19-mavzu: Moliyaviy hisobotlar tuzish Moliyaviy hisobot to’g’risida tushuncha, uning mohiyati va ahamiyati


Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularni qiziqtiruvchi



Yüklə 20,55 Kb.
səhifə2/3
tarix18.04.2023
ölçüsü20,55 Kb.
#99892
1   2   3
19-mavzu

2. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar va ularni qiziqtiruvchi
ma’lumotlar

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar ikki asosiy guruhga ajratiladi: ichki foydalanuvchilar va tashqi fodalanuvchilar.


Ichki foydalanuvchilarga, ma’muriyat, ya’ni boshqaruv xodimlari, menedjerlar, rahbarlar va bo’linmalar mutaxassislari, hamda ta’sischilar va mulkdorlar kiradi. Boshqaruv pparati xodimlari va mutaxassislari buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan keng foydalanuvchilar qatoriga kiradi. Ularga beriladigan ma’lumotlar tarkibi, egallab turgan lavozimi va bajaradigan
ishiga bevosita bog’liqdir. Boshqaruv xodimlari va mutaxassislari bu asosida turli ishlab
chiqarish va moliyaiy xarakterdagi qarorlarni qabul qildi. Shuning uchun ham bunday qarorlarni qabul qilishda to’liq, aniq va o’z vaqtidagi a’lumotlar alohida ahamiyatga ega, aks holda korxona katta zararlar ko’rishi va tanazzulga uchrashgacha yetib borishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy hisobot bilan qiziquvchi tashqi foydalanuvchilar o’z navbatida ik-ki guruhga bo’linadi:
Korxona faoliyati bilan bevosita manfaatdor bo’lganlar va bilvosita manfaatdor bo’lgan-lar.
Buxgalteriya ma’lumotlaridan bevosita manfaatdor bo’lgan tashqi foydalanuvchilarga mavjud yoki kelajakdagi investorlar, banklar, mol yetkazib beruvchilar va boshqa kreditor-lar kiradi.
Ular asosanbuxgalteriya hisobotlarida mavjud ma’lumotlardan foydalanadilar. Shuma’lumotlar asosida ular korxonaning istiqboldagi moliyaviy imkoniyatlari va barqaror rivojlanishi haqida xulosalar chiqaradilar. Buxgalteriya ma’lumotlaridan bilvosita manfaatdor bo’lgan tashqi foydalanuvchilarga, davlat va mahalliy hokimiyat organlari; soliq va moliya organlari, davlat statistika organlari, auditorlik firmalari va boshqa foydalanuvchilar (fond birjalari, ilmiy maslahatchilar, xaridorlar va shunga o’xshash foydalanuvchilar) kiradi.
Soliq va moliya organlari, boshqa tashqi foydalanuvchilardan farqli o’laroq faqat hisobot ma’lumotlarinigina olishdan tashqari, respublika va mahalliy soliqlar, foydadan olinadigan soliqlarni, qo’shilgan qiymatdan to’lanadigan soliq, jismoniy shaxslardan ushlanadigan daromad solig’i, aksiz va shunga o’xshash boshqa soliqlarni to’g’ri to’lanishini nazorat qilish maqsadida korxonaning boshqa hisob ma’lumotlarini ham talab qilish huquqiga egadirlar. Hisob ma’lumotlari, nazorat qiluvchi tashkilotlar va yuqori turuvchi boshqaruv organlariga, ularning talabiga asosan, hamda shartnoma asosida tekshiruvni amalga oshirayotgan auditorlarga taqdim etiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, korxona ma’lumotlaridan foydalanuvchilar orasida, tashqi foydalanuvchilarning, investor, kreditor hamda mol yetkazib beruchilar, kelajakdagi aksioner va xaridorlarning ahamiyati katta. Chunki, ularning korxona faoliyati haqida noto’g’ri ma’lumotga ega bo’lishi, ular orasidagi hamkorlikka putur yetishi va qiyin iqtisodiy sharoitning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin. Investor va kreditorlar korxonaga sarmoyalarning oqib kelishiga sabab bo’lsalar, mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar, korxonani xom-ashyo bilan ta’minlashda va tayyor mahsulotlarni sotib olishda muhim o’rinni egallaydilar. Demak, tashqi muhit bilan korxonani bog’lab turuvchi bo’g’im bo’lib, moliyaviy hisobot hisoblanadi. Shu bilan birga, moliyaviy hisobotda taqdim etilgan ma’lumotlar, tashqi foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qoniqtirgan holda, korxonaning tijorat siriga va raqobatbardoshliligiga zarar yetkazmasligi zarur. Тashqi foydalanuvchilarni asosan quyidagi ko’rsatkichlar qiziqtiradi:
-korxona aktiv va passivlarining tarkibi;
-aktiv va passivlarning likvidliligi;
-xususiy va qarzga olingan kapitalning ulushi;
-aktivlarning aylanish tezligi;
-barcha aktivlar va sotilgan mahsulotlarning rentabelliligi;
-mulkdorlar ixtiyorida qoladigan sof foyda;
-hissadorlik jamiyatlarida to’langan dividentlar ulushi va hokazo.


Yüklə 20,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin