1,Ta’lim tizimi va turlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə22/148
tarix24.05.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#59331
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat:
So`nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga ta’limning didaktik tizimi va ta’lim texnologiyasi kabi tushunchalarni ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.
1) bilim–shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko`rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;
2) bilim olish–idrok etish, o`rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko`nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;
3) ko`nikma–olingan bilimlarga asoslanib qo`yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yig`indisi;
4) malaka–ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi;
5) ta’lim–o`quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o`stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo`naltirilgan jarayon;
6) ta’lim metodlari–ta’lim jarayonida qo`llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui;
7) ta’lim mazmuni–shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;
8) ta’lim vositalari–ta’lim samaradorligini ta’minlovchi ob’ektiv (darslik, o`quv qo`llanmalari, o`quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va sub’ektiv (o`qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;
9) ta’lim jarayoni–o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon;
10) ta’lim mazmuni–davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo`ycha o`zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;
11) ta’lim maqsadi (o`qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning aniq yo`nalishini belgilab beruvchi yetakchi g`oya;
12) ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o`quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;
13) ta’limni boshqarish–ta’lim muassasalarining faoliyatini yo`lga qo`yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;
14) ta’lim tizimi–yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo`lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o`quv-tarbiya muassasalari majmui.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin