2-Ma’ruza Mavzu: Amaliy dasturiy ta’minot. Reja: Amaliy dasturiy ta’minot haqida tushuncha



Yüklə 259,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix03.04.2023
ölçüsü259,75 Kb.
#92906
1   2   3   4   5
2 ma\'ruza.

Elektron 
jadvallar 
(jadvalli 
prosessorlar) 
tashkil qilingan 
ma’lumotlarni jadvalli tartibda ishlab chiqish uchun mo‘ljallangan dasturlar paketi. 
Ishlarni tashkil qiluvchilar — bu, ham ayrim inson, ham butun firma yoki 
uning tarkibiy bo‘linmasini turli resurslar (vaqt, mablag‘, materiallar)dan 
foydalanishni rejalashtirish tadbirlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan 
dasturlar paketlaridir. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) elektron ma’lumotlarni 
yaratish, saqlash va olish tadbirlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. 
Ko‘pgina mavjud iqtisodiy, axborot-ma’lumotnomaviy, bank, dasturli 
majmualar MBBTning vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. 
Namoyish qilish grafiklarining paketlari ba’zi bir tahliliy tadqiqotlar 
natijalarini ko‘rgazmali va dinamik shaklda taqdim etishga qaratilgan ishga tegishli 
axborotlar grafik tasvirining konstruktorlari bo‘ladi. 
Mul’timedia dasturlari paketlari audio va video axborotlarni aks ettirish 
va ishlab chiqish, ShKdan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Dasturli vositalardan 
tashqari, kompyuter bunda xuddi shunday axborotlarni kirish/chiqish, uni raqamli 


shaklga aylantirishni amalga oshirishga imkon beruvchi qo‘shimcha platalar bilan 
jihozlanishi mumkin. 
Loyihalashtirishni avtomatlashtirish tizimlari — grafik tasvirlarni ishlab 
chiqish bilan bog‘liq dasturlar paketlarining o‘zgacha turli-tumanligidar. 
Ular mashinasozlik, avtomobilsozlik va sanoat qurilishida konstruktorlik 
ishlarining loyihalarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu paketlar 
quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirishni ta’minlovchi vositalar majmuiga ega: 
• foydalanuvchilarning tarmoqda paket bilan jamoa bo‘lib ishlashi; 
• fayllarning barcha imkon bo‘lgan formatlarda eksporti-importini; 
• obyektlarni masshtablashtirish; 
• obyektlarni guruhlarga ajratish, harakatlantirish, kesish, o‘lchamlarini 
o‘zgartirish, qatlamlari bilan ishlashda ularni boshqarish
• qaytadan chizish (fonli, qo‘lda, uzilgan holda); 
• fayllarni kutubxonalar va chizmalarning kataloglari qismida boshqarish; 
• egri chiziqlar, ellipslar, chiziqlarning ixtiyoriy shakllari, ko‘p burchaklarni 
chizishga imkon beruvchi turli-tuman chizmachilik vositalaridan foydalanish
alomatlarning kutubxonalaridan foydalanish, yozuvlarni yozish va h. k.; 

Yüklə 259,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin