2 ). O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralaiiishning O‘tkazilishi. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi 1924-yil 15-sentabrda Turkiston Markaziy Ijroiya qo'mitasi- ning navbatdan tashqari sessiyasi ish boshladi. Uning kun tartibida bitta masala: milliy-hududiy chegaralanish masalasi turardi. Mazkur masala yuzasidan Islomov ma'ruza qildi. Umuman bu ma'ruzada av- valgi bosqichlarda ilgari surilgan barcha g'oyalar va qoidalarni yaq- qol takrorlashdan iborat bo'ldi. Ma'ruzada milliy-hududiy chegara- lanishni «millatlarni o'z taqdirini o'zi belgilash prinsipi'ni to'liq amalga oshirish, yangi «milliy davlat tuzilmalari»ni tashkil etish kerakligiga urg'u berildi. Shu bilan birga Islomov ma'ruzasida, milliy-hududiy chegaralanish «xalqning xohish-irodasini bildirish akti», degan tezis birinchi bor ochiq aytildi: «Turkiston xalqlari bilan birgalikda Buxoro va Xorazm xalqlari ham milliy chegaralanish to'g'risida o'z xohish-irodasini bildirdilar. Ular ham barchi qirg'iz- lar, o'zbeklar va turkmanlarni yagona davlatga birlashtirish yo'li bilan qilingan tarixiy adolatsizlik oqibatlarini tuzatishga intilmoq- dalar». Bu 1924-yil 16-sentabrda Turkiston Markaziy Ijroiya qoʻmi- tasi sessiyasida chegaralanish to'g'risida qabul qilingan qarorda o'z ifodasini topdi. Birmuncha keyinroq tojiklarning milliy o'z taqdirini o'zi belgi- lash shakli biroz o'zgardi. 1924-yil 4-oktabrdagi majlisda milliy-hu- dudiy chegaralanish bo'yicha O'zbekiston byurosi Tojikiston komis. Siyasining Tojikiston Avtonom Respublikasi va uning O'zbekiston ittifoqdosh respublikasiga kirishi to'g'risidagi qarorga rozilik berdi. Mana shu majlisning o'zida uzoq tortishuvdan keyin Panjikent va O'ratepa tumanlarining Tojikiston tarkibiga kirishiga qaror qilindi. 1924-yil 14-oktabrda RSFSR Bolsheviklar Markaziy Ijroiya qo'mitasi II sessiyasi Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya qo' mitasining milliy-hududiy chegaralanish to'g'risidagi qarorini tojik xalqiga nisbatan ayrim o'zgarishlar bilan tasdiqladi. Tojik xalqiga Turkiston Markaziy Ijroiya qo'mitasi sessiyasi va Umumbuxoro qurultoy qarorida ko'rsatilgandek, O'zbekiston Respublikasi tarkibi-da muxtor viloyat emas, balki Tojikiston Avtonom Respublikasi tashkil etish huquqi berilishi maqsadga muvofiq ekanligini e'tirof qildi. Shu tariqa Bolsheviklar Markaziy Ijroiya qo'mitasi sessiyasi qaroriga muvofiq O'rta Osiyoda O'zbekiston va Turkmaniston republikalari, Tojikiston Avtonom Respublikasi, Qoraqalpog'iston va Qirg'iziston Avtonom viloyatlari tashkil topdi. 1924-yil 27-oktabrda SSSR Bolsheviklar Markaziy Ijroiya qo'- mitasi II sessiyasi Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya qo'mitasi, So- vetlarning Umumbuxoro V qurultoyi va Sovetlarning Umumxorazm V qurultoyi favqulodda sessiyasining milliy-hududiy chegaralanish va yangi respublikalar hamda viloyatlar tashkil etish to'g'risidagi il- timosini qondirish va «mehnatkash xalqning erkin xohish bildirilishi eng yuqori qonundir», degan ifoda bilan tasdiqladi.
SSSR Markaziy ijroiya qo'mitasining qarorida «SSSR Marka- ziy Ijroiya qo'mitasi Rayosatiga O'rta Osiyoda yangi tashkil etila- yotgan respublikalarni ana shu respublikalar Sovetlar qurultoylari qaroriga muvofiq rasmiylashtirishni amalga oshirish» vazifasi topshirildi. Shunday qilib, 1924-yil sentabr-oktabrda milliy-hududiy che- garalanish O'rta Osiyo republikalari, Rossiya Federatsiyasi va SSSR davlat hokimiyati yuqori organlari qarorlarida qonun yo'li bilan ras- miylashtirildi. SSSR Bolsheviklar Markaziy Ijroiya qo'mitasi Il sessiyasi qa-Roridan keyin qisqa muddat ichida yangi tashkil topgan milliy tuzil- malarning haqiqatda rasmiylashtirilishi amalga oshirildi. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarining 1924-yil noyabrda bo'lib o'tgan maxsus sessiyalari o'z-o'zini tarqatib yuborish to'g'risida qaror qa- bul qildilar. Yangi tashkil etilgan respublikalarda inqilobiy qo'mita- lar tuzilib, ular yangi respublikalar va viloyatlar ta'sis s'ezdlarini chaqirish yuzasidan tayyorgarlik ishlariga boshchilik qildilar. Milliy chegaralanish natijasida O'zbekiston SSR tarkibiga qu-Yidagi hududlar kiritildi: - Turkiston ASSR dan 9 ta uezd, 133 tuman va 7 qishloq okrugu: -Buxoro respublikasining 9 ta viloyati; - Xorazm respublikasining 23 ta tumani. O'zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi 312394 kv. Km. Ni, aholisi 4 million 447 ming 55 kishini tashkil etar edi. 1926-yil ma'lumotlari bo'yicha, milliy tarkibiga ko'ra aholining 74,2 foizini o'zbeklar, qolganlarini esa boshqa millatlar tashkil etgan. Oʻzbekiston SSR ning dastlabki poytaxti Buxoro boʻlgan. Biroq ko'p o'tmay 1925-yil aprelda poytaxt Samarqand qilib belgilandi. 1930-yil oxirida poytaxt Toshkentga ko'chirildi. O'zbekiston SSRda butun hokimiyat O'zbekiston SSR sovetlarining ta'sis qurultoyiga qadar Muvaqqat Inqilobiy qo'mita ixtiyoriga berildi. Buxoro respublikasi hokimiyati raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo'jaev O'zbekiston SSR Inqilobiy qo'mitasi raisi qilib tasdiqlandi. 1924-yil 5-dekabrda Inqilobiy qo'mita butun O'zbekiston xal- qiga murojaat qilib, O'zbekiston SSR tuzilgani, uning tarkibiga Toji- kiston ASSR kirganligi ma'lum qilindi. 1925-yil 13-fevralda Buxoroda O'zbekiston SSR Sovetlarining I s'ezdi ochildi. U 17-fevralda «O'zbekiston Sovet Sotsialistik Res- publikasining tashkil topishi to'g'risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi. Deklaratsiya O'zbekiston SSR tashkil topganligini qonunan rasmiy- lashtirdi va O'zbekiston SSRning ixtiyoriy ravishda SSSR tarkibiga kirganligini e'lon qildi. Deklaratsiyada qayd qilib o'tilganidek, «shu kundan e'tiboran o'zbek xalqi hududida Toshkent, Samarqand, Far- g'ona, Qashqadaryo, Zarafshon, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari- ni o'ziga olgan bu xalq tarixida birinchi marta ishchi va dehqonlar- ning ittifoqdosh O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi ta'sis Etildi, unga Tojikiston ASSR kirdi». 1925-yil 13-mayda SSSR Sovetlarining III s'ezdi Turkmaniston va O'zbekiston respublikasining SSSR tarkibiga kirishi to'g'risida shu respublikalar «xalqlarining erkin xohishi»ni inobatga olib tasdiqladi. Shu tariqa, O'zbekiston ittifoqdosh respublikasining qqonuna Rasmiylashtirish jarayoni tugallandi va jahon xaritasida SSSR ttarki Bidagi ittifoqdosh respublika bo'lgan O'zbekiston milliy sovet res-Publikasi paydo bo'ldi.