19-mavzu: Avtotransport korxonasida harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko'rsatishni va joriy ta'mirlashni tashkil etish, ehtiyot qismlariga bo‘ladigan talabni xarajatlarni xisoblash. Reja



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə1/4
tarix18.08.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#63177
  1   2   3   4
19-mavzu Avtotransport korxonasida harakatlanuvchi tarkibga tex


19-mavzu: Avtotransport korxonasida harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko'rsatishni va joriy ta'mirlashni tashkil etish, ehtiyot qismlariga bo‘ladigan talabni xarajatlarni xisoblash.


Reja:

  1. Ta’mirlash ishlari o‘zining xarakteri va yo‘nalishi bo‘yicha turlari.

  2. Avtomobillarga TXK va JTdagi bajariladigan ishlarning tasnifi.

  3. Avtomobillar servisi va joriy ta’mir ishlarining me’yoriy hajmini tanlash.

Ta’mirlash ishlari o‘zining xarakteri va yo‘nalishi bo‘yicha qayta tiklash (QT) va joriy ta’mirlash (JT) kabi turlarga bo‘linadi.


QT ishlash qobiliyatini yo‘qotgan avtomobil va uning agregatlarini keyingi qayta tiklash yoki safdan chiqqunga qadar buzilmasdan ishlashini ta ’minlash uchun xizmat qiladi. Avto-birga, avtomobil kuzovi, transmissiya agregatlariga hamda yurish qismiga yopishgan iflosliklar TXK va Tni sifatli o‘tkazish imkoniyatini pasaytiradi. Bularning oldini olish va TXK ishlarini sifatli bajarish maqsadida tozalash, yuvish va quritish ishlari olib boriladi.
Avtomobil kuzovini tozalash. Tozalash ishlaridan maqsad: kuzovda qolgan yuk qoldiqlarini yig‘ishtirish, yuk avtomobillarining kabinalari, avtobus va yengil avtomobil salonlarini changdan tozalash.
Avtomobillarni yuvish. Avtomobil tashqi qismlarini va shassisini yuvish uchun iliq suvdan (25-30°C) foydalaniladi va uning harorati farqi yuviladigan sirtning haroratidan 18—20°C dan oshmasligi kerak, aks holda, bo‘yalgan yuzalarga salbiy ta’sir etishi mumkin. Yuvish ishlari qo‘lda yoki jihozlar yordamida bajariladi.
Kuzovni quritish. Kuzov toza suv bilan chayilgandan so‘ng, quritish ishlari bajariladi. Bunda kuzov sirtidagi namlik bartaraf etiladi. Suv qoldiqlarini qo‘lda quritishda g‘ovak materiallar: zamsh, doka va boshqalardan foydalaniladi. Yuk avtomobillarida kabina, yon va oldingi oynaklari, kapot, qanot va yoritkichlari artiladi. Avtomobillar mexanizatsiya yordamida sovuq yoki issiq havoni tashqi yuzasiga purkash yo‘li bilan quritiladi.
Kuzovni yaltiratishdan maqsad: sirtda chidamli himoya qatlamini hosil qilish va bu bilan kuzovning metall asoslarini tashqi muhitning salbiy ta’siridan himoyalash va uning estetik ko‘rinishini ta’minlash. Shuning uchun yangi yoki eski kuzov sirtlariga vaqt-vaqti bilan emulsiyalar, erituvchilar va suv asosida tayyorlangan yaltiratish pastalari yordamida ishlov berib turiladi. Yangi kuzovni bir oyda 1,5—2 marta yaltiratiladi. Yaltiratish xususiyatini yo‘qotgan eski kuzovlarga asosi abraziv materiallardan iborat bo‘lgan avtoyaltiratgichlar yordamida ta’sir ko‘rsatiladi.
Quyida avtomobillarga TXK va JTdagi bajariladigan ishlarning tasnifi bilan tanishib chiqamiz.
Tekshiruv-nazorat va sozlash ishlari
Tekshiruv-nazorat ishlari avtomobilning harakat xavfsizligini ta’minlash, atrof-muhitga zararli ta’siri talablarga javob berishini aniqlash, avtomobilning va uning agregat, birikmalarini bo‘laklarga ajratmasdan turib, texnik holatini hamda ularda yuzaga kelgan nosozliklarni aniqlashdan iborat. Bu ishlar texnologik jarayonning o‘zagi hisoblanadi (1.1-jadval).
1.1-jadval

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin