1ishning maqsadi,borishi,vazifalari 2-Harakatli o’yinlar tarixi


II.3. Milliy sport o`yinlari bebaho qadriyat



Yüklə 79,7 Kb.
səhifə18/18
tarix01.01.2022
ölçüsü79,7 Kb.
#50708
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Xarakatli o’yinlarni qisqacha tarixi va tushunchasi fayllar org2222

II.3. Milliy sport o`yinlari bebaho qadriyat.

Mustaqilligimiz sharofati tufayli milliy qadriyatlarimizni tiklashga milliy o`yinlarning o`rni juda katta.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 14 fevral 64-F raqamli farmoyishiga binoan “Milliy sport turlari va o`yinlarini rivojlantirish muammolari” mavzuidagi Respublika konferensiyasishu yili 29-30 oktyabr kunlari o`tkazilishi munosabati bilan Samarqand viloyati “Mehnat rezervlari” ning milliy sport turlari va o`yinlarini rivojlantirish muammolari haqida tezislar.

a) milliy sport o`yinlari bolalarni kichik yoshidan boshlab jismoniy, aqliy va axloqiy qilib tarbiyalashning muhim vositasi sifati qaraladi.

Milliy sport o`yinlari bilan o`tmishda ota-bobolarimiz bolalarni 2-3 yoshdan shug`ullantira boshlaganlar. Ulug` bobokalonimiz Amir Temur davrida o`g`il bolalarga ot minish, chavandozlik bilan shug`ullanish 3 yoshdan o`rgatilganligi ma`lum. 2-3 yoshdan suzish bilan shug`ullanib, suv hovuzi ustidan tortilgan arqondan yurishga bo`lajak darvozlarni juda kichiklikdan o`rgatganlar.

O`g`il bolalar o`z aka-ukalari, mahalladosh, o`rtoqlari bilan kurash mashqlarini xuddi shunday kichik yoshlardan boshlaganlar. Qiz bolalar esa “Arg`imchoq” , “Tortishmachoq”, “Oq terakmi, ko`k terak”,“Bekinmachoq” , “otib qochar” va shunga o`xshash otaliqqa, onalikka, mehnatga tayyorlovchi milliy sport bilan juda kichiq yoshlaridan boshlab shug`ullanishga jalb qilganlar.

b) Milliy sport va o`yinlar sog`liqni saqlash, kasb-korga bog`liq kasalliklardan himoyalanishning sinalgan vositasi ekanligini hech kimga uqtirib o`tirishning hojati bo`lmasa kerak.

CHidamlilik, zukkolik, ziyraklik, chaqqonlik va hakozo kabi yaxshi fazilatlar sport orqali va xususan milliy o`yinlar orqali bolada rivojlanishi ota-bobolarimizga qadim-qadimdan ma`lum. Turon zaminida yashab kelgan avlod ajdodlarimiz milliy o`yinlarini e`zozlashganlar va katta e`tibor berib kelishlari hech kimga sir emas.

Jismoniy tarbiya va sport kishining hayotiy istiqbol yo`lini nurli qilishga yordam beradi.

Sog`lom va kuchli bo`lish inson uchun bebaho boylik. Sog`lom odam hayot yo`lini topadi, belgilangan orzu-umidlariga mehnati bilan erisha oladi.

Milliy o`yinlar orasida insonni ma`lum kasalliklardan himoya qilgan (profilaktika) yoki shunday kasallik alomatlari sezilganda ulardan qutilishga ko`maklashadiganlari ham ko`p.

Ma`lumki tikuvchilar, do`ppido`zlar, maxsi tikuvchilar ma`lum nuqtaga muttasil ko`zlarini qadm ish bajaradilar. Ko`z mushaklari ish davrida chegaralangan darajada harakat qiladi.



Xuddi shuningdek, muttasil o`qish, yozish bilan shug`ullanuvchilar ko`rish imkoniyatini xavf ostida qoldiradilar. Halq donishmandligi bunday faoliyat bilan bilan shug`ullantiruvchilar uchun “Besh to gimnastikasi” o`yinlarini yaratgan va shug`ullanishga odatlantirgan.

Buhs ikki kishi o`rtasida bo`ladi. O`yin xontaxta ustida yoki stolda bajariladi.
Yüklə 79,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin