Tadbirkorlikning va kichik biznesning afzalliklari va kamchiliklari Reja



Yüklə 34,33 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2022
ölçüsü34,33 Kb.
#77667
  1   2   3   4
tadbirkorlikning va kichik biznesnin


Aim.uz


Tadbirkorlikning va kichik biznesning afzalliklari va kamchiliklari
Reja:
1.Tadbirkorlik va kichik biznesning afzalliklari.
2.Tadbirkorlik va kichik biznesning kamchiliklari
3.Tadbirkorlik va kichik biznesning tabiati


Tadbirkorlikka yo‘naltirilgan jamiyat

  • Foydali tovarlar va xizmatlar to‘xtovsiz ishlab chiqariladi yoki yetkazib beriladi.

  • Barcha aholi orasida zarur tovarlar va xizmatlar keng tarqatilishi mavjud.

  • Yashash sharoitini oshirish va iqtisodiyotni ko‘tarish uchun yangi g‘oyalar doimo ijod qilinadi.

  • Doimo jamiyatning yangi, oldin aniqlanmagan ehtiyoj- lari ochiladi.

  • Jamiyat duch kelayotgan muammolar o‘z vaqtida yechiladi.

  • Alohida shaxslarda o‘z novatorlik g‘oyalari va ijodiy niyat- larini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar borligi tufay- li, jamiyat turg‘unlikka uchramaydi.

Tadbirkorlar bajarishi zarur boMgan harakatlar

  • To‘liq hajmli ishlab chiqarish.

  • Barqaror o‘sish.

  • Tanlov erkinligi.

  • Imkoniyatlar tengligi.

  • Iqtisodiy xavfsizlik.

  • Iqtisodiy adolat.

  • Xalqaro muvozanat.

  • Takfif etiladigan ishlab chiqarish resurslari sonini ko'paytirish.

  • Resurslar sifatini oshirish.

  • Texnologiyalarni takomillashtirish.

  • lytehnat unumdorligini oshirish.

0‘z-o‘zini band qilishning afzalliklari va undan kelib chiqadigan cheklovlar:

1.Tadbirkorlik va kichik biznesning afzalliklari
0‘z-o‘zini band qilish tamoyillari asosida karyerasini qurishni mo‘ljallaganlar, odatda, quyidagi besh sababdan kelib chiqishadi: shaxsiy qoniqish, mustaqillikka intilish, foyda olish, bandlik kafolati va shaxsiy mavqe.
Shaxsiy qoniqish. Ayrim odamlar uchun o‘ziga ishlash bilan bog‘liq asosiy katta taqdirlanish — bu shaxsiy qoniqish. Shaxsiy qoniqish o‘z hayoti bilan o‘zi xohlagan narsani ijod qilish imko- niyati borligida ifodalanadi. 0‘z-o‘zini band qilish sizga har bir ish kunini o‘zingizga rohat bag‘ishlaydigan ishni bajarishga sarflashingizga imkon beradi. Masalan, rasm olishni yaxshi ko‘r- sangiz, siz o‘zingizni xususiy studiyangizni tashkil etishingiz mum- kin. Har safar mijoz o‘z fotoportretidan qoniqqanini bildirganda, siz ham shaxsiy qoniqish his qilasiz.
Siz o‘zingiz yashaydigan jamoaga yordam berganingizdan ham qoniqish olishingiz mumkin. 0‘z-o‘zini band qiladigan odamlar mahalla aholisiga tovarlar yetkazib beradi, xizmatlar ko‘rsatadi hamda ularga ish o‘rinlarini taqdim etadi. Ular, shuningdek, boshqa mahalliy korxonalarning tovarlari va xizmatlarini sotib olishadi, mahalliy banklardan qarzga pul olishadi, soliqlarni to‘lashadi.
Mustaqillik. 0‘z-o‘zini band qilishning yana bir afzalligi mustaqillikdir. Mustaqillik — bu boshqalar tomonidan nazoratning yo‘qligi. Siz o‘z bilimingiz, ko‘nikmangiz va qobiliyatingizni o‘zingiz xohlagan tarzda qo'llashingiz mumkin. Boshqa ishlaydiganlarga nisbatan, o‘z-o‘zini band qilgan odamlar ko‘proq erkinlikka ega. Ular o‘zlari zarur vakolatlarga ega va oldindan boshqa birovlarning roziligini olmasdan qaror qabul qilishlari mumkin.
Foyda. Odamlar yangi korxona tashkil etayotganda, olishni mo‘ljallaydigan asosiy taqdirlanishlardan biri bu foydadirl Foyda — bu barcha xarajatlarni to‘lagandan keym qoladigan dardriiad., Foyda korxonaning egasiga qoladi. 0‘z-o‘zingizni band qilib, siz o‘z daromadingizni boshqara olardingiz. Juda ko‘p hollarda korxonaga ko‘proq vaqt va ko‘proq harakat bag‘ishlash kattaroq daromadga aylanadi. Siz boshqa birovlarga ishlaganingizda bunday holat kamdan kam uchraydi.

Bandlik kafolati. Ko‘pgina korxonalar bandlik kafolatiga ega bo‘lishni istagan odamlar tomonidan tashkil etiladi, chunki yollan- gan mehnatda bunga erishib bo‘lmaydi. Bandlikning kafolati, ish borligi va daromad to‘lanishi nuqtayi nazaridan, boshqalarga bog‘liq bo‘lmasligingizga imkoniyat beradi. 0‘z-o‘zini band qilgan odamlar ishdan bo‘shatilishi, korxonadan haydalishi yoki ma’lum yoshga yetganda majburiy tarzda ishdan ketishi mumkin emas.
Mavqe. Mavqe — bu alohida shaxsning ijtimoiy darajasini yoki uning jamiyatdagi o‘rnini ifodalash uchun qo‘llanadigan atama. 0‘z-o‘zini band qilgan odamlar iste’molchilar bilan o‘rnatgan aloqalari va ularning faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tufayli diqqatni jalb etib, e’tirofga sazovor bo‘lishadi. Buning natijasi sifatida, ular ko'pgina boshqa ishlayotganlardan yuqoriroq mavqega ega bo‘lib, bundan rohatlanishlari mumkin. Ijtimoiy mavqe bilan egalik g‘ururi uzviy bog‘liq; ko‘pgina odamlar binolarda, avtomobillarda, idora buyumlari va reklamada o‘z ismlarini ko‘rib g‘ururlanishadi.

Yüklə 34,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin