1–Mavzu: Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati-demokratik jamiyat qurishda ikki muhim jihatga alohida e’tibor berilmoqda



Yüklə 245,19 Kb.
səhifə3/41
tarix02.01.2022
ölçüsü245,19 Kb.
#41102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
1–Mavzu Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qu

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati-demokratik jamiyat qurishda ikki muhim jihatga alohida e’tibor berilmoqda:

  • Demokratik jamiyat qurishning dunyoda e’tirof etilgan tamoyillarini tan olish:

- Demokratiyaning milliy-madaniy meros bilan bog‘liq milliy xususiyatlariga tayanish:

Bu ikki yo‘nalish bir-biri bilan uzviy bog‘liq, haqiqiy demokratik jamiyat qurishni ularsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Amaliy hayotda bu muhim qonuniyatlarning buzilish hollari turli xalqlar turmush tarzi va ular milliy manfaatlariga zid bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy oqibatlarni keltirib chiqargan.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokratik jamiyatga xos jihatlar shakllanib bormoqda, ya’ni:



  • Mamlakatda demokratik institutlarning shakllanib borayotganligi:

  • Ko‘p partiyaviylikka o‘tilishi:

  • Hokimiyat tarmoqlarining mustaqilligi:

  • Jamoatchilik nazoratining oshib borishi:

Umuman demokratiya qay darajada ekanligini quyidagi mezonlar belgilaydi. Bular: xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlardan qanchalik xabardorligi: hukumat qarorlarining xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi: oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda ishtirok etishi darajasi.

O‘zbekistonda ham keng qamrovli demokratik jarayonlar ana shu mezonlar asosida amalga oshirilmoqda. Respublikada bugungi kunda 100 ta jamoat uyushmalari: 5 ta siyosiy partiya: 2 ta ijtimoiy harakat: 3000 mingta nodavlat notijorat tashkilotlari va kasaba uyushmalari tizimi tomonidan 28 ta yo‘nalishda jamoatchilik nazorati amalga oshiril moqda. Agarda I-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bo‘lgan saylovda 2ta siyosiy partiya va hokimiyat vakillik organlaridan 700 dan ortiq nomzod ishtirok etgan bo‘lsa, II-chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga bo‘lgan saylovda 47 sub’ekt, ya’ni 5 siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi va saylovchilar ning tashabbuskor guruhlaridan 1010 nafar nomzod qatnashdi.

Mamlakatda ikki palatali parlamentga o‘tilishi bu jarayonni yanada chuqurlashtirdi. Saylovda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 120 deputat saylandi. Saylovlarda 489 deputatlikka nomzod, shu jumladan, siyosiy partiyalardan – 435 kishi va saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan mustaqil nomzodlar – 54 kishi ishtirok etdi. Saylovlarda fuqarolar faol qatnashdilar. Saylovlar Qonunchilik palatasidagi o‘rinlar uchun siyosiy partiyalar o‘rtasidagi keskin raqobat kurashi muhitida o‘tdi. Okruglarning 77% da bir deputatlik mandati uchun 4 tadan 6 tagacha nomzod kurash olib bordi.

O‘zbekistonda jamiyat siyosiy hayoti sohasini demokratlashtirish borasida Birinchi Prezident I.A.Karimov siyosiy ta’limotida ustuvor yo‘nalishlari qilib belgilab bergan quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor berilmoqda.



  • Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish:

  • Mamlakatimiz siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik muhitining qaror topishi zarurligi va har bir partiyaning o‘zining aniq va ravshan harakat dasturiga ega bo‘lishiga:

  • Nodavlat tuzulmalari, hukumatga qarashli bo‘lmagan va jamoat tashkilotlarning, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada rivojlantirish:

Jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang barangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta’minlash:

Inson huquqlari va erkinliklarini, odamlarimiz ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish:

4. Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi natijasida O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish, fuqarolik jamiyati asoslarini yaratish kabi oliy maqsadni amalga oshirishga kirishdi. Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi O‘zbekiston oldida ma’suliyatli vazifani qo‘ydi.

O‘zbekiston qanday davlat quradi? Dunyo jamoatchiligi ham bunga alohida e’tibor bilan qaradi. O‘zbekistonning istiqloli va insonlarning taqdiri ham, ularning qanday hayot tarziga ega bo‘lishi, milliy-ma’naviy meros bilan umumbashariy tamoyillarning uyg‘unligini ta’minlash ham, O‘zbekiston oldida ko‘ndalang bo‘lib turgan davlatchilik qurilishining qanday asosda amalga oshirilishi bilan bevosita bog‘liq edi.

O‘zbekiston islomiy davlat qurishni emas, balki dunyoviy davlat qurish yo‘lini tanladi. Buning ham o‘ziga xos sabablari mavjud. Buning uchun Dunyoviy davlatning islomiy davlatdan farqli jihatlarini, uning afzalliklarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, O‘zbekiston O‘rta Osiyoda islomga e’tiqod qiluvchi eng qadimiy zaminlardan biri bo‘lish bilan birga musulmonchilik ilmining islom olamida hamma tan olgan an’analariga ham ega.

Islom madaniyati bir necha asrlar davomida o‘zbek xalqi ma’naviyatining asosi bo‘lib kelgan, hozir ham shunday. Shu bilan birga Birinchi Prezident I.A. Karimov, mamlakatni dunyoviy asosda rivojlantirish, dunyoviy davlat qurish yo‘lidan borishiga alohida ahamiyat berib keldi. Bu esa demokratik davlat qurilishida muhim omil hisoblanadi. Bu masalada Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov shunday degan edi: «Biz, bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, ahloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilish tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun din, bayroq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Chunki bu holni davlatimiz xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblaymiz.

O‘zbekiston Konstitutsiyasida «Dunyoviy davlat» degan atama yo‘q bo‘lsada, uning mohiyati va tamoyillari bir qancha moddalarda ifodalangan

«Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi» (61-modda).

«Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib quyuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyat lar va uyushmalar tuzish taqiqlandi. ( 57-modda)



«O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas» (12-modda).

Dunyoviy davlatning muhim jihatlari quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ifodasini topgan:

inson huquqlari va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqlik:

demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat:

xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olish:

respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlash:

insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etish:

o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasiga tayanish:

diniy tashkilotlar va birlashmalarni davlatdan ajratilganligi hamda qonun oldida tengligi.

Davlatning diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmasligi:

fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash:

hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglash:

O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishining huquqiy asoslari, uning Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilganligini va unga tayanib ish olib borishini anglatadi.

Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish yo‘lining asoslari sobiq totalitar tuzumdan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:

yagona kommunistik mafkuraga tayanmaganligi bilan:

sinfiylik, partiyaviylik tamoyillaridan mutlaqo begonaligi bilan:

inson-eng ulug‘ ne’mat, degan fikrga asoslanilganligi bilan:

«davlat – jamiyat - fuqaro» munosabatidan tubdan farq qiladigan «fuqaro –jamiyat

davlat» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning oqilona huquqiy asosga qo‘yilganligi bilan ajralib turadi.

Insoniyat sivilizatsiyasi Sharqda, Shimoliy Afrikada Nil, Osiyo qit’asidagi Dajla va Frot, Amudaryo va Sirdaryo, Gang, Yanszi va Xuanxe daryolari vohalarida boshlangani hozir hammaga ma’lum. Sivilizatsiya rivojlanishi markazida esa eng muhim unsurlardan biri sifatida har doim davlat instituti turadi. O‘rta Osiyo mintaqasi sivilizatsiyasining qadimiyligi bu erda davlatchilik bir necha ming yillik tarixga ega ekanligini bildiradi. Bunday zaminda mavjud davlatchilik salohiyati uning davomiyligini uzluksiz ta’minlashga qodir bo‘lgan. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A. Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48- sessiyasida (1993 yil) o‘zbek davlatchiligining tarixi 3000 yildan ortiqligi, bu hududda gullab-yashnagan davlatlar nafaqat Turon-Movarounnahr Turkistondagina, balki jahon taraqqiyotida ham yorqin iz qoldirganligi haqida gapirganda to’la asosga ega edi.

Faqat tashqi kuchlar bosqinchiligi muayyan davrlardigina o‘zbek davlatchiligini yo‘qotishga ulgurgan. Ma’lumki, har qanday tarzda milliy davlatchilik uchun kurashning asosida xalqlarning o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilash huquqi yotadi. Bu o‘z navbatida siyosiy falsafada ham ifodalanib «suverenitet», «qonuniylik», kategoriyalari mazmunida mustahkam o‘rin oldi.

Biroq Sovet davlati sharoitlarida «xalqlarning o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilash huquqi» ham, «suverenitet» ham o‘ziga xos talqin etilgan. Xususan, sobiq SSSRning barcha Konstitutsiyalarida «ittifoqdosh Respublika» unvonidagi tuzilmalarning SSSR tarkibidan erkin chiqish huquqi saqlab qolinadi. Ular suveren deb ko‘rsatilgani holda, bu huquqdan qanday foydalanish qonun–qoidalari to‘g‘risida lom-mim deyilmagan.

Hozirgi zamonda «milliy demokratik davlat», «milliy davlatchilik va demokratik jamiyat» tushunchalari ko‘proq ishlatilmoqda.

Unga xos bo‘lgan jihatlar quyidagilarda o‘zining aniq ifodasini topadi:

demokratik normalarga tayanadigan huququy davlat:

demokratiyaga zid bo‘lmagan holda tarixiy an’analar va jamiyat hayotining muhim sohalaridagi milliy xususiyatlarning saqlanishi:

barcha fuqarolarning tengligiga asoslangan milliy siyosat olib borish:

uning geosiyosiy mavqei iqtisodiy, ma’naviy va harbiy texnik imkoniyatiga, salohiyatiga mos bo‘lishi:

fuqarolar ijtimoiy ongida demokratik tafakkurga amal qilinishi:

mustaqil ichki va tashqi siyosat olib borishi:

o‘z taraqqiyot yo‘lini mustaqil tanlashi va amalga oshirishi:

O‘z qobig‘ida yashash mumkin emasligi qoidasiga tayanish, ochiq demokratik davlat hisoblanadi.

Bu milliy davlatchilikning demokratik jamiyatga zid emasligini ko‘rsatadi.

XX asrning so‘nggi choragi butun dunyo bo‘yicha demokratiyaning g‘olibona tarqalish davri bo‘ldi. 1998 yilda mavjud bo‘lgan 191 mamlakatdan 117 tasi yoki 61, 3% da erkin, yashirin, umumiy teng va nisbatan adolatli saylovlar o‘tkazildi. 1974 yildan keyin 89 ta avtokratiya mamlakatlarida demokratik tartibotga o‘tildi. Bu milliy davlatchilik negizlarini demokratiya bilan bog‘lagan holda amalga oshirilgan paytdagina kutilgan samarani beradi, deyish mumkin.

«Mustaqillik, O‘zbekiston xalqi hayotida yangi tarixiy davrni boshlab berdi. O‘z mustaqilligini, erkini qo‘lga kiritgan har bir xalq o‘z taraqqiyot yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat bunyod etishda o‘z andozasini ishlab chiqishga harakat qiladi» deb ta’kidlagan edi I.A.Karimov.

O‘zbekiston ham o‘zining milliy davlatchiligiga xos bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy kamolot va taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. Bu: «,,, bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga asoslangan demokratik huquqiy davlatni, fuqarolik jamiyatini barpo etish» degan g‘oyada o‘z ifodasini topdi. Hamda bu jamiyatning oldida turgan maqsadni ta’kidlar ekan


Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: «Biz quradigan jamiyat O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklashi: insonning ma’naviy ahloqiy barkamolligini ta’minlashi kerak».

Bu erda gap «umuman demokratik jamiyat qurilishi to‘g‘risida ketmayotganligini aniq hisobga olish muhim. Asosiy maqsad «Fuqarolik jamiyati O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» to‘g‘risida bormoqda. Shuning uchun ham O‘zbekiston qurayotgan demokratik jamiyatning boshqa jamiyatlardan farqli jihatlari, hamda umumiy tomonlarini ham aniqlash muhim.

Fuqarolik jamiyati. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o‘rganish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Mazkur fan fuqarolarimizning O‘zbekiston jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotida amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning, mamlakatda belgilab olingan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishga erishish maqsadlari bilan o‘zviy bog‘liqligini his etishga, uning faol ishtirokchilariga aylanishiga yaqindan yordam beradi.




Yüklə 245,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin