Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o’rtacha
rivojlangan
iqtisodiyotda 24 mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo’lib, ularning 1/10 qismi
har yili yangilanib turadi. Bunday sharoitda ularning turlari, miqdori bo’yicha
talab va taklifni tartibga solishni ozorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu esa
bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan
rejalashtirish idoralari
muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng
samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim
hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari
tarkibiga
tadbirkorlar ham
, o’z mehnatini
sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda ka’itali
egalari va qimmatli
qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy sub’ektlari
uchta guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.
Uy xo’jaliklari — iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy
tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat
ko’rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi.
Bozor
iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan ‘ul daromadlari
shaxsiy
ehtiyojni
qondirish
uchun
sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: