Ojarbayjon Respublikasi Ozarbayjon 66 ta tuman, 11 ta shaxar va 1 ta Avtonom respublika (Naxichevan Avtonom Respublikasi)dan iborat mustaqil respublikadir.
Ozarbayjon Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng o’zining mustaqil soliq siyosatini amalga oshirishni boshladi. Respublika soliq tizimining rivojlanishi 3 bosqichga bo’linadi.
Ozarbayjon Respublikasi soliq tizimi quyidagicha:
Umumdavlat soliqlari va Naxichevan Avtonom Respublikasi soliqlariga quyidagilar kiradi:
1. Jismoniy shaxslar daromad solig’i
2. Yuridik shaxslar foyda solig’i 3. Qo’shilgan qiymat solig’i
4. Aksizlar
5. Yuridik shaxslar mol mulk solig’i
6. Yuridik shaxslar yer solig’i
7. Yo’l solig’i
8. Sanoat solig’i
9. Soddalashtirilgan tizim soliqlari
Mahalliy soliqlarga quyidagilar kiradi:
1. Jismoniy shaxslar yer solig’i
2. Jismoniy shaxslar mol mulk solig’i
3. Mahalliy ahamiyatga ega qurilish materiallarini qazib olganlik uchun sanoat solig’i
4. Mahalliy hududda joylashgan yuridik shaxslarning foydasiga soliq.
Ushbu soliqlarning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz:
Yuridik shaxslar foyda solig’i – barcha yuridik shaxslar tomonidan 20%li stavkada undiriladi.
Jismoniy shaxslar daromad solig’i – barcha jismoniy shaxslardan undiriladi. Soliq stavkasi oylik daromadga va yillik daromadga nisbatan qo’llaniladi.
Aksiz solig’i- spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlari, yengil avtomobillar va suv transportlariga nisbatan qo’llaniladi.
Soliq stavkasi foizda va pul birligida ifodalanadi:
etil spirti – 1 litr uchun 0,8 manat
aroq, liker - 1 l uchun 0,5 manat
konyak, shampan vinosi – 1 l uchun 0,2 manat
vino – 1 l uchun 0,1 manat
pivo – 1 l uchun 0,08 manat
tamaki mahsulotlari – 12,5%
transport vositalari uchun soliq stavkasi transport turidan va dvigatel quvvatidan kelib chiqib belgilanadi.
Yuridik shaxslar mol-mulk solig’i – ob’ekti asosiy vositalar hisoblanadi. Soliq stavkasini belgilashda asosiy vositalarning turlari va eskirish qiymatlari hisobga olinadi.
Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i – stavkasi mol-mulkning joylashgan hududidan kelib chiqib, har bir kvadrat metr uchun manatda hisoblanadi:
Sanoat solig’i – foydali qazilmalar, yer osti boyliklaridan olinadigan soliq bo’lib, soliq stavkasi foydali qazilma turidan kelib chiqib, foizda belgilanadi:
neft - 26%
tabiiy gaz – 20%
foydali qazilmalar, metallar – 3%
Yer solig’i - yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladi. Soliq stavkasi hududdan, yerning unumdorligi va sifatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.