Yaponiya birinchi jahon urushida Antanta tarafida qatnashdi. Binobarin, u g'oliblar safida bo'ldi. Antanta Yaponiyani quruq qo'ymadi. Unga Shandun yarim oroli, Tinch okeandagi Germaniyaga qarashli Marian, Karolina, Marshall orollari mandati taqdim etildi. Ular Yaponiyaga Tinch okean akvatoriyasi markaziga chiqish va AQSH ning asosiy harbiy-dengiz bazasi bo'lmish Gavay orolla-riga yaqinlashish imkonini berdi. Uzoq Sharq va Tinch okean havzasi davlatlari bozorini shitob bilan egallay boshladi. Bu esa, o'z navbatida, yapon monopoliyalari (Mitsui, Mitsubisi, Yasuda, Sumitomo)ning daromadlarini yanada ko'pay-tirdi. mamlakatda mehnatkashlaming turmush darajasi pasaydi. Bu hodisa 1918-yil-ning 3-avgustida Toyama prefekturasida yuz bergan «sholi isyoni» da o'z ifodasini topdi.
Bu isyon chayqovchilar tomonidan sholining nar-xini oshirib yuborish natijasida kelib chiqdi.
Yaponiya mustamlakachi imperiyasi asoslarini larzaga keltirgan bu isyon mustamlakalarda milliy-ozodlik kurashining yangi to'lqini ko'tarilishiga katta ta'sir ko'rsatdi.
1923-yilning oxiriga kelib Yaponiya iqtisodiyotida jonlanish bo'ldi. Bunga shu yilning 1-sentabrida yuz bergan yer qimirlashidan so'ng boshlangan tiklash ishlari qulay sharoit yaratdi. Yapon monopoliyalari katta foyda miqdorini saqlab qolish uchun eksport tovarlari narxini pasaytirdi. Mamlakatda cho'yan ishlab chiqarish 2 baravar o'sdi va 1 mln. 100 ming tonnaga, po'lat ishlab chiqarish 842 ming tonnadan 1 mln. 720 ming tonnaga o'sdi. Umumiy saylov huquqi haqida qaror qabul qilindi. Saylovchilar 3 mln. dan 4,3 mln. ga ko'paydi.
Yaponiya iqtisodiyoti boshqa buyuk davlatlar iqtisodiyotiga nisbatan zaifligining, 1923-yilda yuz bergan yer qimirlashi oqibatlari chuqurligining natijasi edi. 1931-yilga kelib sanoat mahsulotlari 31, eksport 65, import 72 foizga qisqardi. Inqiroz yillarida ishsizlar soni 3 mln. kishini tashkil etdi. Yosh zobitlar imperatorga sodiq edilar. Ular imperator-dan eski konsernlar hukmronligini cheklashni talab eta boshladilar. Parlamentga qarshi chiqdilar. Shu tariqa Yaponiya fashistlashib bordi. Ular «panosiyo» va dunyoga hukmronlik g'oyalarini zo'r berib targ'ib eta boshladilar. Yosh zobitlar yangi konsernlar egalarining hokimiyatga intilishini qo'llab-quwatlay boshladilar.
1932-yilning 15-mayida yosh zobitlarning fashistik isyoni ko'tarildi. Bu'ning natijasida, hatto, mamlakat bosh vaziri Inukai o'ldirildi. Isyon bostirilgan bo'lsa-da, mamlakatda harbiylar mavqei har qachondagidan oshib ketdi. 1936-yilning 26-fevralida 1500 harbiy qatnashgan ikkinchi fashistik isyon uyushtirildi. Isyon 29-fevral kuni bostirilgan bo'lsada, u Yaponiya hukmron doiralarini qattiq tashvishga solib qo'ydi.
Urushdan so'ng Tinch okean havzalarida Yaponiyaning AQSH bilan munosabatlari keskinlasha bordi 1925-yilning 20-yanvarida Sovet davlati bilan Yaponiya o'rtasida «O'zaro munosabatlarining asosiy tamoyillari to'g'risida» shartnoma imzolandi. Unga ko'ra, Yaponiya Sovet Rossiyasi hududidagi so'nggi harbiy qismlarini olib chiqib ketdi. Biroq bu Yaponiya hukmron doiralarining sovet Uzoq Sharqi hududlariga da'volaridan voz kechdi, degani emas edi.
1931-yilning sentabrida Yaponiya armiyasi Xitoyning shimoli-sharqiga — Manjuriyaga hujum qildi va 1932-yilning boshlarida bosib oldi. Yaponiya 1933-yilning mart oyida Millatlar Ligasidan chiqdi.
l938-yil 29-iyul — 11-avgustda Sovet davlati hududiga hujum uyushtirdi. Bu voqea Hasan ko'li hududida (Primoreda) yuz berdi. Biroq Sovet armiyasi o'z hududini yapon qo'shinlaridan tozalashga muvaffaq bo'ldi.
1939-yilning 11-may kuni Yaponiya armiyasi Mo'g'uliston Xalq Respub-likasiga (MXR) hujum qildi (Xalxin-Gol daryosi bo'yida). O'zaro shartnomaga ko'ra, sovet armiyasi MXR ga yordam ko'rsatdi. To'rt oy davom etgan urushda Yaponiya armiyasi tor-mor etildi. Xalxin-Goldagi magiubiyat, Sovet-Germaniya shartnomasi (1939-yil 23-avgustdagi) Yaponiyaning Sovet davlati bilan rau-nosabatini o'zgartirishga majbur etdi.
Nazorat savollari.
1. Panosiyo g’oyasining mohiyati nima?
Tanaka memorandumi nima?
3. 1941 – 1942 yilda Yaponiya qaerlarni bosib oldi.
4. Yaponiya nima uchun fashistik Germaniyaga bilan yaqinlashdi.
Tayanchi so’zlar.
Pan … Yaponcha so’z barcha, hamma.
Tanaka memorandumi 1976 yil faol agressiv siyosat yuritish haqidagi hujjat.
Konsern – inglizcha, aralash, tirmoq, monopoliya bo’lib birlashmoq.