3-amaliy mavzu:Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi. Bozor
iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbеkistondagi
xususiyatlari.
Reja:
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
2. Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi.
3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.
4. Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari.
5. Bozorning turlari va tuzilishi.
1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik
mamlakatlari uchun
xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan
amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi
ko’plab asrlar davomida tarkib topib,
shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan
shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi.
Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi
shu
bilan izohlanadiki
, uzoq davrli iqtisodiy
evolyustiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib
qoldi.
Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning
tovar
shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo’lishi o’z-o’zidan pul
muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning
bozorga oid xususiyatini
ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti
taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri,
ishlab
chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslarning erkin
almashinuvidan iborat. Ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa,
bozor ham
shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash ishlab chiqaruvchiga ular
faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin
narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.