Servis va joriy ta’mir ishlarining turlari va bajarilayotgan joyiga qarab taqsimlanishi.
KXK ishlari mintaqalaridagi postlarda, SX ishlari, asosan, mintaqalardagi postlarda va JT ishlari joriy ta’mirlash mintaqasida hamda ustaxonalarda bajariladi.
TXK va JT ish hajmining turlari bo‘yicha taqsimoti Nizom (1986 ning II qismi)da har qaysi avtomobil rusumi bo‘yicha keltirilgan. Biror avtomobil uchun bunday ma’lumotlar bo‘lmasa yoki N izom 1986 ning I qismidagi amallar ro‘yxatidan kelib chiqqan holda hisoblash yoki o ‘xshash avtom obil turkumi uchun TXK va JT ish hajmining turlari bo‘yicha taqsimotidan, TLUM — 01-91 taqsimotidan yoki muayyan ATK ma’lumotlari asosidagi ish hajmining turlari bo‘yicha taqsimotidan foydalanish mumkin.
Bu taqsimotlar taxminiy bo‘lib, tajribaning statistik ma’lumotlari asosida aniqlangan.
7.11-jadvalda KXK ish hajmlarining ish turlariga qarab taxminiy taqsimlanishi keltirilgan.
Izoh: KXK ishlarining ma’lum turlari mexanizatsiyalashgan usulda olib borilganda, ish hajmi, ish turlari bo‘yicha jadval asosida qisqaradi.
SX ishlari asosan mintaqada bajarilishini hisobga olsak, uni taqsimlash zarur emas. Chunki avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlar o‘zlarining yo‘riqnomalarida avtomobillar servisida belgilangan davrdan so‘ng bajariladigan ishlarning turlarini belgilab berganlar. JT ishlarining taqsimoti bo‘yicha Nizom 1986 II me’yoriy qismidagi ma’lumotlar, TLUM-ATK-TXKS-80 ma’lumotlar tahlili natijasida bu ishlarning taqsimoti 7.12-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |