9-MAVZU. SOHA BO`YICHA BELGILANGAN MAVZU ASOSIDA ILMIY TADQIQOT
OLIB BORISH JARAYONLARI.
Reja:
1. Maqola matni talablari.
2. Tezis matni talablari.
3. Taqriz matni talablari.
4. Annotatsiya matni talablari.
5. Rezyume matni talablari.
Soha bo’yicha belgilangan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari ilmiy uslubda
olib boriladi. Ilmiy uslub aniqlikka, izchillikka asoslangan, dalillar bilan boyitilgan bo‘lishi
lozim.
Maqola yozish uchun kirish, ma’lum ilmiy muammo, muammoning ilmiy yechimi dalillar
asosidagi tahllillar va yechimining xulosasi mavjud bo`lishi zarur.
Ilmiy uslubning morfologik xususiyatlari to‘g‘risida M. Mukarramovning «Hozirgi
o‘zbek adabiy tilning ilmiy stili» monografiyasida quyidagi fikrlar bayon qilingan:
Ilmiy
uslubda faqat adabiy tilda me’yor
sifatida
e’tirof etilgan grammatik
ko‘rsatkichlardan
foydalaniladi. So‘z turkumlaridan ot faol, ko‘pincha takror qo‘llanadi. Subyektiv baho shakllari
xos emas. – lar ko‘plikdan boshqa semantik-uslubiy ma’nolarni ifodalamasada,
atama hosil
qilishda ishtirok etadi. Umumiy egalik ustun turadi, I-II shaxs
Maqola – publitsistik uslubga xos janr. Maqolada kundalik ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan
voqea-hodisalar
tahlil qilinadi
; nazariy, ommaviy
jihatdan umumlashtiriladi;
davlat siyosati
,
iqtisodiyot,texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar ilg‘or ish tajribalari aks ettiriladi. Turli
nuqsonlar tanqid qilinadi.
Matbuotda bosh maqola
, nazariy va targ‘ibot maqola,
muammoli
maqola keng qo‘llaniladi. Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola)
tahririyatning eng mas’uliyatli maqolasi hisoblanadi. Ushbu maqolada ichki va xalqaro hayotga
doir muhim masalalarni o‘quvchilarga yetkazish – asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday maqola
ma’lum bir masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning
asosiy haqiqiy yo‘lini belgilab berishi lozim.
Prezident farmonlari
, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar
Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan
davlat
va hukumat hujjatlari
, qarorlari, qonunlari
davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi. Nazariy maqola va targ‘ibot
maqolaning
asosiy
vazifasi mustaqillik
, milliy g‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va
prinsiplarini;
ilmiy maqolaning vazifasi fan
,
madaniyat, texnika
yutuqlarini tushuntirish
,
ommalashtirish, o‘quvchining g‘oyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqolada
esa munozara va bahs asosiy o‘rinda bo‘ladi hamda muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga tashlaydi.
Maqola so‘zi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio,
televideniye
, shuningdek, to‘plamlardagi ilmiy
asarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Tezis –
Ilmiy asar
, maqola, doklad va shu kabilardagi asosiy g’oyalarning qisqa va lo’nda
ifodasi. Xaqiqat ekanligi isbotlanishi lozim bo’lgan hukm,
mulohaza, fikr.Referat matni, uning
tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.