181- guruhi talabasi



Yüklə 37,86 Kb.
səhifə3/5
tarix09.05.2023
ölçüsü37,86 Kb.
#109950
1   2   3   4   5
Axmedov Jo\'rabek

2.2. Xujumkor zarba texnikasi.


Sakrab zarba bilan to‘pni urish yoki to‘siqchalardan chalђitish niyatida bir qo‘l bilan to‘pni raqib maydonchasini bo‘sh joyiga uzatish, (o‘tkazib yuborish) o‘yin vaziyatining ochko olish bilan tugallanishiga yoki juda bulmaganda raqib jamoani qayta xujum uyushtirishiga imkon bermaslikka qaratilganligi lozim.
Zarba – qisqa oraliqda chopish (1 faza), depsinish va sakrash (2 faza), zarba berish (3 faza) va qo‘nish (4 faza ) malakalari asosida amalga oshiriladi.
Qisqa oraliqda yugurish fazasi o‘z navbatida bir - biri bilan boђliq bo‘lgan 3 qismga bo‘linadi: dastlabki (tayyorgarlik), o‘rta (yugurishning asosiy qismlari) va tovonni erga qo‘yish (depsinishgacha) jarayonlari.
YUgurishining dastlabki qismida voleybolchi hali o‘ziga uzatilgan to‘pning yo‘nalishini to‘la ilђamasdan, harakat yo‘nalishini oydinlashtirish maqsadida bir-ikkita tayyorgarlik qadamini qo‘yadi.
YUgurishining ikkinchi (o‘rta) qismida, uzatilgan to‘pni yo‘nalishi va shunga munosib bo‘lgan harakat yo‘nalishini aniqlanib, shiddat bilan yugurish qadamlari tashlanadi. Bu qismda ijro etiladigan malakalar xujumchi jismoniy, texnik va taktik imkoniyatlariga qarab u yoki bu tomonga o‘zgarishi mumkin.
YUgurishning uchinchi qismida tana oђirlik markazini pastroq tushirib, ung oyoq bilan shiddatli katta qadam qo‘yiladi, aval erga oyoqning tovon qismi qo‘yiladi, so‘ng chap oyoqning birlashtirish bilan bir qatorda ikki oyoqning tizza qismlari yanada bukiladi, ikki quloch orqadan oldinga tezlik bilan harakatlanib, inersiyadan foydalanilgan holda depsinish ijro etiladi.
Ikkinchi faza – sakrash. Vertikal ravishda, qo‘llarni oldinga yuqoriga shiddatli harakati to‘rga tegmasdan va ikki oyoq bilan depsinish evaziga amalaga oshiriladi. Sakrash fazasining so‘ngi damida gavda orqa tomonga egiladi, zarba beruvchi qo‘l, shiddat bilan yoy shaklida yuqoriga harakatlantiriladi, qo‘l tirsak qismidan past tomonga bukiladi.
Uchinchi faza – to‘pni zarba bilan urish. O‘ng qo‘lni (zarba beruvchi qo‘l) tirsak qismidan yozilishi, uni yuqoriga oldinga qarab ijro etilgan harakati bilan ifodalanib, qo‘l aynan vertikal xolatgacha yozilgan vaqtda qo‘ldan tashqari qorin-ko‘krak-bel mushaklarini baravariga keskin qisqarishi yordam berishi zarur. Zarbani taktik maqsadga qarab barcha mushaklarni qisqarish kuchi va ishtirok etish foizi turlicha bo‘lishi mumkin.
Turtinchi faza – kunish. Oyoqlarni egilgan xolida amortizatsiya qarshiligida ijro etiladi.
Zarba berish texnikasi. – to‘ђri yo‘nalishda, ya’ni chopishni yo‘nalishida gavdani burmasdan va burib va turli yo‘nalishda zarba berishni o‘z ichiga olladi. Zarbaning mazkur turlaridan tashqari sakrab yon tomon bilan zarba berish turi mavjud. Lekin zarbaning ushbu turi so‘ngi yillarda, afsuski kam ijro etilmoqda.



Yüklə 37,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin