. O’QUVCHILARNI JISMONIY TARBIYALASHDA O’ZBEK MILLIY HARAKATLI O’YINLARDAN FOYDALANISH
Reja
O’quvchilarni jismoniy tarbiyalashda o’zbek xalq milliy harakatli o’yinlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari
7-8 yoshli bolalar jismoniy tarbiyasining ijtimoiy-ruxiy asoslari
Bolalar jismoniy tarbiyasida milliy harakatli o’yinlardan foydalanish zaruriyatlari
1.1. O’quvchilarni jismoniy tarbiyalashda o’zbek xalq milliy harakatli o’yinlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari
Jismoniy madaniyatning komil insonnini jismoniy tarbiyalashlik muqaddas vazifalarini bajarishda barcha o’quv yurtlari ta’lim tizimidagi yosh avlodni jismoniy baquvvat, chaqqon, irodali, vatanparvarlik ruxida tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlarini O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” qonuni (6), “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (2) hamda “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qonunlari (1), O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi PF-31-54 sonli “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish” to’g’risidagi farmonni (8) va uni bajarish tadbirlariga suyangan holda yangi usullarni tashkil qilish va o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu ishlar samarali bajarilishi uchun bolalarning eng kichik yoshidan boshlab milliy o’yinlar vositasi bilan jismoniy salomatlik “poydevorini qurish” ni amalga oshirish mumkin.
O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish to’g’risida Kadrlar tayyorlashdagi oqilona tizim g’oyat muxim ahamiyatga ega. Shu bois respublikamizda jismoniy madaniyatning maqsad va vazifalari hukumatning hamda respublika madaniyat va sport ishlari vazirligining qarorlarida kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Respublikada amalga oshiralayotgan jismoniy madaniyatning o’z oldiga qo’ygan maqsadi sog’lom, ruhan tetik va bunyodkor insonni hayotga tayyorlashdan iborat. Bu maqsad Respublikada jismoniy madaniyat bilan Shug’ullanuvchi barcha muassasa tashkilotlar uchun zaruriy vazifadir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyayev “Biz sog’lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalar ruxida kamol topgan insonni tuShunamiz”, - deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi yig’ilishidagi ma’ruzasida. “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilganligi, xalqaro xayriya jamg’armasi tashkil qilinganligi ham kelgusida sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi.
Har kim o’zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy madaniyat va sportning zarurligini tuShunib yetishi va qunt bilan o’ziga yoqqan ma’lum bir jismoniy mashg’ulotlar tizimi asosida salomatligini shakllantirishi kerak. Xalqimiz farzandlarining jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish tarbiyaning ajralmas qismi bo’lgan jismoniy madaniyat jarayonida amalga oshiriladi.
Jismoniy madaniyatning maqsadi jamiyatning sog’lom, xushchaqchaq, har tomonlama jismoniy rivojlangan, mehnat va Vatan himoyasiga tayyor turgan quruvchilarini tarbiyalashdan iborat uzoq muddatli, uyushtirilgan pedagogik jarayondir.
Jismoniy madaniyat jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: a) sog’liqni mustahkamlash organizmni chiniqtirish va jismoniy rivojlanish darajasini hamda ish qobiliyatini oshirish; b) hayotga zarur bo’ladigan, jumladan, amaliy xarakterga ega bo’lgan harakat malaka va ko’nikmani egallash; v) kishining ma’naviy va irodali sifatini tarbiyalash; g) jismoniy sifat (tezkorlik, kuch, epchillik, chidamlik ) ni o’stirish; d) maxsus sport mashqini bajarish texnikasini egallash.
Shu bilan birga o’zbek xalq milliy o’yinlarini to’plash va ularni hayotga tadbiq etish, ulardan oqilona foydalanish bugungi kunda oldimizda turgan ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo’lgan muhim vazifa bo’lib hisoblanadi. Ushbu vazifa yosh avlodni sog’lom va barkamol qilib tarbiyalovchi jismoniy madaniyat oldiga ham katta ma’suliyat yukladi.
Yoshlarni har tomonlama jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashga imkon beradigan, o’quvchilar jismoniy sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan bu muammoni umumta’lim maktab o’quvchilari jismoniy madaniyatini tashkiliy va pedagogik jarayonlar bilan birga bir-biriga bog’lab kelgan uzviylikda ko’rib chiqish lozimligini keltirib chiqaradi, bunda milliy xalq o’yinlarining roli katta ekanligini qayta-qayta ta’kidlab o’tmoqchimiz. Shuning uchun xalqimizning asrlardan-asrlarga o’tib kelayotgan milliy o’yinlarini avaylab-asrab keyingi avlodga yetkazish yo’llarini izlash, ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish bizning maqsadimizdir.
Milliy xalq o’yinlarini xalqimzning bir necha yillik madaniy boyliklari haqidagi tasavvurlarini ma’lum darajada kengaytiradi, hozirgi hayotga singdirish yo’llarini boyitishga yordam beradi.
Milliy harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning eng ta’sirchan usullaridan bo’lib, o’quvchilarda aqliy, ahloqiy va nafosat tarbiyasini birgalikda muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim vositadir. Shuning uchun bolalar o’yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur.
Dostları ilə paylaş: |