Mavzu: Inson, shaxs, individ



Yüklə 16,54 Kb.
tarix25.09.2023
ölçüsü16,54 Kb.
#148176
2 мавзу


Mavzu: Inson, shaxs, individ
Tirik mavjudotlar orasida inson eng murakkabidir. Odamzod tug’ilganidan so’ng, tashqi olam bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan uni tushinishga, o’rganishga harakat qila boshlaydi. Bunda turli xil davrlarni bosib o’tadi. Asta-sekinlik bilan o’zini ham anglay boshlaydi. Insonning mohiyatini tushunishga harakat qilish jarayonida u nafaqat tashqi, balki ichki-yashirin xususiyatlarga ham ega ekanligini, ular birlashgan holda individ, shaxs, individuallik tushunchalarida aks etuvchi muayyan obrazni shakllantiradi.
Individ - lotincha “individium” degan so‘zdan kelib chiqqan bo’lib, “bo‘linmaydigan” degan ma’noni anglatuvchi bu atama mustaqil yashaydigan tirik vujud, har bir shaxsni bildiradi. Individ atrofimizdagi barcha odamlardir. Ya’ni, kasbi, aqliy faoliyati, sog’lomligi yoxud imkoniyati cheklanganligidan qat’iy nazar individ hisoblanadi. Har bir mavjudot o’sib-ulg’aygani sari u o’zgarib boradi. Odam ham mukammallashib, individlik bosqichidan mustaqil shaxs va individuallikka erisha boshlaydi. Bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga ega bo’lib, ibtidoiy davrga xos bo’lgan individlik evolutsiya natijasida shaxsga aylanadi.
Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Bunda ijtimoiy munosabat, muloqot, muomala shakllangan va yangi avlod uchun tayyor qolip vazifasini o’taydi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aql-idrok, tafakkur obʼyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig’i jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. Shaxs, mohiyatiga koʻra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlgan, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili. Shaxs fenomeni inson olamining butun murakkabliklarini oʻzida mujassam etadi. Uni har tomonlama oʻrganish maqsadida turli davrlarda tadqiqot olib borilgan. Ayniqsa, sharqda u yuksak axloqiy-maʼnaviy meʼyorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat, bebaho qadriyat deb hisoblangan. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining goʻzal va farovon boʻlishiga ehtiyoj sezadi. Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor va hayot neʼmatlaridan toʻla foydalanishga haqli. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak koʻrinishi, oliy maqomidir. Har qanday odam tabiiy mavjudligi, yashash huquqi va hayot qadriyatiga ega boʻlgan jonzotdir. Shaxsning eng muhim jihat – bu uning individualligidir.
Individuallik – muayyan narsa va hodisa, shaxs va jonivorning oʻzigagina xos, betakror, xususiy belgilar. Belgi sifatlarining oʻziga xosligi bilan individuallik umumiylikka (individ esa umumga) qarama-qarshi qoʻyiladi. Dastlab, individuallik antik davrda atoqli yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit tomonidan muayyan shakl va mazmunga, yaʼni oʻziga xos belgilarga ega boʻlgan narsa va hodisalarga, jumladan, atom yoki individ (yaʼni, boʻlinmas) kabilarga xos xususiyatlarni aniqlash jarayonida maʼlum boʻlgan. Qadimgi Rim faylasufi Seneka individuallik tushunchasini yanada takomillashtiradi. Individuallik oʻziga xos xususiyatlarni va mazmunini yoʻqotmay turib, boshqa boʻlaklarga boʻlinmaydigan aniq bir narsa (mavjudot) ekanligini eʼtirof etgan. Oʻrta asrlar falsafasida individuallik inson shaxsi tushunchasini ifodalagan. XVII asrda individuallik bilan bogʻliq fikr-mulohazalar nemis faylasufi Leybnits taʼlimotida atroflicha rivojlantiriladi. Individuallik nemis adibi I. V. Gyote ijodida ham oʻz ifodasini topdi. Individuallik romantizm dunyoqarashi uchun ham xos xususiyatdir.
Insondagi individuallik uning hayoti, faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo’ladigan o’ziga xos sifatlari hisoblanadi. Individuallik alohida holda olinganda insonning aniq xatti-harakati, malakasi, layoqati, odat va ko’nikmalarini ifoda etadi. Unda insonning ichki va tashqi betakror xususiyatlari shakllanganligi uchun boshqalardan farqlanadi. Uning tarkibiga xarakter, temperament, iroda, iqtidor, qobiliyat va shu kabilar kirib, ular takrorlanmasdir. Ya’ni bir odamga xos bo’lgan iqtidor, qobiliyat, emotsiya, mimika, xarakterlar boshqa bir odamda aynan uchramaydi. Shu sababdan ham ular individualdir.
Insonning tug’ilishidan tortib uning so’nggi nafasi qolgunicha bo’lgan davrda bosib o’tgan umr yo’lida pog’onama pog’ona o’zligini topadi. Shunday ekan, hayotimizda bo’ladigan har bir hodisa, uchraydigan har bir odam biz uchun tajriba bo’lib, individdan individuallikkacha o’zgartirib, yuksaltiradi.
Har biro dam to’g’ilgan kunidan boshlab odamlar qo’rshovida, ma’lum jamoad-oilda yashaydi. Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga voqeilikni biluvchi hamda uni o’zgartiruvchi sub’yektga aylanadi. Odam bolasini individ deyiladi.Biz hamma kishilarni-normal odamlarni yangi to’g’ilgan chaqaloqni, aqli zaiflarni individga kiritamiz.
Inson: Biz har qanday dunyoga kelgan odamni inson deb atashamiz mumkin, xoh u nogiron bo’lsin xoh yangi to’g’ilgan chaqaloq bo’lsin xoh u qari bo’lsin yoki ayol va erkak. Shaxs bilan inson o’rtasida bir muncha farqlar bor bu to’g’risida maqolamizning davomida aytib o’tamiz. Mening nazarimda hayot boshlangan davrlarda shaxslarga qaraganda insoniylik xususiyatlari ko’proq bo’lgan chunki u davrlarda inson xususiyatlardan biri yashash uchun kurash bo’lgan ya’ne qanday? Asosiy taffakur, faqat yemak topish, pana joyda saqlanish sovuq tushganda hayvonlar terisiga yopinish.
Insonlar shaxs maqomini olish uchun yillar davomida mehnat qilingan, ong rivojlangan va oxir ijtimoiy muhit shaxsni rivoj topishiga erishgan. Masalan ! biz bir bolani bir yoshgacha ustirib ya’ne yurish, ovqatlanish qobiliyatiga ega bo’lgandan keyin urmonga tashlab kelsak u bolada yashash uchun kurash tushunchasi boshlanadi u inson bo’lib usadi, lekin shaxs sifatida rivojlanmaydi.
Shaxs: shaxs bu boshqalardan farq qilgan holda o’z faoliyati va o’z xususiyatlariga ega bo’lgan alohida shaxs. Endi savol to’g’iladi shaxs bo’lib rivojlanish yoshga bog’liqmi? Yo’q bog’liq emas ya’ne uzini anglolmaydigan chaqaloqdan tashqari, biz hatto 2-3 yoshdagi bolachalarga she’r yodlashni o’rgatsak unda shaxs bo’lib rivojlanishning birinchi pog’onalari boshlanadi. Maktabga chiqqan bolalar ham ma’lum bir faoliyat bilan shug’unlansa ularda ham shaxslik qobiliyati rivojlanadi.
Biroq shaxs va shaxsiyat bir-biriga o’xshash tushunchalardan uzoqroqdir.
Shaxsiyat tushunchasini biz aqliy rivojlanmagan insonlarga nisbattan ishlatsak bo’ladi. Masalan: kuchada qinalgan biron-bir nogiron odamlardan yordam holatini boshqa bir
shaxs mazaqlab kulishi yoki u to’grida nomaqbul gap gapirishi bu uning shaxsiyatiga tegishi hisoblanadi. Hammada shaxs bo’lib rivojlanish qobiliyati bo’lmasligi mumkin lekin “shaxsiyat” hammada bo’ladi.
Shaxsiyatga kiradigan omillar quyidagilardan iborat.
 Uning avlod ajdodi qarindoshlari
 Uning to’g’ilib o’sgan joyi
 Uning bilim saviyasi
 Uning yuz tana ko’rinishlari
 Irsiy kelib chiqishi va millati hamda boshqa xususiyatlar.

Xususiyatlar: Psixologiyada shaxs nafaqat alohida shaxs sifatida balki muayyan ijtimoiy guruhning bir qismi sifatida o’rganilgan. U uchta belgi bilan tavsiflanadi.


1. Barcha psixofiologik xususiyatlarning yaxlitligi va hamjamiyati;
2. Jamiyat ta’sirida ma’lum qarshilik va atrof;
3. O’z pozitsiyasining va faoliyatining mavjudligi
Yuqoridagi xususiyatlar inobatga olgan holda ijtimoiy tashkilotda shaxs ongli ravishda qo’yilgan biologik cheklovlarni, uning xulq atvorini modelini boshqarish va o’zgartirish va barcha yuqori psixologik jarayonlarni boshqarish imkoniyatiga ega. Yana bir shaxsning xususiyati shundan iborat bo’ladiki u har qanday vaziyatda o’z xohish irodasini o’zgartirishga va to’siqlarni yengishga qodir.
Sog’lom shaxsning shakllanishida, uning oila ichidagi munosabati ota-onasining olgan tarbiyasi va farzandiga berayotgan tarbiyasiga bog’liqdir. Shaxs va jamiyat bir-biriga bog’liqdir.
Jamiyat jismoniy shaxslarsiz mavjud bo’lmaydi, ular doim bir-birini to’ldiradi.
Shaxs - bu uning ong va faoliyatining individual qobiliyatlari va individa ifodalangan shaxsning intelektual madaniy axloqiy va ixtiyoriy xususiyatlarining dinamik, nisbattan barqaror yaxlitligi. Shaxs bu umumiy ijtimoiy va axloqiy , maxsus sinf, milliy va alohida shaxsning dialektlik birligi. Maxsus tarixiy holatlarda, shaxsiyat ijtimoiy tizim tomonidan belgilangan yaxlitlik kabi harakat qiladi. Shaxs bu ijtimoiy hodisa sifatida shaxsning haqiqati va turli xil ijtimoiy aloqalarning turli xil mavzularidir. Shaxsiylikning ijtimoiy fazilatlari uning harakatlarida, munosabatlarida namoyon bo’ladi. Ushbu harakatlarga ko’ra, ma’lum darajada shaxsning ichki dunyosida, ijobiy va salbiy fazilatlarning ma’naviy va axloqiy fazilatlarga baho berish mumkin.
Individ lotincha “individium” so’zidan kelib chiqqan bo’lib “bo’linmas”, “alohida”, “yagona” ma’nolarini anglatadi. Shaxsning shakllanishida harakat o’ziga xos omil sanaladi. Go’dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi. Biroq bu harakatlar keyinchalim reflekslar bo’lib, ongli ravishda emas balki shartsiz va shartli qo’zg’atuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Go’dakda nutqning rivojlanishi shuningdek uning tomonidan tashkil etilayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo’la boshlashi va albatta ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokning ro’y berishi shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi.
Individual-yuqorida ta’kidlaganimizdek har bir shaxs o’ziga xos qaytarilmas dunyo. Dunyoda bir-biriga aynan uxshash bo’lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi qiyofasi, bo’yi -basti bilan boshqa biror kimsaga uxshashi mumkin, lekin fe’li, mijozi, va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtayi nazaridan aynan bir xil insonlar bo’lmaydi. Hatto bir tuxumdan chiqqan egizaklarni ham faqri bo’ladi.
Shaxs-qaytarilmas, u o’z sifatlari va borligi bilan noyobdir ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi.
REFERENCES
1. https://fayllar.org/individ-shaxs-va-individuallik.html
2. https://uz.wikipedia.org › wiki
3. E.G’.G’oziyev ,,Psixologiya” . – Toshkent 2008
Yüklə 16,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin