O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Jarohat olganda birinchi yordam. Birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha har bir inson bilish zarur bo‘lgan 5 ko‘nikma



Yüklə 344,3 Kb.
tarix16.03.2023
ölçüsü344,3 Kb.
#88194
Birinchi tibbiy yordam



O’zbekiston Respublikasi
Maktabgacha ta’lim vazirligi


Jarohat olganda birinchi yordam.
Birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha har bir inson bilish zarur bo‘lgan 5 ko‘nikma
Y oqimsiz holatlar kutilmaganda ro‘y berishi mumkin, shu bois har qanday vaziyatda ham ularga tayyor turish kerak, ayniqsa boshqa bir insonning hayoti sizning ko‘nikmalaringizga bog‘liq bo‘lsa. Don't Panic birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha har bir inson bilishi kerak bo‘lgan besh asosiy tamoyili bilan bo‘lishdi.

Sun'iy nafas har bir inson bilishi kerak bo‘lgan elementar reanimatsion xatti-harakatlar sirasiga kiradi. Jabrlanuvchiga kislorod yetkazish uchun shunchaki yuzma-yuz nafas olishning o‘zi kifoya, deb o‘ylamang. Birinchi navbatda, nafas yo‘llarini tekshirib, zarurat tug‘ilgan taqdirda, biror bir predmet, qon yoki balg‘am bo‘lsa, tashqariga chiqarib tashlash kerak. Ilk 10 havo yuborishni tezlikda bajaring, keyin esa bir daqiqada 20 nafas ritmini qo‘llang. Yodingizda bo‘lsin: agar insonning ko‘krak qafasi ko‘tarilayotgan bo‘lsa, demak, barchasi to‘g‘ri ketmoqda.



Yurak massaji
Agar jabrlanuvchining pulsi yo‘qligini sezsangiz, yurakni massaj qilish kerak. Ko‘krak qafasining eng qisqa va tor qismini aniqlang va uning chetidan 2-3 santimetr o‘lchang - bu kompressiya nuqtasi bo‘ladi. Kaftning asosini shu yerga qo‘ying, uni ikkinchi kaft bilan yoping - bosim aynan shu qismlar bilan amalga oshiriladi. Ritmik bosimlarni kuchli, vertikal yo‘nalishda amalga oshiring. Biroz ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi: chastota daqiqasiga 110 martani tashkil qilishi kerak. Puls bo‘lsa, yurak massajiga hojat yo‘q.
Xushdan ketish
Xushdan ketish kislorod yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladi – miyada qon aylanish buziladi va organizm tanani o‘chirishga buyruq beradi. Bu yerda bir narsani anglab yetish muhim – inson tetiklashtiruvchi havo oqimi ko‘paygandagina tezroq o‘ziga keladi. Jabrlanuvchini oyna yaqiniga yotqizing va uni havoni to‘suvchi kiyim yoki aksessuarlardan xalos qiling. Yuzga suv purkash zarar qilmaydi, agar qo‘l ostingizda dorilar qutisi bo‘lsa, nashatir spirtidan foydalaning.
Burundan qon ketsa, nima qilish kerak?
Burundan qon oqqanda uni qanday to‘xtatish mumkin, qanday holatlarda shifokorga murojaat qilish kerak va bunday holat tez-tez kuzatilsa, qanday yo‘l tutish kerak? "Layfxaker" shu mavzudagi ilmiy asosga ega ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.
Yengil burun oqishini qanday to‘xtatish mumkin?
Burundan qon ketishining yengil shakllari kutilmaganda yoki burunning yengil jarohatidan keyin boshlanishi mumkin. Qoidaga ko‘ra, burundan bunday qon ketishining hech qanday xavfli tomoni yo‘q.

Bunday holatlarda quyidagi xatti-harakatlarni amalga oshiring:

  1. O‘tiring va boshingizni tik tuting. Qon tomoqqa oqishi kerak emas;

  2. Burunning yumshoq qismini barmoqlaringiz bilan qattiq siqing va 10-15 daqiqa davomida qo‘yib yubormang. Ilk 10 daqiqada sabr qilib, qon oqishi to‘xtagan yo to‘xtamaganini tekshirmay turing;

  3. Agar 10-15 daqiqadan keyin qon to‘xtamasa, yana 15 daqiqacha burunni siqishda davom eting.

Qon oqishini tezroq to‘xtatish uchun tomirlarni toraytiruvchi ta'sirga ega vositadan foydalanishingiz mumkin, masalan ksilometazolin eritmasidan.
Agar 30 daqiqa ichida burundan qon oqishi to‘xtamasa, shifokorga murojaat qiling.
Burundan qon oqishning xavfli shakli
Burundan qon oqishi nisbatan kamdan-kam holatlarda burunning orqa qismidagi yirik qon tomirlariga ziyon yetishi natijasida boshlanadi. Bu ko‘p qon yo‘qotish mumkinligi bilan xavfli.
Burundan qon ketishining boshqa sabablari
Burundan tez-tez qon ketishining nisbatan kamyob sabablari quyidagilar:

  • Qon ivishi bilan bog‘liq tug‘ma kamchiliklar;

  • Surunkali jigar kasalliklari;

  • Spirtli ichimliklar iste'moli;

  • Qon ivishini pasaytiruvchi dori vositalari;

  • Burun pardadevorining qiyshayishi yoki perforatsiyasi;

  • Burun bo‘shlig‘idagi o‘simtalar;

  • Qonning onkologik kasalliklari.

Bu holatlarning barida davolash usuli kasallik turiga bog‘liq bo‘ladi.
Burundan qon ketishi barobarida yana qandaydir belgilar paydo bo‘lgan taqdirda, shifokorga murojaat qilish kerak.

Yüklə 344,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin