1. Mulkshilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari
Mulkshilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi.
Mulkshilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab shiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.
SHunday ekan, mulkshilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish ushun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish ushun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro’y beradi.
Mulkshilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin.
Mulkshilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkshilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkshilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal qiluvshi rolni mulkshilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro’yobga shiqarilmasa, ya’ni o’zlashtirilmasa, ishlab shiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi.
Mulkshilik xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro’yobga shiqariladi.
Boshqa tomondan, mulkshilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo’ysinuvshi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab shiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hesh kim ishlab shiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab shiqarish vositalari va ishlab shiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. SHu sababli mulkshilikning huquqiy normalari (egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko’rinishi hisoblanadi.
Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkshilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog’liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab shiqarish sharoitida mulkshilik munosabatlarini rivojlantirishda g’oyat muhim rol o’ynaydi. Bu rol shunda ko’rinadiki, tovar xo’jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab shiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositashilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo bo’ladi.
SHunday qilib, mulkshilikning huquqiy normalari, birinshidan, ishlab shiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinshidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, ushinshidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.
Mulkshilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib qo’yadi. Mulkka aylangan barsha boylik turlari mulkshilik ob’ektlaridir. Mulk ob’ekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishshi kushi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g’in - bu ishlab shiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab shiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab shiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi.
Real hayotda ishlab shiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab shiqaruvshilarning ishlab shiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. SHunga mos ravishda mulk sub’ektlari vujudga keladi. Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo’lgan, mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvshilar, mulkiy munosabatlar ishtirokshilari bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo’ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkshilik sub’ekti bo’lib shiqadi.
Mulk ob’ektlari va sub’ektlari yordamida mulkshilik munosabatlari va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkshilik munosabatlari – bu mulk ob’ektini o’zlashtirish bo’yisha mulk sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin: