1917 – 1920-yillar siyosiy-tarixiy geografiyasiga tavsif


G’ozovot tumanida jiddiy zarba berib, poytaxtga yaqinlashib keldilar va 1-fevralda shaharga jangsiz kirdilar. Shu tariqa Xiva xonligi ag’darib tashlandi



Yüklə 76,55 Kb.
səhifə6/15
tarix02.06.2023
ölçüsü76,55 Kb.
#123723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1917 – 1920-yillar siyosiy-tarixiy geografiyasiga tavsif

G’ozovot tumanida jiddiy zarba berib, poytaxtga yaqinlashib keldilar va 1-fevralda shaharga jangsiz kirdilar. Shu tariqa Xiva xonligi ag’darib tashlandi.

G’ozovot tumanida jiddiy zarba berib, poytaxtga yaqinlashib keldilar va 1-fevralda shaharga jangsiz kirdilar. Shu tariqa Xiva xonligi ag’darib tashlandi.

1920-yil 27-30-aprelda Xivada bo’lib o’tgan xalq vakillarinig I Butunxorazın qurultoyi Xiva xonligini bekor etilgan deb e’lon qildi va mamlakatni Xorazm Xalq Respublikasi deb e’lon qildi. Qurultoy Xora- zm Xalq Respublikasining Muvaqqat Konstitutsiyasini qabul etdi. Qu- rultoy ro’y bergan to’ntarilishni va uning natijasida o’rnatilgan tuzumni antimonarkistik, antifeodal, xalq-demokratik xususiyatiga ega bo’lgan tuzum sifatida aks ettirdi. Ayni vaqtda Konstitutsiyada RSFSRning hokimiyat shakli bo’lgan sovet andozasi qabul qilindi, lekin Xorazmdagi sovetlar o’z mazmuniga ko’ra proletar diktaturasini ifoda etmasdi, u demokratik xususiyatga ega edi. Qurultoy sobiq yosh xivaliklar a’zosi bo’lgan Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligidagi Xalq Nozirlar Kengashini sayladi. Hukumat sobiq yosh xivaliklar, turkman urug’lari rahbarlari va kommunistlardan tashkil topdi.

1920-yil 13-sentabrda RSFSR bilan XXSR o’rtasida Ittifoq shar- tnomasi, shuningdek, harbiy-siyosiy va iqtisodiy bitimlar tuzildi. Bu hujjatlar, bir tomondan mamlakatdagi to’ntarilish natijasida o’rnatil- gan tuzumni mustahkamlashga yordam bergan bo’lsa, ikkinchi to- mondan, uning RSFSRga to’liq qaramligini qonunlashtirdi.

Buxoro amirligidagi voqealar ham aynan shunga o’xshash asosda xotima topdi. Moskva va Toshkentda ishlab chiqilgan rejaga asosan 1920-yil 23-avgustda kommunist Beshim Sardor qo’mon- donligidagi turkmanlar polki Sakamni egalladi, keyin qizil armiya qismlarining qo’llab-quvvatlashi bilan 29-avgust erta tongda Eski Chorjo’yni bosib oldi. Shundan so’ng Beshim Sardor boshchiligida inqilobiy qo’mita tashkil qilindi. Chorjo’y inqilobiy qo’mitasi oldindan kelishilgandek, o’sha kuniyoq sovet hukumatiga yordam so’rab murojaat qildi. O’sha kuniyoq ilgaridan tayyorlab qo’yilgan sovet qo’shinlariga tegishli ko’rsatmalar yuborildi. «qo’zg’olon ko’targan Buxoro xalqiga yordam ko’rsatishga kirishish to’g’risida Turkfront bo’yicha buyruq berildi.


Yüklə 76,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin