61. Inklyuziv ta’limning mohiyati



Yüklə 72,36 Kb.
səhifə1/18
tarix24.12.2023
ölçüsü72,36 Kb.
#191652
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
61. Inklyuziv ta’limning mohiyati


61. Inklyuziv ta’limning mohiyati
Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko’zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir. Inklyuziv ta’lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada emas, balki dastur va metodologiyada deb hisoblaydi. Bunday ta’lim tizimiga ba’zi bir o’zgartirishlar kiritishni taqazo etadi. Bunda har bir bolaning ehtiyojini hisobga olgan holda o’quv rejalari tayyorlanadi, uslubiyotning psixologik muammolari bilan bog’liq tomonlari to’g’ri yo’lga qo’yiladi. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarni, shu jumladan, nogiron bolalarni ham o’zlari xohlagan maktabda o’qishi mumkin, deb xulosa chiqaradi. Bolaning nogiron bo’lib qolishiga jamiyat, undagi muhit, tushunmovchiliklar, yo’l qo’yilgan xatolar sababchi bo’lgan. Demak, uning o’qishi uchun ham shu jamiyatning o’zi jon kuydirishi shart. Bola huquqlari xalqaro Konvensiyadan kelib chiqib, yaxshi maktab ta’limini uch xil ibora bilan ta’riflash mumkin, ya’ni: - mos keluvchi; - rivojlantiruvchi; - inklyuziv; Konvensiyaning 6-moddasida shunday satrlar bor: “Tirik qolish va rivojlanish”. Bu modda mos keluvchi ta’limga taalluqli. Rivojlantiruvchi ta’lim 29-moddada ko’rsatilgan: “Ta’lim shaxsning yuqori darajada rivojlanishiga, iqtidorli, aqliy va jismoniy qobiliyatlarini o’stirishga yo’naltirlgan bo’lishi, bolani erkin jamiyatda faol yashashga tayyorlash kerak”.
62. Integratsion ta’lim va ijtimoiy reblitatsiya
Integrasiyalashgan ta’lim bu-diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir. Integrasiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu ta’lim tizimining quyidagicha shakllari mavjud: A) Jismoniy integrasiya. Integrasiyaning bu shakli nogiron va nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga qaratilgan. Oddiy maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo’lim yoki sinf tashkil qilish mumkin. B) Funksional integrasiya. Bu shakl nogiron va nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi funksional muammolarni kamaytirishga qaratilgan. V) Ijtimoiy integrasiya. Itegrasiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi o’zaro aloqani qo’llab – quvvatlaydi. G) Jamiyatga integrasiya qilish kabilar. Integrasilashgan talim tizimining bir qator quyidagicha chegaralangan tomonlari mavjud: Umumta’lim muassasalarda kompleks tibbiy-pedagogik yordam olish imkoniyati bo’lmaydi. Umumta’lim maktab pedagogi maxsus mayetodikani bilmaganligi sababli imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ehtiyojlarini qondirmaydi. Umumta’lim maktablarida tiflo, surdotexnik vositalar, maxsus tibbiyot uskunalar bo’lmaydi. Sinfda o’quvchilar soni 25 tadan-35 gacha yetadi va oqibatda ularning barchasiga ko’p vaqt ajrata olmaydi. Umumta’lim maktablarda o’quvchilarda maxsus malaka va ko’nikmalarni shakllantirish uchun mutaxassislar bo’lmaganligi sababli, imkoniyat topish qiyin

Yüklə 72,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin