3. Ko„zatuvchanlik qobiliyati o„quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati o„quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog„liq bo„lgan psixologik o„zatuvchanlikdir. qobiliyatli o„qituvchi uncha katta bo„lmagan tashqi ko„rinishlar asosida o„quvchining ichi holatidagi juda arzimagan o„zgarishlarini ham faxmlab oladi. o„quvchilarning ba‟zan shunday gaplarini eshamiz: "qaramayottanga uxshydi-, hamma narsani ko„rib turadi", "o„qituvchimiz biror o„quvchining xafa bo„lganini yoki dars tayyorlamaganligini ko„zidan biladi".
4. Nutq qobiliyati - nutq yordamida shuningdek imo-shora vositasida o„z fikr va tuyg„ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir. Bu o„qituvchilik kasbi uchun juda muhimdir. o„qituvchining nutqi darsda hamisha o„quvchilarga qaratilgan bo„ladi. o„qituvchi yangi mavzuni tushuntirayotgan, o„quvchining javobini tahlil qilayottan, ma‟qullayottan yoki qoralayottan bo„lsa ham uning nutqi hamisha o„zining ichki kuchi, ishonchi, o„zi gapirayottan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi. Fikrlar ifodasi o„quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo„ladi. o„qituvchiing bayoni o„quvchilar fikri va diqiqatini yuori darajada aollashtirishga qaratiladi. O„qituvchi o„quvchilar oldiga savollar qo„yib, ularni asta-ekin to„g„ri javob berishga olib boradi, o„quvchining diqqatini ishga soluvchi hamda fikrini faollashtiruvchi so„z a iboralar qo„llaniladi. o„qituvchi o„zundan o„zok jumlalar, murakkab so„z birikmalari, murakkab iboalarni qo„llashdan qochadi. Orinli yumor, hazil, engilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi, uni o„quvchilar yaxshi qabo„l qiladilar. o„qituvchining nutqi aniq, jonli obrazli, talaffo„zi jihatidan erkin ifodali, hic-ayajonli bo„lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Bir xildagi cho„ziq zeriktiradigan nutq o„quvchilarni tez charchatadi, ularni lanj, loqayd qilib qo„yadi. Ayrimlar tez, ayrimlar sekin gapirishga moyil bo„ladilar. O„quvchilarning o„zlashtirishlari uchun o„rtacha, jonli nutq yaxshi natija beradi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutqu o„quvchilar asabini bo„zadi, toliqtirib qo„yadi.
120. Korrektsion pedagoika va uning mazmuni
Korreksion pedagogika nisbatan yangi fan. U asosan 19 asrning o‘rtalarida rivojlana boshladi. 1925 yilda Moskva shaxrida Eksperimental defektologiya instituti tashkil etildi. Bu institutni buyuk psixolog professor Vigotskiy L. S. boshqardi.
L.S. Vigotskiy anomal bolalar rivojlanishidagi xususiyatlarni o‘rganib, nuqsonning murakkab tuzilishi haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. U “Korreksion pedagogikaning asosiy muammolari” kitobida anomal bolalar bilan rivojlantiruvchi ta’limni olib borish kerakligini, korreksiya, kompensatsiya usullari va bularni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.L.S.Vigotskiy anomal bolada nafaqat "salbiy" balki "ijobiy" tomonlarini ham o‘rganib, aniqlab, shularga tayangan holda va potensial qobiliyatni inobatga olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga dikkatni jalb etdi. U defektologiya sohasida katta nazariy meros qoldirdi va haqli ravishda defektologiya fanining asoschisi sanaladi.
Atoqli psixolog L. V. Zankov 1935 yildan L. S. Vigotskiy bilan hamkorlikda ishlay boshladi. Bu olimlarning sobiq sovet psixologiyasi va defektologiyaning nazariy jihatdan shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldilar. Ular aqliy jihatdan qoloq bolalar psixikasi taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganib, "rivojlanishning tuxtash nazariyasi", "chegara" degeneratsiya nazariyasi", "ma’naviy defektli" kabi g‘ayri ilmiy va reaksion nazariyalarni fosh etdilar.
Eksperimental psixologiya laboratoriyasida anomal bolalarning rivojlanishi maxsus ta’lim ta’siri ostida qanday o‘zgarib borishini o‘rganish, ulardagi mavjud nuqsonlarni ham,ijobiy ham salbiy tomonlarni aniqlash yuzasidan qiyosiy eksperimental tadqiqotlar o‘tkazildi.
Sog‘lom va anomal bolalarda bilish faoliyatining rivojlanishini I. M. Solovyev ham har tomonlama o‘rgandi. “Normal va anomal bolalarda bilish faoliyatining psixologiyasi" nomli kitob shu ishning natijasi bo‘ldi. I. M. Solovyev bir guruh xodimlari bilan qiyoslashning murakkab shakllarini eksperimental tadqiqotlar yordamida o‘rganishda chinakam novatorlik ko‘rsatdi.
Eksperimental defektologiya instituti 1943 yilda Russiya Pedagogika fanlari akademiyasining Defektologiya ilmiy-tekshirish institutiga aylantirildi. Hozirgi zamon korreksion pedagogika fanining rivojlanishida mazkur institut xodimlarining roli nihoyatda katta buldi.
1920 yilda Rusiyada anomal bolalarni tarbiyalash instituti ochilib, 1925 yilda bu institut 2-Moskva davlat universiteti pedagogika fakultetining defektologiya bo‘limiga aylantirildi, 1930 yili V. I. Lenin nomidagi Moskva davlat pedagogika instituti qoshida mustaqil defektologiya fakulteti tashkil etildi. Hozir Russiya mamlakatining deyarli barcha jumhuriyatlarida korreksion pedagogika qulliyotlari yoki bo‘limlarida oliy ma’lumotli defektologlar tayyorlash ishi yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekistonda korreksion pedagogika fanining rivojlanish 1967 yildan boshlab tezlashdi, chunki shu yili Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Pedagogika va psixologiya fakulteti qoshida oligofrenopedagogika bo‘limi tashkil etildi. Bu bo‘limga 1976 yili surdopedagogika bo‘limi qo‘shildi. 1984 yili esa mustaqil defektologiya fakultetining bir necha bo‘limida ta’lim berila boshlandi. Hozirgi kunda TDPU BTU va defektologiya fakultetida Defektologiya kafedrasi faoliyat ko‘rsatmoqda, defektolog bakalavr va magistrlar taxsil olmoqdalar.Tallim kunduzgi va sirtqi bo‘limda uzbek va rus tilida tashkil etilgan.
Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi: surdopedagogika (lotincha surdus — kar, gung so‘zidan olingan) — eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha tiflos — ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan) —ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; oligofrenopedagogika (yunoncha oligos — kam, fren — aql), so‘zlaridan olingan, — aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; logopediya (yunoncha logos — so‘z, padeo — tarbiya so‘zlaridan olingan) — og‘ir nutq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini urganadigan fan.