61. Inklyuziv ta’limning mohiyati


Inklyuziv ta’lim va unga bo’lgan extiyojlar va uning sabablari



Yüklə 72,36 Kb.
səhifə7/18
tarix24.12.2023
ölçüsü72,36 Kb.
#191652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
61. Inklyuziv ta’limning mohiyati

70. Inklyuziv ta’lim va unga bo’lgan extiyojlar va uning sabablari
Inklyuziv ta’lim bu -davlat siyosati bo’lib, nogiron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng xuquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini taminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir. Tavsiyalarda barcha bolalarning ta’lim olish muhitini o’rganib maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limiy ehtiyojlariga umumiy baho beriladi. Asosiy ma’no shundaki, sog’ligining yomonlashuvi yoki rivojlanishining orqada qolishi sababli alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ham mumiy ta’lim jarayoniga kushish mumkin. Inklyuziv ta’limda, ta’lim berishning diqqat markazida bola turadi (o’quv rejasi emas) deb bu jarayonga yondashadi. Ushbu yondashuvlar bolalar xar xil sharoitda o’qiydi , rivojlanadi, ma’lumotni xar xil tezlikda qabul qiladi degan e’tirofga asoslanadi. Ular xar bir bolaning shu qatorda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ehtiyojlarini qondiradigan ta’lim muxitini yaratib berishga qaratilgan. Mazkur tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarnig ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo’llab– quvvatlash. «Moslashtirish» deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan kandaydir foyda olishi va optimal o’quv rejasining mavjudligidir. Maktab muxiti moslashuvchan bo’lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin qilinmasdan, alohida xar bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak.
71. Imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim maktablarda o’qitishda konseptual talablar
Imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish Respublikamizning ayrim viloyatlarida, jumladan Farg’ona, Andijon, Xorazm, Toshkent viloyatida tajriba sinov ishlari boshlangan bo’lib, bu ishlarni amalga oshirishda nodavlat jamoalar, xorijiy tashkilotlar tashabbus ko’rsatmoqda. Halkar YuNESKO tashkiloti va Xalq Ta’lim Vazirligi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalarida inklyuzivkorreksion ta’limning tayanch punktlari tashkil etildi. Ular alohida yordamga muhtoj bolalar ta’limi bilan shug’illanuvchi, "Inklyuziv ta’lim" dasturini amalga oshiruvchi yagona punktlar hisoblanadi. Farg’ona viloyati Qo’qon shahri maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ijtimoiy qo’llab quvvatlash “Ziyo” markazi umumta’lim maktablariga imkoniyati cheklangan bolalarni jalb etish YuNESKO loyihasi asosida 2004 yil o’z faoliyatini boshladi. Sinov - tajriba maydonlari uchun Farg’ona viloyati Qo’qon va Marg’ilon shahridagi 4 va 5-sonli aqli zaif bolalar, 9-sonli zaif ko’ruvchi bolalar maxsus maktab internatlarida, 64-sonli falaj bolalar bog’cha majmuasi, 39-sonli nutqida nuqsoni bo’lgan bolalar bog’chasi, 1,9-sonli - 48 - umumta’lim maktablari, Andijon viloyati 5, 31 - sonli umumta’lim maktablari tanlandi..

Yüklə 72,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin