qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat ham o‘limga
olib keladi.
Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning davomiyliligi ham
alohida ahamiyatga ega, chunki tok ta’siri uzoq davom etsa, unda inson
organizmining tok o‘tkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli ta’siri
organizmda yig‘ila borishi natijasida asorat og‘irlasha boradi.
Tokning turi va chastotasi ham zararli ta’sir ko‘rsatishda muhim rol
o‘ynaydi. Eng zararli tok 20-100 Gs atrofidagi elektr toki hisoblanadi.
CHastotasi 20 Gs dan kichik va 100 Gs dan katta toklarning ta’sir
darajasi keskin kamayadi. Katta chastotadan elektr toklarida tok urish
bo‘lmaydi, lekin kuydirishi mumkin.
Agar tok o‘zgarmas bo‘lsa, unda tokning sezish chegarasidagi
miqdori 6-7 mA, ushlab qoluvchi chegara miqdori 50-70 mA, 0,5 sek
davomida yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan miqdori
300 mA gacha ortadi.
II. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiyot xodimi kelgunga qadar
ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi:
Tok ta’siridan qutqarish;
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
Tok ta’siridan qutqarish o‘z navbatida bir necha xil bo‘lishi mumkin. Hammadan
oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni
o‘chirishdir.
Agar buni iloji bo‘lmasa (masalan o‘chirgich qurilmasi uzoqda bo‘lsa), unda tok
kuchlanishi 1000 V dan ko‘p bo‘lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi
yog‘ochli bo‘lgan bolg‘alar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq
bo‘lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr
tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lsa, unda dielektrik qo‘lqop va elektr
izolyasiyasi mustahkam bo‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, uning
holatiga qarab belgilanadi. Agar jarohatlangan kishi hushini yo‘qotmagan
bo‘lsa, unda uning tinchligini ta’minlab, vrach kelishini kutish yoki uni tezda
davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar tok ta’sirida hushini yo‘qotgan ammo nafas olishi va yurak tizimi
ishlayotgan bo‘lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va
yoqasini bo‘shatish va sof havo kelishini ta’minlash zarur. Nashatir spirt
hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo‘llarini ishqalash yaxshi natija
beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati
kuzatilsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‘lsa, unda bu kishiga
sun’iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.
Klinik o‘lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir
qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.
Sun’iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta’siridan
qutqarib olish
bilan, uning holatini aniqlashi bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy nafas
oldirish
Dostları ilə paylaş: |