49-rasm. Izolyasion shtanga asbobi
Impuls o‘lchov asbobining doimiy oldindan ulangan simini, elektr uzatish tarmog‘iga oldindan ulangan doimiy o‘chirish-yoqish apparati orqali ulash va o‘lchash ishlarini navbatchi xodimning bir o‘zi yoki farmoyish bilan IV guruhga ega bo‘lgan laboratoriya xodimi bajarishi mumkin.
O‘lchash ishlari tugatilganidan so‘ng, havo elektr uzatish tarmog‘i yana yerga ulanishi, faqat shundan keyingina izolyasion shtanga simi bilan avval havo elektr uzatish tarmog‘idan, keyin esa impuls o‘lchov asbobi simidan uzib olinishi zarur.
Yuqori kuchlanishli impuls generatori bo‘lmagan impuls o‘lchov asbobi bilan o‘lchov ishlari olib borilganda, ishlayotgan brigadalarni havo elektr uzatish tarmog‘i-dan chetlashtirilmasliklariga ruxsat etiladi.
4. Megaommetr va elektr o‘lchov asboblari bilan bajariladigan ishlar
Izolyasiya qarshiligini 1000, 2500 Voltli megaommetr bilan o‘lchashni, o‘chirilgan tok o‘tkazuvchi qismlardagi elektr zaryadi oldin yerga ulash orqali olinganidan so‘ng, bajarilishi kerak. Tok o‘tkazuvchi qismdagi yerga ulagich faqat megaommetr ulanganidan keyin olinishi zarur.
Megaommetr bilan izolyasiya qarshiligini o‘lchashda, megaommetrdan chiq-qan simni tok o‘tkazuvchi qismga izolyasiyalangan qisqich (shtanga) yordamida ulash kerak.
Bundan tashqari, kuchlanishi 1000 Voltdan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida, dielektrik qo‘lqopdan foydalanish zarur.
Megaommetr bilan ish bajarish jarayonida, unga ulangan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegish man etiladi. Tok o‘tkazuvchi qismlardagi qoldiq zaryad, ish tugatilganidan so‘ng, tok o‘tkazuvchi qismlarni qisqa vaqt yerga ulash bilan olinishi zarur.
Megaommetr bilan izolyasiya qarshiligini o‘lchashni, III guruhga ega bo‘lgan xodim bajarishi mumkin.
Agar izolyasiya qarshiligini o‘lchash, ushbu elektr uskunasida bajarilayotgan ish hajmiga kirsa, naryad yoki farmoyishda, bu ish to‘g‘risida eslatma talab qilin-maydi.
Asbobni ulash va ajratish, 1000 Voltgacha kuchlanish ostida bo‘lgan elektr zanjirini uzishni talab qilsa, bu ishlarni ushbu tarmoqdan kuchlanish olinganidan so‘ng, bajarish kerak.
Asbobni ulash va ajratish, elektr zanjirini uzishni talab qilmasa, bu ishlarni elektr himoya vositalarini qo‘llagan holda, kuchlanish ostida bajarish mumkin.
Mabodo, 1000 Voltgacha kuchlanish ostida bo‘lgan elektr uskunalarining elektr parametrlarini o‘lchash talab qilinsa, u holda ko‘chma o‘lchov asbobini metall g‘ilofi yerga ulanishi va izolyasion tutqichli ulovchi simdan foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: |