Tadbirkorlikning va kichik biznesning afzalliklari va kamchiliklari Reja



Yüklə 34,33 Kb.
səhifə2/4
tarix24.12.2022
ölçüsü34,33 Kb.
#77667
1   2   3   4
tadbirkorlikning va kichik biznesnin

Moslashuvchanlik. 0‘z imkoniyatlariga bog‘liq holda o‘zini o‘zi band qilgan kishilar istalgan xildagi va kattalikdagi korxonani ochishi mumkin. 0‘zini o‘zi band qilish xodim va izdosh emas, balki insonga ish beruvchi va yetakchi bo‘lish imkoniyatini ham beradi.

2.Tadbirkorlik va kichik biznesning kamchiliklari


Siz nafaqat o‘z-o‘zini band qilishdan kelib chiqadigan afzalliklarni bilishingiz kerak, balki u bilan bog‘liq yoqimsiz narsalardan ham xabardor bo'lishingiz kerak: investitsiya qilingan sarmoyani yo‘qotish ehtimoli, ishonchsiz yoki past daromad, ko‘p vaqt sarflanishi va zerikarli yoqimsiz ishlarni bajarish zarurati.
Investitsiya qilingan sarmoyani yo'qotish ehtimoli. 0‘z-o‘zini band qilish bilan siz investitsiya qilgan sarmoyani yo'qotish xavfi bog‘liqdir. «Investitsiya qilingan sarmoya» atamasi tadbirkor o‘z xususiy korxonasini tashkil etganda sarflagan xarajatlarni bildiradi. Odatda, biznesda tavakkalchilik qancha yuqori bo‘lsa, u keltiradigan daromad imkoniyati shuncha ko‘proqdir. Agarda, korxona yaxshi rivojlanayotgan bo‘lsa, foyda katta bo‘lishi mumkin. Agarda, korxona omadsizlikka uchrasa, unga investitsiya qilingan sarmoya yo‘qotilishi mumkin, tadbirkor o‘z hayotining bir qismini, shaxsiy yoki oilaviy jamg'armasini bekorga yo‘qotish uchun barcha imkonga ega. Xususiy korxonani tashkil etish uchun qarzga pul bergan

bank, ta’minotchilar va shaxslarga to‘lovlarni qaytarishga yillar ketishi mumkin.
Ishonchsiz yoki past daromad. Xususiy korxonaga egalik qilishning yana bir kamchiligi bu ishonchsiz yoki past daromad olish imkoniyatidir. Yollangan xodimlarning ish haqidan farqli oiaroq, foyda miqdori oydan oyga o‘zgarishi mumkin. Bu hattoki, oyoqqa turgan korxona uchun ham o'rinlidir. Ammo daromad kelib turganda ham, u shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Bunday holat ko‘pincha birinchi olti — o‘n ikki oydagi faoliyat davrida kuzatiladi.
Ко ‘p vaqt sarflanishi. Tadbirkorlar o‘z ish vaqtini haftada qirq soat bilan cheklamaydi, ular kelish-ketish vaqtini ko‘rsatadigan avtomatda kartochkasini belgilamaydi. Ko'pgina o‘z-o‘zini band qilgan tadbirkorlar kuniga o‘n to‘rt soat va undan ko‘proq, haftasiga olti yoki yetti kun ishlashadi. Ko‘p hollarda korxona egasi ertalab birinchi bo‘lib ishga keladi va kechqurun oxirgi bo‘lib ishdan ketadi. Korxonaning ish vaqti egasining ixtiyori bilan emas, iste’molchilar uchun qulaylik nuqtayi nazaridan belgilanadi. Masalan, ko‘p do‘konlar 800 dan 2100 gacha ishlaydi. Ayrim tadbirkorlar o‘z biznes- larini ketma-ket bir yoki ikki kundan ortiq qarovsiz qoldirishlari mumkin emas, deb hisoblashadi.
Zerikarli ish: biznes bilan shug‘ullanish siz mutlaqo bajarishni istamaydigan, lekin bajarishingiz majbur bo'lgan ishlar zarurati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Tavakkalchiliklar. Agar siz mulohazali tavakkalchiliklarni o‘z zimmangizga olishga tayyor boisangiz, sizda muvaffaqiyat uchun barcha imkoniyatlar bor. Mulohazali tavakkalchiliklar sizga tanazzul yoki muvaffaqiyat imkoniyatlarini oldindan aniqlashga imkon beradi. Tavakkalchilikjuda past bo‘lgan biznes kam daromad keltiradi va o‘z g‘oyalaringizni va ularni amalga oshirishni cheklab qo‘yadi.
Vaqt. 0‘z biznesingizni boshlash — jiddiy ish. Dastlabki bir necha yil mobaynida ish ehtimol vaqtingizni ko‘p qismini olar. Keyinchalik korxona egasi tomonidan biznesdagi sidqidillik va shaxsiy manfaatdorlik juda o‘zgarishi mumkin. Kichik biznesning ko‘plab barqaror korxonalarida kundalik majburiyatlarni boshqaruvchi yelkasiga yuklash mumkin. Kelajakda biznesga qanchalik shaxsan jalb bo‘lishni xohlashingizni va kelajakda (aytaylik, 6 yildan keyin) qanchalik astoydil ishlashingizni aniqlashingiz kerak. Ehtimol, siz o‘z biznesingiz ichida to‘la yoki qisman bo‘lishni istarsiz yoki butunlay chetga chiqishni xohlarsiz.

Odamlar bilan muloqot. Sizga odamlar bilan ishlash yoqadimi yoki hamisha yakka o‘zingiz ishlashni istaysizmi? Yoki siz qayerdadir ulaming o'rtasida to‘xtaysizmi? Kichik biznesda shaxslararo muloqot (aloqa)ning uch turi — iste’molchilar bilan, xodimlar bilan va yetkazib beruvchilar bilan muloqot mavjud. Ko‘p kichik korxona- larning egalari xodimlar va yetkazib beruvchilarning muloqotiga e’tiroz bildirishmaydi, chunki mulkdor ularga nisbatan foydaliroq mavqeda turadi. Biroq mulkdor-iste’molchi munosabatlari sizning biznesingiz turiga qattiq bog‘liqdir. Masalan, ko‘chmas mulkni sotishda hujumkorlik, hatto agressivlik muhimdir. Agar sizga yakka tartibda sotish yoqmasa, bu narsa talab qilinadigan biznesni tanlamang. Biznesning boshqa ko‘plab turlarida sotishga yondashuv ko‘proq shaxsdan tashqaridadir.
Chakana savdoda muvaffaqiyat ko‘pincha iste’molchi bilan shaxsiy aloqadan ko‘ra, yaxshi tovarlarga, maqbul narxlarga va omadli reklamaga bogiiq bo‘ladi. Pochta, Internet yoki elektron pochta orqali buyurtma berish shaxs ishtirokisiz savdoning oxirgi misolidir, bunda siz hech qachon iste’molchini ko'rmaysiz (iste’­molchi buyurtma beradi, mulkdor tovar jo‘natadi).
3. Tadbirkorlik va kichik biznesning tabiati

Yüklə 34,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin