfga oid masalalarni yechishga oid o‘zaro
bog‘langan dasturlar majmui.
1.
Muammoli
-
yunaltirilgan.
Boshqarish
funksiyalarida,
strukturalashgan berilganlar va qayta ishlash algoritmlari kabi muammoli
sohalarda qo‘llaniladi.
2.
Loyihalashni avtomatlashtirish. Chizma, sxema, diagrammalarni
ishlab chiquvchi konstruktorlar va texnologlarlarning ishlarida qo‘llaniladi.
3.
Umumyo‘naltirilgan. Matn muharrirlari va jadval prosessorlari,
grafik muharrirlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari kabi kompyuter
texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi tizimlar.
Dostları ilə paylaş: |