18–MA‘ruza. Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash, sinash va o‘lchash hamda begona tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash reja: 1


-rasm. Dielektrik qo‘lqoplar, etiklar va kalishlarni sinashning almashtirish sxemasi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə7/8
tarix25.07.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#62889
1   2   3   4   5   6   7   8
18–MA‘ruza. Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositala

56-rasm. Dielektrik qo‘lqoplar, etiklar va kalishlarni sinashning almashtirish sxemasi:
1-sinov transformatori; 2-almashlab ulovchi kontaktlar; 3-shuntli qarshilik (15-20 kOm);
4-gazorazryadli lampa; 5-drossel; 6-milliampermetr; 7-razryadlovchi qurilma; 8-suvli vanna


1000 Voltdan yuqori bo‘lgan kuchlanish ko‘rsatgichlari.
1000 Voltdan yuqori kuchlanish ko‘rsatkichlarini sinash, uning izolyasion qismini sinash bilan bajarilib, shtanga singari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, uning ishchi qismi 1 daqiqa davomida yuqori kuchlanishda sinaladi. Unda neonli lampaning sozligi va yonish boshlanishi aniqlanadi.


7. Izolyasiyalovchi shtangalarni sinash
Izolyasiyalovchi shtangalar faqat yopiq taqsimlash qurilmalarida qo‘llanilishi shart. Ochiq taqsimlash qurilmalarida esa, faqat quruq havoda qo‘llash, tuman, qor va yomg‘irda ishlatish mumkin emas. Shuningdek, shtanga faqat malakali kuzatuvchi xodim bilan birgalikda ishlatishi kerak. Tutqichli himoya to‘sig‘ini yuqoridagi qismi-dan ushlamaslik kerak.
Operativ shtangalar, o‘lchov, yerga ulagich shtangalarni mexanik sinovdan o‘tkaziladi. Izolyasiyalovchi himoya vositalarining mexanik sinovlari, elektr sinov-laridan oldin o‘tkaziladi. Shtangalar, namunaviy mexanik sinovlardan o‘tkaziladi. Ishlatish jarayonida, shtangalar mexanik sinovlardan o‘tkazilmaydi. Tajriba va sinov uskunalarida yerga ulash uchun mo‘ljallangan yerga ulagich shtangalardan tashqari (taqsimlash qurilmalari va havo elektr uzatish tarmoqlari uchun), operativ shtangalar va boshqa barcha turdagi yerga ulagichlar shtangalari uzilish sinovidan o‘tkaziladi. 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari simlarida yerga ulagich, operativ va o‘lchov shtangalari (chinni izolyatorli operativ shtangalardan tashqari), egilish sinovidan o‘tkaziladi.
Uzilish darajasini aniqlash sinovida, shtanganing ishchi qismi mahkamlanadi, dastakka esa, talab qilingan kuch qo‘yiladi (osilgan yuk, dinamometr orqali lebedka trossi). Operativ va erga ulagich shtangalari 1500 N (150 kgs) bo‘lgan kuch bilan, 1 daqiqa mobaynida uzilishda sinaladi. Chinni izolyatorli operativ shtangalar uchun sinash kuchi, 800 N (80 kgs)ni tashkil qiladi. 10 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarida ishlatiladigan erga ulagich shtangalari esa, 1 daqiqa mobaynida 1000 N (100 kgs) uzilish kuchiga bardosh berishi zarur.
Shtangalarning egiluvchanligini aniqlash sinovida, shtangalar gorizontal o‘rnatilib, ikki joyidan, ya‘ni dastak uchidan va ajratgich halqa o‘rnatilgan joydan mahkamlanadi (57-rasm).


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin