Amerikalik tadqiqotchi Linda Djuell o’zining «Industrialnoorganizatsionnaya psixologiya» (2001 yil) kitobida ijtimoiy psixologik xodisalardan muhimi bo’lmish liderlik masalasiga o’zining o’ziga xos yondashuvini bayon etgan. U bu muammoni aynan bizning sharoitimizdagi talqini, ya’ni mardlik va jasorat ko’rsatish uchun ochiq maydonlar yo’q bo’lgan sharoitda liderlik xislatlarining namoyon bo’lish xususiyatlarini ochishga urinadi. Uning fikricha, zamonaviy ishlab chiqarishning samaradorligi eng avvalo xodimlar rolini oshirib, liderlarnikini aksincha, pastlashtirish, yoki aniqrog’i, kamaytirish hisobiga ro’y beradi. Shundagina rahbarlikda ortiqcha bo’g’inlarni kamaytirish mumkin. Liderning, ya’ni amerikaliklar rahbarni lider fenomeni doirasida tasavvur qilishadi, vazifasi – guruhning samarali faoliyat ko’rsatish yo’llarini belgilab berishdir.
Bu kitobda ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli bo’lgan tushunchadan biri bu – «superlider» tushunchasidir. Superlider kim va qachon oddiy lider superga aylanadi? Amerikalik tadqiqotchilar Mants va Simslarning fikricha, eng yaxshi lider – bu «superliderdir». Bu shunday shaxski, u o’z xodimlarining aksariyatini liderlarga, birinchi navbatda o’zlari uchun liderlarga aylantira oladi. Bundagi asosiy g’oya shundan iboratki, agar odam eng avvalo o’zi uchun lider bo’la olsa, o’zidagi bu malaka yoki mahoratni boshqalarga etkaza olsagina, bu odam uchun shunday vaqt-saot etib keladiki, jamoa o’zi mustaqil ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib turadigan insonga muhtoj bo’lmagan mexanizmga aylanadi. Bu – superliderlikdir.
Oddiy rahbar yoki liderning superliderga aylanishi bir necha bosqichlarda kechadi (pr. ):
– o’zi uchun lider bo’lish, ya’ni shaxsiy maqsad va maslaklar, o’zini o’zi kuzatish, o’zini o’zi rag’batlantirish , hayoliy repititsiyalar va kognitiv tahlillar orqali o’zining mustaqil inson, shaxs ekanligini, o’zida boshqalarga o’rnak bo’luvchi sifatlar borligini anglash;
– yuqorida qayd etilgan sifatlarning afzalliklarini o’zgalarga namoyish etib, uning afzalliklariga ishontira olish;
– xodimlariga o’zlarida tashabbus va o’ziga ishonchni namoyon etish uchun sharoit yaratish;
– mustaqil qobilyat egalari bo’lgan xodimlarni rag’batlantirish, kerak bo’lganda, faqat konstruktiv tanbehlar berish;
–
,
http://fayllar.org