1."Hisob siyosati" nima?



Yüklə 20,98 Kb.
səhifə1/2
tarix12.01.2023
ölçüsü20,98 Kb.
#79015
  1   2

1.“Hisob siyosati” nima?
Korxonaning o’z xususiyatlari va hukumat tomonidan qabul qilingan qonun – qoida va tartib asosida buxgalteriya hisobini tashkil etilishi
2.Audit fani predmetini o‘rganish obektlari
mablag‘, manba, jarayon va moliyaviy natijalar
3.Auditor yordamchisi kim?
Auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan bo‘lsada auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan auditor hujjatlarida imzo chekish huquqiga ega bo‘lmagan tarzda auditorning topshirig‘iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxs.
4.Auditor kim?
Malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxs
5.Auditor tashkiloti....?
...auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan mustaqil yuridik shaxs
6.Auditorlik faoliyati tо‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi munosabati bilan Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan auditorlik tashkilotini ilgari boshqargan auditor qancha muddat ichida boshqa auditorlik tashkilotining rahbari bо‘lishi mumkin emas?
auditorlik tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida boshqa auditorlik tashkilotining rahbari bо‘lishi mumkin emas
7.Audit fanining yuridik subektiga nimalar kiradi?
korxonaning gorizontal va vertikal iqtisodiy munosabatlari va hokazo
8.Audit haqida tushuncha qanday ma’noni anglatadi?
Audit «eshitaman» degan ma’noni bildiradi.
9.Auditor (auditorlar) nechta auditorlik tashkilotining ta’sischisi bo‘lishi mumkin?
Auditor (auditorlar) faqat bitta auditorlik tashkilotining ta’sischisi bo‘lishi mumkin
10. Buxgalteriya hisoboti ma’lumotlaridan foydalanuvchi korxonalar auditorlik xulosasi analitik qismi bilan tanishish huquqiga egami?
Mulkdor roziligi bilan
11.Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo‘yin tovlaganlik uchun bir yilda mahsulot sotishdan olingan yalpi tushumi eng kam oylik ish haqi miqdorining 500 baravarigacha bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subektlar qancha miqdorda jarima to‘laydilar?
eng kam oylik ish haqi miqdorining 100 baravarigach
12.Ichki auditorga tekshirish uchun huquq beradigan hujjat?
Malaka sertifikati
13.Auditorlar reyestrini qaysi organ yuritadi
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
14.Ichki audit xizmati xarajatlarining yillik smetasini kim tomonidan tasdiqlanadi?
kuzatuv kengashi
15.Audit ko‘rinishilari.
Ichki audit, tashqi audit
16Majburiy audit to‘g‘risidagi Qonun dastlab qaysi mamlakatda qabul qilingan?
Angliya

17.Auditorlarning Sertifikat olish uchun topshiradigan Malaka imtihonini о‘tkazish tartibi qaysi organ tomonidan belgilanadi.?
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
18.Bila turib soxta auditorlik xulosasini tuzish qanday oqibatlarga sabab bо‘ladi?
auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarishga, auditorlik tashkiloti rahbari sertifikatining va auditorlik tekshiruvida ishtirok etgan auditorlar sertifikatlarining amal qilishini tugatishga, shuningdek aybdor shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bо‘ladi
19. Audit turlarini ayting.
operatsion audit, mos kelish yoki kelmaslik auditi, moliyaviy hisobotlarni audit qilish
20. Auditorlik tashkiloti ketma-ket qancha muddat ayni bir xо‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvini о‘tkazishga haqli emas?
ketma-ket yetti yildan ko‘proq
21.Auditorlik tashkilotlari ishining sifati tashqi nazoratdan kim tomonidan qancha muddatda о‘tkaziladi?
О‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda har uch yilda kamida bir marta
22. Auditorlarni birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotlari....-bu?
auditorlarning respublika jamoat birlashmalaridir
23. Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatalarini buzganlik uchun javobgarlik “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning qaysi moddasida ko‘rsatilgan?
51- moddada
24. Auditorlik faoliyatini litsenziyalash kim tomonidan amalga oshiriladi?
 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
Yüklə 20,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin