Mavzu: Matlab simmulink dasturiy vositasini qo’llashni o’rganish. Simulink - dinamik sistemalarni modellashtirish, imitasiya va taxlil qilish uchun interaktiv vositadir. U grafik blok-diagrammalarni qurish dinamik tizimlarni imitasiya qilish, tizimlarning ishlashini tekshirish va loyihalarni mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink MATLAB bilan to'la integrallashgan.
Hozirgi vaqtda MATLAB ning yangi versiyasi MATLAB 6.5 (Release 13) va Simulink 5 keng ishlatilmoqda. MATLAB 6.5 dasturlarni tez bajarishni ta'minlovchi LT kompilyatorga ega. Shu sababli MATLAB 6.5 texnik hisoblashlar sohasida C++ dasturlash tilida kodlash bilan raqobatlashishi mumkin. Yangi versiyaning diqqatga sazovor tomonlaridan biri m-fayllar mahsuldorligining (effektivligining) avvalgi versiyalardagiga nisbatan yuqoriligidir.
Simulink 5 quyidagi yangi xususiyatlarga ega.
O’rni belgilangan (fiksasiya qilingan) nuqta bilan hisoblashlarni amalga oshirish mumkin. Suzuvchi nuqta bilan hisoblashlardan fiksasiya qilingan nuqta bilan hisoblashlarga yoki teskarisiga o'tish yo'li bilan modelni mukammallashtirish mumkin (bu holda Fixed-Point Blockset ni o'rnatish zarur).
6.1-rasm: MATLAB dasturining asosiy oynasi
Simulinkni ishga tushirish MATLAB dasturining asosiy oynasi ochilgandan keyin (6.1-rasm) Simulink dasturini quyidagi uchta usulning biri yordamida ishga tushurish mumkin: