1,Ta’lim tizimi va turlari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə1/148
tarix24.05.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#59331
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari


1,Ta’lim tizimi va turlari
o'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimi. XALQ TA'LIMI TIZIMI RESPUBLIKAMIZ IJTIMOIY-IQTISODIY
VA MADANIY RIVOJLANTIRISHDA USTUVOR SOHA Xalq ta'limi tizimi deb muayyan mamlakatlar ichki va tashqi taraqqiyotiga tavsif beruychi hamda malum bir qoidalar asosida tashldl etilgan barcha ta'Iim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi.
O'zbekistonda Xalq ta'limi tizimi respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishning ustuvor soh'asi hisoblanadi. Xalq ta'limi tizimi respublikamizning ilm borasidagi kuch-quv-vatini, jamiyat, oila va davlat oldidagi o'z mas'uliyatini anglaydi-gan erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko'zlaydi.
Xaiq ta'limi tizimi O'zbekiston Respublikasining Konstitu-tsiyasi va O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risidagi qonunga muvofiq tashkil etiladi va nazorat qilinadi. Respublikamiz Konstitutsiyasining 18 va 41- moddalarida ko'rsatil-ganidek, barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat'i nazar, bilim olish huquqiga egadirlar. Shuningdek, fuqarolarning bepul umumiy ta'lim olishi davlat tomonidan kafolatlangandir. Bu huquq ilm olishning tekinligi, yoshlarga umumiy majburiy o'rta ta'lim berishni amalga oshirishni, o'qitishni hayot, unumli mehnat bilan bog'lash asosida rivojlantirish negizida izohlanadi.
1991- yilning 31- avgustida respublikamiz hayotida tarixiy voqea yuz berdi: Istiqlol e'lon qilindi. Shu munosabat bilan jahon tajribala-ridan kelib chiqib, eng birinchi navbatda, mustaqil respubli-kamizning xalq ta'limi sohasida islohot o'tkazish masalasi ko'tarildi. Nihoyat, O'zbekiston Respublikasining „Ta'lim to'g'risida"gi qo-nuni ta'Iim tizimining yangilanishiga sabab bo'ldi. Oldingi qabul qilingan qonunlardan farqli o'laroq, xalq ta'limi tizimi tuzilishida bir qancha yangi qoidalar joriy etildi va bajarilishi majburiy, deb qayd qilindi.
Uzluksiz ta'lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'min-lovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta'lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma'naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar xam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

2, Uzluksiz ta’lim tizimining mohiyatini yoritib bering.


Uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta'lim standartiari asosida, turli darajadagi ta'lim dasturlarining izchiliigi asosida ta'minlanadi va quyidagi ta'lim turlarini o'z ichiga oladi:
— maktabgacha ta'lim;
— umumiy o'rta ta'lim;
— o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi;
— oliy ta'lim;
— oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim;
— kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
— maktabdan tashqari ta'lim.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o'ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to'qqiz yillik umumiy o'rta hamda uch yillik o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir.
Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha " 1 ta'lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
UMUMIY O'RTA TA'LIM To'qqiz yillik (I—IX sinflar) o'qishdan iborat umumiy o'rta ta'lim majburiydir. Ta'limning bu turi boshlang'ich ta'limni (I— IV sinflar) qamrab oladi hamda o'quvchilarning fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilimlarni o'zlashtirish ehtiyojini, asosiy o'quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko'nikmalarini, ijtimoiy fikrlash va atrof-muhitga Ongli munosabatda bo'lishni va kasb tanlashni shakliantiradi. [Umumiy o'rta ta'lim tugallanganidan keyin o'quv fanlari va ular bo'yicha olingan baholar ko'rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi.
O'RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI Umumiy o'rta ta'lim negizida o'qish muddati uch yil bo'lgan
majburiy o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uzluksiz ta'lim tizimi-
dagi mustaqil turdir. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo'nalishi —
akademik iitsey yoki kasb-hunar kolleji o'quvchilari tomonidan
ixtiyoriy tanlanadi.
Akademik litsey davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'rta maxsus ta'lim beradi. O'quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holdaularningjadal intellektual rivojlanishi, chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo'naltirilgan ta'lim olishini ta'minlaydi.
Akademik litseylarda o'quvchilar o'zlari tanlagan ta'lim yo'-nalishi bo'yicha (ijtimoiy, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o'rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko'nikmalarini o'zlarida shakllantirish imko-niyatiga ega bo'ladilar. Bu ko'nikmalarni o'qishni muayyan oliy ta'lim muassasalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyati jarayonida ro'yobga chiqarishlari mumkin.
Kasb-hunar kolieji tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi: o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlagan kasb-hunar bo'yicha bir yoki bir.necha ixtisosni egallsh imkonini beradi.
Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkib-ning tanlanganligi, o'quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta'lim muassasalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o'quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
MAKTABDAN TASHQARI TA'LIM Bolalar va o'smirlarning ta'limga bo'lgan yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo'sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat tashkilotlari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo'nalishlarda maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etadilar.
Maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish, ularning tuzilmasi va mazmun-mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
— ta'lim berish va kamol toptirishga yo'naltirilgan xizmatlar ko'rsatuvchi muassasalar tarmog'ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko'paytirish;
— milliy-pedagogik kadrlarga asoslangan va jahondagi ilg'or tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;
— o'quvchilarning bo'sh vaqtini tashkil etishning, shu jum-ladan, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlari va shakllarini tiklash hamda amaliyotga joriy etish.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin