Oila va jamiyat munosabatlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Oila jamiyatning asosiy bo’ginidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish hu qu qiga ega»



Yüklə 26,78 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü26,78 Kb.
#193264
  1   2

Oila va jamiyat munosabatlari

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida «Oila jamiyatning asosiy bo’ginidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish hu qu qiga ega» deyiladi. Yangi «Oila kodeksi» ga va Konstitutsiyamizning 63-modda, 2-qismiga binoan «Nikoh tomonlarning u ixtiyoriy roziligi va teng hu qu qligiga asoslanadi. Yangi oila BMTning 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan.


«Inson huquqlari Umumjaxon Deklaratsiyasi»ning 16-moddasida shunday bandlar mavjud:

  1. Balog’at yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati va diniy belgilari bo’yicha hech qanday cheklashlarsiz nikohdan o’tishga va oila qurishga ha qli.

  2. Ular nikohdan o’tishda, nikohda turgan va qtlarida va uni bekor qilish vaqtida bir hil huquqdan foydalanadilar;

2. Nikohdan o’tayotgan har ikki tomonning erkin va to’liq roziligi asosidagina nikoh tuzilishi mumkin;
3. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi sanaladi va jamiyat hamda davlat tomonidan himoya qilinishga ha qli.
SHu bilan birga oila huquqi — nikoh tuzish va nikohni bekor qilish tartibi va shartlari; er-xotin, ota-ona bilan bolalar o’rtasida vasiylik va homiylik, bola asrab olish tufayli kelib chi qadigan munosabatlar; fu qarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish tarzini belgilaydigan huquqiy me’yorlar yig’indisidan iborat.
Keyingi vaqtlarda mamlakatimiz ijtimoiy hayotida ayollar mavqeini o’z o’rniga qo’yishga yo’naltirilgan nodavlat tashkilotlari ham yuzaga kela boshladi. SHu jihatdan 1997 yili Toshkentda «Ayol va jamiyat» instituti tashkil topishi bilan bog’li q bo’lgan masalalarni bayon etmoq lozim. Adliya boshqarmasi ro’yhatidan o’tkazilgan bu institutning tadqiqotchilik va siyosiy ta’lim bo’limlari mavjud.
Oilada ota-onaning o’rni
Inson kamolotining ko’rinishlaridan biri – obro’-e’tiborga ega bo’lishdir.
Obro’ bir kun yoki bir yil mobaynida hosil bo’ladigan jarayon emas. Obro’ni inson hayot mazmunidagi faoliyati jarayonida asta-sekin shakllanib boradi. Ota-onaning oiladagi obro’si tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Obro’ oilaviy munosabatlar jarayonida shakllanadi.
Ma’naviy ahloqiy hislatlarni, zamon ruhiga moc tushadigan fazilatlarni shakllantirishga qaratiladi. Mazkur toifadagi oila a’zolari davrasidagi suhbatlar, munozaralar, baxslar mulohazalar o’zaro tenglik, hurmat ruhiga bo’ysundiriladi. Oilaviy munosabatlarining ushbu ko’rinishda turli yoshdagi, jinsdagi bolalarga ma qsadga muvofi q tarbiyaviy ta’sir o’tkazish imkoniyati mavjuddir.
SHu boisdan tasodifiy vo qea va xodisalarning sodir bo’lish turli tarzda baxolanadi va ularga bevosita alo qador oila a’zolari turmush tajribasidan kelib chi q qan xolda yo rag’batlantiriladi yoki tanbeh beriladi, jazolanadi. Bunday odilona amalga oshirilgan mulo qot ta’sirida o’gil- qizlar ruhiy dunyosida ota-onaga nisbatan dilkashlik, xushmuomalalik, o’z faoliyati uchun javobgarlik, o’z-o’zini bosh qarish kabi muhim insoniy fazilatlar paydo bo’ladi.
Oilada munosabatning yana bir turi «avtoritar» -- yoki «obro’talab» munosabat deb atalib, bunda ota-onaning obro’si shaxslararo mulo qotda hal qiluvchi, yetakchi rol o’ynaydi. SHaxslararo teng hu qu qlilik, erkin hatti-harakat qilish, tashabbuskorlik bunda o’z ahamiyatini yu qota boshlaydi. Oila a’olarining yurish-turishi, hatti-harakati ko’pincha kattalar tomonidan cheklab qo’yiladi.
Ota-ona tomonidan tarbiyaviy ta’sir o’tkazishning asosiy usuli bu jazolash hisoblanadi, biro q, onda-sonda rag’batlantirish usulidan foydalanilganda ham ma’naviy rag’batlantirish imkoniyatiga ega bo’lmaydi, munosabatdagi bunday noxushlik ota-ona ko’zlagan tarbiyaviy ma qsadni amalga oshirmaydi va past samara beradi. Buning o qibati natijasida oila a’zolari o’rtasida, mehr-o qibat hissi pasayadi. Ushbu paydo bo’lgan salbiy nu qtai nazar ota-onaga nisbatan qo’llaniladi.
Farzandlarda ota-onaga yaqinlik mehr-muxabbat hissi bir oz bo’lsada kamayadi, keyinchalik bu tuyg’u uzoqlashishi «begonalashish» tomoniga o’sib o’tadi.
Oilaviy turmush munosabati ichida «liberal» (murosasozlik) toifasi ham ko’zga tashlanib turadi. Oila davrasida ota yoki ona murosasoz, ko’ngilchang bo’lishlik tash qi ko’rinishidan ili q ruhiy i qlimini o’ziga aks ettirganday bo’lib tuyulsa ham, aslida unda hamjihatlik, o’zaro tushunish yetishmaydi. Murosozlik tasirida farzandlar fe’l-atvorida munofiqlik, ikkiyuzlamachilik, kelishuvchilik kabi illatlar tarkib topishi mumkin.
Ota-ona obro’si oiladagi axlo qiy tarbiyaning garovi hisoblanadi.
Buyuk allomalarning mulohazalariga ko’ra, tarbiyada hazilga yo’l qo’yuvchi jiddiylik hukm surishi lozim, lekin hamma ish hazilga, ermakka, sertakalluflikka, adovat, tirno q orasidan Kir izlashga aylanib ketmasligi kerak.
SHu boisdan muayyan pedagogik-ruhiyat qonun- qoidalariga rioya qilingan holda ota-onalar tarbiya printsiplari, usullari, vositalari bilan qurollangandagina ha qi qiy nazokatga va odobga erishish mumkin. Bu narsa ulardan chu qur izlanishlarni talab qiladi. Oilada farzandlarga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishining iltimos, maslahat, ishontirishi, talab qilish, buyru q va tanbeh berish, jazolash, rag’batlantirish singari qator usullaridan o’z o’rnida va me’yorida foydalanilmasa, ko’zlangan ma qsadga erishib bulmaydi.
Mezon tuyg’usi va me’yor hissiga amal qilish ota-ona ruhiy dunyosiga, ma’naviyatiga singib borsa, u holda farzandlaridan uzo qlashishi, begonalashish, bordi-keldiga borish, anglashilmovchilik g’ovining vujudga kelishi, bachkanalashish, badjaxllik, asabbuzarlik hulq-atvori namoyon bo’lmaydi.
Tarbiyaning muhim roli nutq hisoblanadi, shuning uchun ota-ona o’z nut qida yo qimsiz ohang bilan, mantiqsiz va qaytariq so’zlarini ishlatish va qo’llash bilan farzandlarni ranjitmaslik, ularda ishonch hissini so’ndiradigan, hazil-mutoyiba, samimiy bo’lmagan fikr va mulohazalardan sa qlanish kerak. Hayotda muloyimlikka, shirinsuxanlikka, samimiylikka, sof vijdonligi, dilkashlik va hotamtoylikka hamdardlikka nima yetsin!
Odatda, ota-ona nazokatli bo’lgandagina ha qi qiy obro’-e’tiborga erishadi. Bundan tash qari obro’li bo’lmo q uchun ishonch har tomonlama rivojlangan bo’lishi, shuningdek aqliy, ahlo qiy estetik jihatdan muayyan cho’ q qiga erishgan bo’lishi darkor. Bularning barchasi ota-onadan a ql-zakovatli, milliy udum va urf-odatlarni mukammal egallagan shaxs bo’lishni talab qiladi.
Oilaviy turmushda farzand kamol topishini to’g’ri yulga qo’yishning asosiy vositasi bolada e’ti qodni shakllantirishdir. Buni bolani fa qat ishontirish yo’li bilan amalga oshirsa bo’ladi.
SHuning uchun ota-ona o’g’il - qizlarni voyaga etkazishda ularni ko’r qilishga yoki asosiz buyru q berishga tayanmasligi kerak. Xo’sh, ota-ona obro’si farzandlarda qachon paydo bo’ladi? Oilaviy turmush tajribalaridan shu narsa ma’lumki, ota-onaning obro’si davlat va oila a’zolari oldida javobgarlikni his qilishdan boshlanadi. Mabodo ota-ona o’z ishi, o’z burchi uchun javobgar ekanligini tasavvur qila olsa va unga amaliyotda rioya qilsa, mana shu narsa ularning obro’-e’tibor kozonishi uchun asosiy zamin hisoblanadi. Ularning ruhiy dunyosi, ma’naviyati oilaviy ili q muhit uchun yetarli va ta’mirchan bo’lsa, o’z-o’zidan obro’ qozonilaveradi, oila a’zolari o’rtasida mehr-muhabbatga erishadi.
Agarda ota-onalar o’zlarining hul q-odob hislatlari, his-tuyg’ulari, hatti-harakatlarida bularga rioya qilsalar, oila a’zolari hamda jamoatchilik o’rtasida yetarli darajada obro’ qozona oladilar. Lekin, obro’ qozonish shaxsning
tezkorlik bilan amalga oshiriladigan sifati emas. Ota-ona obro’si butun h.ayot davomida kundalik ibratli hul qi, axlo qi, intizomi, a ql-zakovati, kamtarinligi, ishbilarmonligi bilangina qo’lga kiritishadi. Ibrat, namuna, chekilgan zahmat, zakovat, chin ezgu niyat, hayrli ish, samimiylik evaziga yuzaga kelgan obro’ ha qi qiy obro’ bo’ladi.
Ota-onalar o’z farzandlari o’rtasida obro’ga ega bo’lishlari uchun qator chora tadbirlarni amalga oshirishlari zarur. Farzandlarni yoshiga mos holda qator tarbiyaviy ishlar olib borishlari darkor.

  • Ota-onalar farzandlari davrasida obro’ orttirish uchun ularning ruhiy dunyosiga kirib borishlari ayni muddaodir.CHin obro’ga ega bo’lmoqchi bo’lgan har bir ota-ona qimmatli vaqtlarini o’z norasidalaridan xech mahal ayamasliklari kerak.

  • Oila davrasida ota-onalarning kuzatuvchanligi, ziyrakligi, sezgirligi, fahmliligi, hozirjavobliligi, samimiyligi muhim ahamiyat kasb etadi.

  • Ota-onalarning o’z farzandlariga va oilaning bosh qa a’zolariga (buva, buvi, kelin va bosh qalar)ga mehribonligi obro’ orttirishning eng muhim yo’lidan biridir. Farzandlarining kuchiga, qobilyatiga, a ql-zakovatiga xotirasiga, di q qat-e’tiboriga, irodaviy hislatiga, qizi qish-lariga, ko’nikma va malakalariga qarab a qliy va jismoniy topshiri qlar berilishi va o’z va qtida, uzluksiz ravishda ularning natijasini tekshirish va o qilona baho berish, rag’batlantirish bolalarda qat’iylik va dadillik fazilatini vujudga keltiradi, musta qil intimini, tashabbus ko’rsatish sari chorlaydi, kattalarga nisbatan ixlosi ortadi.

  • Ixlos, hurmat, intilish, tirishqoqlik obro’ning uzviy zanjirlari hisoblanadi.

  • Ota-onalarning ijtimoiy muhitda, jamoatchilik urtasida va oila davrasidagi samimiyligi va g’amxo’rligi ularga katta obro’ keltirishi mumkin.

Ulardagi samimiylik, g’amxo’rlik fazilatlari farzandlar ruhiy dunyosiga katta ta’sir etadi, ruhlanish, to’l qinlanishi, shijoat, ehtirosni vujudga keltiradi. Ularning ibratli hislatlari, shaxsiy fazilatlari, irodaviy sifatlari, o’z-o’zini qo’lga olish kabi jihatlari yigit va qizlar qalbida o’chmas iz qoldiradi. Ota-onaga nisbatan ishonch, intilishi moyillik hamdardlik sifatlari shakllana boradi. Oilada ruhiy muhit, totuvlik mavjud bo’lishi uchun ota-onalarda ha qi qiy ma’nodagi nazokat hamda obro’ mustahkam shakllangan bo’lishi kerak.

Yüklə 26,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin