Karies kasalliklarini tashxisi va davolashda uchraydigan xato va



Yüklə 17,02 Kb.
tarix01.06.2022
ölçüsü17,02 Kb.
#60350
krs 8


Karies kasalliklarini tashxisi va davolashda uchraydigan xato va
asoratlar.
Karies kasalliklarini davolash vaqtida va undan keyin uchraydigan
asorat turlari bir qancha bolib, ularning kelib chiqishiga asosiy sabablar
bu - vrach stomatologlarni extiyotsizligi, nazariy bilim saviyasining
pastligi va amaliy qol konikmalarining yoqligidir. Karies tubining
perforatsiyasi shiddatli og’riq bilan xarakterlanadi. Boshliq tubi
perforatsiyasi, asosan, boshliqni kormasdan turib charxlaganda roy
beradi. Boshliqni tubini teshib yuborish teskari konus simon, teskari
uchli fissur borlar bilan qopol ishlaganda roy beradi. Bunday hollarda,
travmatik pulpitni davolash uslubi yonalishida davo ishlari otkaziladi.
Bunday xatoliklarni oldini olish uchun charxlash har akati toxtab-
toxtab otkazilishi kerak. Chuqur kariesda esa tubiga kuch bermasdan
ishlov berilishi kerak. Karies kovagi devori sinishining asosiy
sabablardan biri asboblarni richaksimon yonalishda ishlatishdir
(egilgan zond, eksqavator). Bunday hollarni oldini olish uchun dentinda
tirgovich nuqtasi bolmagan emalqatlamini butkul olib tashlash zarur
boladi. Tish kariesini davolagandan song boladigan asoratlarga tish
pulpasining yallig’lanishi va uning nekrozi kiradi. Kopincha chuqur va
kam hollarda orta kariesni davolagandan song roy beradi. Pulpaning
surunkali yallig’lanishi yoki uni nekrozga uchrashi karies tubiga xaddan
tashqari, travmatik ishlov berish natijasida kuzatiladi. Bunda dentin
toqimasining bir qancha qavati (karies kovagi tubiga bosim va betoxtov
ishlov berish, hamda tishni sovutmasdan ishlash oqibatida) qizib ketadi.
Bundan tashqari, karies kovaklariga kuchli antiseptiklar bilan ishlov
berish, hamda doimiy plomba ashyolarini ajratuvchi tagliksiz qoyish
yoki karies tubini sifatsiz darajada ajratish pulpa nekroziga olib keladi.
Ikkilamchi karies (residivli) – karies kovagini plombalangandan
song, uning asorati sifatida korinadi. Ikkilamchi kariesning rivojlanishi
asosan, karies kovagiga ishlov berishda chirigan toqimani toliq
olmaslik va ajratuvchi taglikni notog’ri qoyilishi natijasida kelib
chiqadi. Ikkilamchi karies belgilari ko`rinishi bilanoq plomba olib
tashlanadi va karies kovagiga charxlashning hamma prinsip va ketma
ketligiga rioya qilgan holda, qaytadan ishlov berish va plombalashtavsiya qilinadi.
Plombani tushib qolishi charxlash prinsiplariga rioya qilmaslik,
yumshab qolgan dentin toqimasini yaxshi olmaslik, emalqirralarini
extiyotkorsiz finirlash, retension nuqtalarni notog’ri shakllantirish, hamda
ajratuvchi taglik va doimiy plomba qoyishda solakdan yaxshi ajrata
olmaslik natijasida kelib chiqadi. Bundan tashqari, plombalash prinsiplariga
rioya qilmaslik natijasida, plomba ashyolarini notog’ri tanlashda, eskirgan
plomba ashyosini ishlatishda, plomba ashyolarini qotish mezonlarini
bilmaslikda yol qoyilgan xatoliklar plombani tushib qolishiga sabab
boladi. Otkir apikal periodontitning asosiy sababi bolib keragidan ham
ortiqcha qoyilgan plomba hisoblanadi. Bunday holatni oldini olish uchun
nusxa oladigan qora qog’oz yordamida tishlar yopilishiga xalaqit beruvchi
ortiqcha plomba olib tashlanib, plomba yuzasiga yaxshilab ishlov beriladi.
Tish toj qismining rangi ozgarishi - asosan mis yoki kumushli amalgama
bilan plombalanganda, tarkibida kumush yoki vismut tutuvchi ajratuvchi
taglik bilan plomba qoyilganda va kumushli amalgamaning tayyorlash
uslublarini tola bajarilmaganda kelib chiqadi (agar pulpa nekrozi bilan
bog’liq bolmasa). Alohida nuqta shaklidagi emal yuzasida hosil bolgan
dog’lar chirigan dentin qatlamini yaxshi olinmanligi tufayli hosil boladi.
Bunday holatlarda plomba olib tashlanib, pigmentlashgan dentin qatlami
tozalanadi va plomba kaytadan qoyiladi. Papillit (milk sorg’ichini
yallig’lanishi), asosan, aproksimal karies boshliqlarini notog’ri
plombalash natijasida kelib chiqadi. Klinik korinishi: milk sorg’ichi
shishadi, qiziradi, milk sorg’ichi gipertrofiyasi va qonashi roy beradi,
hamda plombalangan tish atrofida noqulaylik seziladi. Bunday holatga
tishlararo kontakt yuzalarni yoqligi sabab bolib, qoyilgan plomba
ashyolari milk orasiga yoki milk ustiga tushib qoladi. Milk sorg’ichini lat
yeyishi yana qoyilgan plombani tishlararo oraliqqa siljishidan roy beradi.
Davolash va uni oldini olish uchun plombalash davrida kontakt punktlarni
tiklashda matrisalar (ajratuvchilardan), ponalardan foydalanish zarur.
Papillitda notog’ri qoyilgan plombani yangilash kerak. Notog’ri
qoyilgan plomba oqibatida yallig’lanish chuqur toqimalarga tarqalgan
bolsa, plombani olib tashlab parodont kasalligini davolash uslublarini
qollash zarur.
Yüklə 17,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin